Tabiatdan foydalanish iqtisodiyotida quyidagilar ajratiladi:
1.3. Shartli yoqilg‘i
Turli ko‘rinishdagi energetik resurslar yoqilg‘ining energiya sig‘imi bilan
xarakterlanadigan turli sifatlarga ega. Solishtirma energiya hajm deb, energiya
resurs tanasi massasining birligiga to‘g‘ri keladigan energiya miqdoriga aylanadi.
Turli energiya resurslarning ko‘rinishi va hisob-kitob imkoniyatlarini
taqoslashning qulay bo‘lishi uchun, barcha turdagi yoqilg‘ilarning sarfini shartli
yoqilg‘i deb nomlanadigan yoqilg‘i sarfi bilan solishtiriladi. Shartli shunday yoqilg‘i
deb qabul qilinganki, uning bir kilogrammi yoqilganda 29,3-10
6
J, yoki 7000 kkal
energiya ajralib chiqadi. 2.1. jadvalda bir qator energetik resurslar uchun shartli
yoqilg‘i bilan taqqoslangandagi solishtirma energosig‘im qiymatlari keltirilgan.