Energiya manbalari kafedrasi energiya tejamkorlik




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/81
Sana20.01.2024
Hajmi2,49 Mb.
#142018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
FFF

kommunikatsiyaning (aloqa yo‘li, fikr almashinish) barcha tizimlarini ishlash 
qobiliyatini ushlab turishi uchun kerak. Bu energiyaning aholi jon boshiga bo‘lgan 
sarfi, ozuqaga sarf etiladigan energiyadan sezilarli darajada yuqoridir. 
1.2 Tiklanuvchi va tiklanmaydigan energetika resurslari 
Tabiiy resurslarni shu jumladan energetika resurslarini, o‘rganishda ularning 
ilmiy tasnifi, ya’ni xomashyo, obyektlar va tabiiy muhit hodisalar yig‘indisini
funksional muhimlik belgilari bo‘yicha ajratish kerak. 
Tabiiy resurslarning tasniflaridan biri – bu tugallanish belgisi bo‘lib, unga 
muvofiq energetika resurslarini tugallanadigan va tugallanmaydiganlarga bo‘linadi 
(1.1-rasm). O‘z navbatida, tugallanadiganlar tiklanuvchi va tiklanmaydigan bo‘lishi 
mumkin. Tiklanuvchilarga tabiat (yer, o‘simliklar, hayvonlar va h.k.) tomonidan 
tiklanadigan rusurslar kiradi, tiklanmaydiganlarga – ilgari tabiatda to‘plangan lekin, 
yangi geologik sharoitlarda hosil bo‘lmaydigan resurslar (neft, ko‘mir va boshqa yer 
osti zaxiralari) kiradi. Tugallanmaydiganlariga kosmik, iqlimiy, suv resurslari 
kiradi. 
Energiya resurslarining barcha turlaridan quyosh energiyasi muhim ahamiyatga 
ega. Energiya resurslarining barcha turlari Quyosh energiyasini tabiiy o‘zgartirish 
natijasidir. Ko‘mir, neft, tabiiy gaz, torf, yonuvchi tog‘ jinslari va o‘tinlar – bu 
o‘simliklar tomonidan olingan va o‘zgartirilgan quyoshning nurli energiyasi 
zaxiralaridir. Surat sintezi (fotosintez) reaksiyasi jarayonida atrof-muhitning 
noorganik elementlaridan, ya’ni, suv (N
2
O) va karbonot angidrit gazi SO
2
lardan 
quyosh nuri ta’sirida o‘simliklarda asosiy elementi uglerod (S) bo‘lgan organik 
modda hosil bo‘ladi. 
Million yillar o‘tgandan so‘ng, ma’lum geologik davrda, bosim va harorat 
rejimi ta’sirida, qotib qolgan o‘simliklardan asosini oldin o‘simliklarda yig‘ilgan 
uglerod tashkil etadigan organik energetik resurslar hosil bo‘ladi va bu yerga 
tushayotgan quyosh energiyasining aniq miqdori natijasida amalga oshadi.
Suv energiyasi ham suvni bug‘lantiradigan va bug‘ni atmosferaning yuqori 
qatlamlariga ko‘taradigan Quyosh energiyasi hisobiga hosil bo‘ladi. 


Shamol, Quyosh tomonidan bizning planetamizni turli nuqtalarini turli harorat 
hisobiga isitish natijasida hosil bo‘ladi. Bundan tashqari Quyoshning yer sathiga 
to‘g‘ri keladigan bevosita nurlantirishi, katta energiya imkoniyatiga egadir. 

Download 2,49 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Energiya manbalari kafedrasi energiya tejamkorlik

Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish