GLOSSARIY
Yonuvchi YoER – boshqa qurilmalarda bevosita yoqilg‘i sifatida qo‘llanilishi
mumkin bo‘lgan va keyinchalik mazkur texnologiyalarda yaramaydigan yonuvchi
gazlar va chiqindilar: yog‘ochni qayta ishlash sanoati chiqindilari (yog‘och
mahsulotlarining chiqindi va qirindilari), imorat va inshootlar
konstruksiyasining
yonuvchi elementlari, selluloza qog‘oz ishlab chiqaruvchi yonuvchi elementlari va
boshqa qattiq hamda suyuq yoqilg‘i chiqindilari.
Yoqilg‘i-energetika balansi - tanlangan vaqt oralig‘ida
butun iqtisodiyotda
yoki uning alohida bo‘limlarida (sanoat, mintaqa, korxona, sex, jarayon, o‘rnatish)
yoqilg‘i-energetika resurslarining daromadlari va xarajatlari (shu
jumladan
yo‘qotish va qoldiqlari) o‘rtasidagi to‘liq miqdoriy
muvofiqlikni aks ettiruvchi
ko‘rsatkichlar tizimi. ...
Yoqilg‘i-energetika resurslari (YoER) – bu material obyekt bo‘lib, unda
inson tomonidan amaliy foydalanishga yaroqli energiya to‘plangan.
Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchisi - yoqilg‘i,
elektr energiyasi va
(yoki) issiqlik energiyasidan (quvvatidan) foydalanadigan
jismoniy yoki yuridik
shaxs.
Ikkilamchi energetik resurslardan foydalanish – bu mazkur agregatlarda IER
foydalanilgan miqdorni boshqa qurilma va tizimlarda ishlatilganligidir. Iste’molchi
tomonidan IER ni ishlatish energiya tashuvchi turini bevosita o‘zgartirmasdan, yoki
uni energiyani boshqa turiga aylantirish hisobiga yoki
utilizatsiya qurilmalarda
mexanik ish, sovuqlik issiqlik ishlab chiqarish sifatida amalga oshirilishi mumkin.
Issiqlik IER – bu chiqarayotgan gazlar asosiy va qo‘shimcha
mahsulotlar
issiqligi, kul va shlaklar, texnologik qurilmalarda ishlatib bo‘lingan issiq suv va bug‘
issiqligi, texnologik qurilmalarni sovutish tizimi, ishchi organlarining issiqligi.