sig‘imlarga va boshqa qabul qiluvchilarga chiqarib tashlashdan oldin ishlatilishi
mumkin bo‘lgan energiya.
Texnik resurs – bu energiya fan va texnikaning hozirdagi rivojlanishida
mazkur energiya resurs turidan olinishi mumkin. U umumiyning juda kichik foizdan
o‘nlab foizgacha bo‘lgan ulushini tashkil etadi, lekin energetik jihozlarni
takomillashuvi va yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish natijasida doimo ortib boradi.
Umumiy (nazariy) resurs – bu energoresursning aynan ko‘rinishi ichidagi
jamlangan energiyani tashkil etadi.
Energetika auditi – bu energiya manbalari va uning ishlab-chiqarayotgan
mahsulot birligiga solishtirma iste’moli to‘g‘risida axborot yig‘ish maqsadida
korxonani tekshiruvdan o‘tkazishdir. Energetika auditi energetika menejmentining
asosiy qurolidir.