-rasm. Marketingning asosiy kategoriyalari




Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/195
Sana10.01.2024
Hajmi3,14 Mb.
#134246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195
Bog'liq
1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing
magrurbek, Immunoenzim tahlilining getrogen usuli
1.1-rasm. Marketingning asosiy kategoriyalari 
 
 
«Marketing» tushunchasini murakkabligi uni falsafiy, iqtisodiy, boshqaruv va 
yuridik jihatlarini ko‗rish zarurligiga olib keldi.
Marketing falsafiy ma‘noda fikrlash tarzini mujassamlashtiradi. 
Umuman olganda marketingga quyidagicha ta‘rif berishimiz mumkin: 
Marketing - ehtiyoj va muhtojlikni ayirboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson 
faoliyatining turidir. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri bu 
ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, yangi tarmoqlarning vujudga kelishi, tovar 
turlarining ko‗payishi va tadbirkorlar o‗rtasida mahsulotni sotish muammosining 
vujudga kelishidir. 
Hozirgi vaqtda firma, korxona kompaniyalar avvalgi davrlarda uchratilmagan 
juda qattiq raqobat kurashiga to‗qnashmoqdalar. Bu kurashda g‗olib chiqish uchun, 
ular iste‘molchilarni egallashi va o‗zlarining raqobatchilaridan ustun kelishlari 
zarur. Buning uchun ular o‗z faoliyatida tovar va sotish falsafasini emas, balki 
marketing va iste‘molchi falsafasini qo‗llashlari kerak. 
Bugungi kunning zamonaviy bozorlarida muvaffaqiyatlarga erishayotgan 
firmalar tovarlarni yaratuvchi emas, balki iste‘molchilarni yaratuvchi strategiyasini 
ishlab chiquvchi va foydalanuvchi haqiqiy ustalardir. 
Demak, zamonaviy firmalar faoliyati bozorga yo‗naltirilgan bo‗lishi kerak, 
ya‘ni ular bir vaqtning o‗zida diqqat bilan o‗zining iste‘molchilarini va 
shuningdek, raqobatchilarini kuzatib borishlari kerak. Bu yangilikning asosiyda 
shunday g‗oya yotadi. Zamonaviy marketing – eng avvalo, iste‘molchilarni 
qidiruvchi, yaratuvchi va ushlab qoluvchi fan hamda san‘atdir. 
Zamonaviy marketing – bu bozor raqobati sharoitida bozorni kompleks tadqiq 
etish orqali, iste‘molchilarni real talab, ehtiyojlarini maksimal qondirishga 
qaratilgan xo‗jalik faoliyatini boshqarishni tashkil etish tizimidir. 
Bozor 
Ehtiyoj 
Marketingni asosiy 
kategoriyalari 
Tovar yoki xizmat 
Qondirilganlik 
Ayirboshlash 


12 
Marketingni asosiy maqsadi – iste‘molchini, ya‘ni xaridorni vujudga 
keltirishdir. 
Marketing asosida bozorni har taraflama o‗rganish yo‗nalishlarining 
asosiylaridan quyidagilarni ko‗rsatib o‗tish zarur: 

talabni o‗rganish; 

bozor tarkibini aniqlash; 

tovarni o‗rganish; 

raqobat sharoitlarini tadqiq qilish; 

sotish shakli va uslublarini tahlil etish. 
Marketing quyidagilarni o‗rgatadi: 

bozorni o‗rganishni; 

uni taqsimlashni; 

tovarlarni joylashtirishni; 

marketing siyosatini olib borishni; 

tovar siyosatini; 

narx siyosatini; 

taqsimot siyosatini; 

siljitish (yo‗naltirish) siyosatini; 

yuksalish, qo‗shimcha xizmatlarni (Plus) - (bunga marka, sotishdan keyingi 
xizmat, kafolat va texnik yordam, etkazib berish, assortiment, shaxsiy iste‘mol va 
boshqalarni kiritish mumkin). 
Marketing korxonalarning bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi 
bo‗lib, iste‘molchilar va ularning talab istaklarini o‗rganish, ularga mos tovarlar 
yaratish, narx belgilash, tovarlarni etkazib berish, taqdim etish, sotish, xizmat 
ko‗rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. 
Bularning hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan taklifni o‗zaro 
muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. 


13 

Download 3,14 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195




Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Marketingning asosiy kategoriyalari

Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish