• 1.1-jadval Marketingni rivojlanish tarixi Yillar Marketingda ro„y bergan o„zgarishlar
  • Marketingni vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/195
    Sana10.01.2024
    Hajmi3,14 Mb.
    #134246
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195
    Bog'liq
    1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing
    magrurbek, Immunoenzim tahlilining getrogen usuli
    1.2.Marketingni vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari 
    Marketingni asosiy elementlarini tashkil topishi – bozorni tadqiq qilish va 
    tahlil etish, narxni tuzilishi tamoyili; servis siyosati –Sayrus Makkormek nomi 
    bilan bog‗lanadi. 1902 yildan boshlab AQSHning (Michigan, Kaliforniya, Illinoys) 
    universitetlarida marketing muammolari bo‗yicha («Tovarlar marketingi», 
    «Marketing uslublari» fanlari va boshqalar) fanlar kiritilib, ma‘ruzalar o‗qitila 
    boshladi. 
    1926 yilda AQSHda marketing va reklama milliy uyushmasi tashkil topdi, 
    keyinchalik uning negizida Amerika marketing jamiyati barpo etildi, bu jamiyat 
    1973 yilda Amerika marketing uyushmasi nomini oldi. Bir oz keyinroq bunday 
    uyushma va tashkilotlar G‗arbiy Evropa mamlakatlari va Yaponiyada ham paydo 
    bo‗ldi. Xalqaro marketing tashkilotlari - Evropa marketing va ijtimoiy fikr 
    tadqiqotlari jamiyati, Xalqaro marketing federatsiyasi, Evropa Akademiyasi va 
    shunga o‗xshashlar yuzaga keldi. 
    Bular haqida 1.1-jadvalda to‗liq tanishib chiqish mumkin. 
    1.1-jadval 
    Marketingni rivojlanish tarixi 
    Yillar 
     
    Marketingda ro„y bergan o„zgarishlar 
     
    1902 yil 
    AQSH da mustaqil ravishda marketing kursini o‗qitish boshlandi. 
    1908 yil 
    Ilk bor tijorat marketing tashkiloti tuzildi. AQSHning yirik sanoat 
    kompaniyalarida birinchi marketing bo‗limlari tashkil etildi. 
    1920 yil 
    Xalqaro savdo palatasi tashkil topdi. 
    1926 yil 
    AQSHda Milliy marketing va reklama assotsiatsiyasi tashkil topdi; uning 
    asosida keyinchalik Amerika marketing jamiyati tuzildi va u 1973 yilda 
    Amerika marketing assotsiatsiyasi deb qayta nomlandi. 
    1930-1940 
    yillarda 
    Dunyoning ko‗pgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarida milliy marketing 
    assotsiatsiyalari tashkil topdi. 
    1950-1960 
    yillarda 
    Xalqaro marketing federatsiyasi, Jamoatchilik fikrlari masalalari va marketing 
    bo‗yicha Evropa jamiyati hamda Evropa marketing Akademiyasi kabi xalqaro 
    marketing tashkilotlari tuzildi. 
    1980 yillarning 
    ikkinchi yarmida 
    Mamlakatimizning iqtisodiyot yo‗nalishidagi oliy ta‘lim muassasalarida 
    marketing kursi o‗qitila boshlandi. 
    1990 yillarning 
    oxirlarida va 
    hozirgi 
    kunlarda 
    Mamlakatimizda marketing bo‗yicha xorijiy adabiyotlar o‗zbek tiliga tarjima 
    qilingan holda va shu fan bo‗yicha darslik, qo‗llanma hamda risolalar 
    O‗zbekistonlik mualliflar tomonidan ko‗plab chop etilmoqda. 


    14 
    O‗tgan asrning
    60-yillar o‗rtasida eng yirik Amerika korporatsiyalarining 
    barchasi o‗z xo‗jalik faoliyatida marketingning asosiy talablarini qo‗llay boshladi. 
    G‗arbiy Evropa va Yaponiyada marketing g‗oyalari AQSHga qaraganda sustroq 
    joriy qilindi. Ammo 60-yillarning oxiriga kelib ular marketing amaliyotini 
    tezkorlik bilan o‗zlashtirishga kirishdilar va bunda muhim yutuqlarga erishdilar.
    Amerika modeli bo‗yicha marketing faoliyati birinchi navbatda korxonani 
    maqsad va vazifalariga erishishga qaratiladi hamda ikkinchi navbatda esa 
    iste‘molchilarni ehtiyojini qondirishga qaratiladi. 
    Yapon modeli bo‗yicha marketing faoliyati eng avvalo iste‘molchilarni 
    hohish – ehtiyojini qondirishi kerak. 
    Yapon marketingining asosiy maqsadi – iste‘molchiga xizmat qilish, Amerika 
    marketingi uchun esa, maqsadga erishish uchun hamma vositalardan foydalanish 
    mumkin. 
    Marketing an‘anaviy savdo usullaridan farqli o‗laroq aniq maqsadlarni 
    ko‗zlaydi, xo‗jalik vazifalarini esa yaqqol ifodalaydi; korxona shunday sifatli 
    mahsulot tayyorlashi lozimki, uni sotish qulay bo‗lsin. Darhaqiqat, mahsulot ishlab 
    chiqarilgani bilan u albatta foyda keltiradi degan ma‘noni hali aslo bildirmaydi. 
    Ilgari xo‗jalik rahbarlarining vazifasi asosan jami resurslarni ishlab chiqarish 
    talablari bilan muvofiqlashtirishdan iborat edi, ya‘ni korxona o‗zi xohlagan 
    mahsulotni ishlab chiqarar va hamma e‘tiborini uni sotishga qaratar edi. 
    Marketingning maqsadi esa bozorning mavjud va kelgusida ehtimol tutgan 
    imkoniyatlarini aniqlash hamda sifat jihatidan to‗g‗ri baholashdan, so‗ngra unga 
    tayanib, butun kuchini o‗z mahsulotiga qiziqish va ehtiyojni kuchaytirishga, 
    xaridorga mahsulotni, shuningdek ko‗rsatiladigan tegishli ximat turini tanlash 
    imkonini yaratgan holda, mahsulotni sotishga qaratishdan iborat. 
    Zamonaviy marketingni davri o‗tgan asrning 1995 yillaridan boshlandi. SHu 
    davrdan boshlab marketing – murakkab ijtimoiy – iqtisodiy jarayon sifatida 
    o‗rganilmoqda. 
    Hozirgi vaqtda AQSH va rivojlangan mamlakatlarda marketing masalalari 
    bo‗yicha juda ko‗p tadqiqot firmalari faoliyat olib bormoqda. SHuningdek, 


    15 
    marketing muammolarini tadqiq qilishni tijorat boshqaruvi asosida universitetlar 
    ham, savdo-sanoat assotsiatsiyalari, davlat tashkilotlari va xizmatlari ham 
    shug‗ullana boshladi. 
    1972 yilda F. Kotler mikromarketing va makromarketing tushunchalarini 
    asoslab beradi. 1976 yilda SHelbi Xant marketing ayirboshlash jarayoni haqida ilm 
    hisoblanishini ko‗rsatdi. 
    XX asrning
    80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida marketingni globallashtirish 
    jarayoni kuzatildi. SHuningdek, 1990 yilda Avstraliyaning Kanberra shahrida 
    «Marketing – bu hamma narsa», «Marketing biznesni anglatadi» shiori ostida 
    global marketing bo‗yicha Xalqaro konferensiya bo‗lib o‗tdi
    .
    Hozirgi davrda jahon iqtisodiyotida sanoat davri axborot davriga o‗rin 
    bo‗shatib bermoqda. Bu jahonning barcha rivojlangan davlatlarida kuzatilmoqda. 
    Tez o‗zgaruvchan bozor sharoitlari, narxsiz raqobat usullarining rivojlanishi, ishlab 
    chiqarish yuksak darajada chaqqon moslashuvchan, yakka iste‘molchiga 
    mo‗ljallangan, hajmi kichik bozor sohalari, bozor segmentlari va ayrim 
    «so‗qmoq»larning ko‗pligi unga xos xususiyatlardir. Ayni paytda ishlab 
    chiqarishning ixtisoslashuvi shunday darajaga etdiki, bir bozorning oraliq 
    segmentlarida bo‗sh makon juda kam qoladi. Natijada bozor raqobati yanada 
    shiddatli tus oladi. Ammo bu jarayon narx omili negizida emas, balki raqobatning 
    yanada takomillashgan usul va shakllari paydo bo‗lishi natijasida yuz beradi. 
    Tovarning «hayotiy sikli» misli ko‗rilmagan darajada qisqaradi. Hozirgi 
    davrda etakchi yapon elektron firmalari bozorga o‗rtacha har uch oyda bir marta 
    mikrosxemalarning yangi turini chiqaradi. Mahsulotlar assortimentning xilma-
    xilligi ortdi, bir xil buyumlarni ko‗plab ishlab chiqarish kamaydi, ya‘ni to‗p-to‗p 
    qilib uyub tashlash tajribasidan voz kechilmokda. Tovar sifatiga ega bo‗lgan 
    mahsulotlar mazmuni o‗zgardi. Endi yaxshi mahsulot chiqarish bilangina ish 
    bitmaydi, raqobatga dosh berish uchun sotuvdan keyingi darajasini, firma 
    ko‗rsatadigan qo‗shimcha servis xizmatlari sifatini tubdan yaxshilash zarur. 
    Korxonalar xarajatlarini oddiy kamaytirish yo‗llarini o‗ylabgina qolmay, ayni 
    paytda tovarlarni sotish va o‗tkazish, daromadlarni muttasil ko‗paytirish sohalariga 


    16 
    ko‗proq e‘tibor berishga majbur. Mahsulot sotishga yangi bozorlar, muayyan 
    afzalligi tufayli mahsulot o‗ziga jalb etadigan yangi xaridorlarni qondirish lozim. 
    Bu ishlarni hozirgi zamon marketingiga tayanibgina amalga oshirish mumkin. 
    Korxonaning omon qolishi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, kon‘yunktura-tijorat, 
    ijtimoiy va boshqa axborotlarni o‗z vaqtida olishi kabi omillardan ustalik bilan 
    foydalanish natijasida ta‘minlanadi. 

    Download 3,14 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Marketingni vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari

    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish