• Birinchidan
  • -BOB. MARKETINGNING IJTIMOIY – IQTISODIY ASOSLARI




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/195
    Sana10.01.2024
    Hajmi3,14 Mb.
    #134246
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195
    Bog'liq
    1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing
    magrurbek, Immunoenzim tahlilining getrogen usuli
    1-BOB. MARKETINGNING IJTIMOIY – IQTISODIY ASOSLARI 
    1. 1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati 
    Tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab chiqishda 
    tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi bo‗lib marketing hisoblanadi hamda 
    tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil etishda, rejalashtirish va 
    nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. «Ay-si-ay» konserni boshqaruvi raisi 
    Djon Harvi Djons tadbirkorlikda marketingni o‗rnini tavsiflab shunday deydi, 
    ya‘ni «Marketing tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu nafaqat yoqilg‗i, balki 
    kema komandasidir». 
    Marketing mazmuni va terminologiyasi yangilanib boradi, lekin ular boshdan 
    ayirboshlash jarayoni, tovar-pul munosabatlari paydo bo‗lishi, sotish shakllarini 
    rivojlanishi hamda iste‘molchilarni tovar va xizmatlar bilan o‗zaro harakati bilan 
    bog‗lanadi. 
    Marketing elementlarining paydo bo‗lishi XIX - asrning o‗rtalariga borib 
    taqaladi. Bu davrgacha tovarlarni natural ayirboshlashni turli shakllari paydo 
    bo‗ladi, keyinchalik marketing faoliyatini birinchi elementlari, ya‘ni reklama, narx, 
    sotish kabilarni rivojlanishi kuzatildi. 
    1902 yildan boshlab AQSHning Michigan, Kaliforniya va Illinoys 
    universitetlarida marketing fani kiritilib, bu muammolar bo‗yicha ma‘ruzalar 
    o‗qitila boshladi. Keyinchalik marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi. 
    1948 yildan boshlab marketing tovarlar va xizmatlar oqimini ishlab 
    chiqaruvchidan oxirgi pirovard iste‘molchi tomon yo‗naltirilgan xo‗jalik faoliyatini 
    har xil turlarini amalga oshirish sifatida ko‗rina boshladi.
    Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan bog‗liqdir, 
    shu bois marketing so‗zini tarjimasi va kelib chiqishi keltiriladi (ing. market so‗zi – 
    bozor, ing – faol, faoliyat, harakat ma‘nosini anglatadi). 
    Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo‗nalishi, 
    ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo‗yicha amaliyot 
    faoliyati hamdir. AQSH va boshqa xorijiy davlatlar iqtisodiy adabiyotlarida 



    marketing ta‘rifini ko‗p turlari mavjuddir. Eng keng tarqalgan marketing ta‘rifi, u 
    Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan berilgan bo‗lib, uning mazmuni 
    quyidagichadir, ya‘ni «Marketing» shunday jarayondan iboratki, uning yordamida 
    o‗ylangan g‗oya rejalashtiriladi va amalga oshiriladi, narxlar tashkil etiladi, 
    g‗oyalar, tovarlar va xizmat ko‗rsatishlar harakati va sotishni, ayrim shaxslar va 
    tashkilotlarni maqsadlari ayirboshlash yordamida qondiriladi». 
    Marketingga olimlar turlicha ta‘rif berganlar. Rossiyalik olim I.K.Belyaevskiy 
    shunday degan: «Marketing – bu bozorni o‗rganish va tartibga solish, boshqarish 
    tizimidir». Taniqli evropalik marketolog Jan-Jak Lamben esa marketingga shunday 
    ta‘rif beradi: «Marketing tashkilotlar va kishilarni hohish va ehtiyojini tovarlar va 
    xizmatlarni erkin raqobatli ayirboshlashni ta‘minlash yo‗li orqali qondirishga 
    yo‗naltirilgan ijtimoiy jarayondir», «Marketing – bu bir vaqtning o‗zida biznes 
    falsafasi va faol jarayondir». Igor Mann fikricha, ―marketingning asosiy vazifasi – 
    bu mijozlarni o‗zlashtirish va ushlab qolishdir. Nuqta‖ deb ko‗rsatgan. SHarl 
    Degol esa, ―Har doim eng qiyin yo‗lni tanlang – unda siz raqobatchilarni 
    uchratmaysiz‖ degan fikrni ilgari surgan. Zinov Davidov esa, ―men hech qachon 
    marketing bilan shug‗ullanmaganman. Men faqat o‗z mijozlarimni yaxshi 
    ko‗rganman‖ degan fikrni bildirgan. A.Soliev fikricha, marketing falsafasi talablari 
    shundan iboratki, tadbirkorlik faoliyati yoki biznes hatti – harakatini faqat 
    iste‘molchiga qaratish lozim. 
    Ushbu ta‘riflardan shuni aytish mumkinki, marketing – bu bozorni o‗rganish, 
    u orqali iste‘molchilarga ta‘sir etishdan iboratdir. 
    Talab bilan taklifni o‗zaro ta‘siri - bu alohida shaxslar yoki guruhning xohish-
    ehtiyojlarini uzluksiz qondirish jarayoni bo‗lib hisoblanadi. Bu jarayon o‗z 
    navbatida, shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarni o‗zaro ta‘siriga asoslanadi
    ya‘ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va 
    aniq tovar va xizmatlarni iste‘moli (ishlatilishi) kiradi. 
    Marketingni asosiy kategoriyalari, uning tushunchasi, mohiyatini aniqlashga 
    imkon beradi. 
    Muhtojlik – kishini biron bir narsani etishmasligini his etishidir. 


    10 
    Ehtiyoj – individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga 
    muhtojlikdir. 
    Talab – bu xarid quvvatiga ega bo‗lgan ehtiyoj. 
    Talab – mavjud, potensial hamda xohish talabiga bo‗linadi. 
    Tovar – bu ehtiyojni yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga 
    e‘tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste‘mol qilish maqsadida taklif etilgan 
    barcha narsalardir.
    Ayirboshlash – biron bir shaxsdan o‗ziga kerakli bo‗lgan ob‘ektni olish 
    uchun, uning evaziga boshqa narsani taklif etadi. 
    Marketingni mohiyati tovarni ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish albatta 
    iste‘molchiga, talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini mo‗ljallashdan iborat. 
    Marketingni vazifasi nafaqat talabni qondirishdan iborat va aksincha unga 
    shunday ta‘sir ko‗rsatish kerakki, u taklifga mos kelsin. 
    Hozirgi davrda jahon adabiyotida marketingga berilgan ikki mingdan ortiq 
    ta‘rif bor. Mutaxassislar o‗rtasida marketingning takror ishlab chiqarish jarayonida 
    ishtiroki masalasida yagona fikr yo‗q. Hozir ko‗pgina chet ellik marketologlar 
    zamonaviy marketing tushunchasi ishbilarmonlikka kiradigan faoliyatni o‗z ichiga 
    olmog‗i kerak deb hisoblaydilar. Boshqalari esa bunday izohlarni tanqid qilib, 
    ayriboshlashning hamma turlari ham marketing tusiga ega emasligini va marketing 
    prinsiplarini hamma vaziyatlarga ham tatbiq qilib bo‗lmasligini ta‘kidlaydilar. 
    Marketingga ta‘rif berishda bunday xilma-xillikning sababi bor. Birinchidan, 
    marketing konsepsiyasi mazmuni bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish 
    usuli rivojlanishi bilan o‗zgarib keldi va uning mohiyatini aks ettirdi, ikkinchidan, 
    boshqarish tizimida marketingdan foydalanish maqsadlari, xususiyatlari, 
    miqyosiga qarab, undagi tashkiliy qismlarning ahamiyati va boshqaruv tizimidagi 
    ahamiyati o‗zgarib boradi. Bundan tashqari, mutaxassislar marketingni biznes 
    xizmati va falsafasi tarzida baholaydilar. Xizmat sifatida marketing ishlab 
    chiqarish, savdo, reklama, texnika xizmati ko‗rsatish va boshqa sohadagi tadbirlar 
    majmuidan iborat. Falsafa sifatida esa marketing - bu jamiyat ishlab chiqarish 
    munosabatlariga daxldor ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyadir. 


    11 

    Download 3,14 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -BOB. MARKETINGNING IJTIMOIY – IQTISODIY ASOSLARI

    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish