121
3.Korxonani o‘sish strategiyasi qaysi yo‘nalishda
amalga oshiriladi va uni
qanday bosqichlari mavjud?
4.Divesifikatsion o‘sish deganda nimani tushunasiz?
5.Korxonani taktik rejasini maqsadi va roli nimadan iborat?
6.Marketing nazorati nima va uni qanday turlarini bilasiz?
7. Intensiv o‘sish deganda nimani tushunasiz?
8. Integratsion o‘sish mazmunini tushuntirib bering?
9.
Marketing dasturi deganda nimani tushunasiz?
10.
Marketing dasturini ishlab chiqish ketma-ketligi nimadan iborat?
11.
Marketing rejasini asosiy bo‘limlarini mazmuni nimadan iborat?
12.
Marketing dasturini qanday turlarini bilasiz?
13.
Maqsadli dastur deganda nimani tushunasiz?
14.
Boston - konsalting guruhi matritsasini mazmunini izohlab bering.
15.
Marketing dasturini kommunikatsiya siyosati bo‘limida nimalarga e’tibor
qaratilgan?
16.
Marketing rejasi va marketing dasturi o‘rtasidagi farq nimadan iborat?
122
7-BOB. TALABNI QONDIRISHNI TADQIQ ETISH VA PROGNOZ QILISH
7.1. Talab tushunchasi, uning turlari, talabga ta’sir etuvchi omillar
Talab – bu xarid quvvatiga ega bo‘lgan ehtiyojdir. Aniq to‘lov qobiliyatiga ega
bo‘lgan ehtiyojning tovar ta’minotini real holatiga asosan, talab qondirilgan va
qondirilmagan talabga bo‘linadi.
Qondirilgan talab – bu bozorda vujudga kelgan haqiqiy
talabning qondirilgan
qismi bo‘lib, u tovarlarni va xizmatlarni sotib olish natijasida haqiqiy qondiriladi.
Qondirilmagan talab – bu bozorda vujudga kelgan haqiqiy talabning
qondirilmagan qismi bo‘lib, u bozorda iste’molchilar uchun zarur bo‘lgan tovarlarni
yo‘qligi va sifati pastligi natijasida yuzaga keladi.
Iste’mol talabi
murakkab kategoriya hisoblanib, unga narx va narxga bog‘liq
bo‘lmagan omillar ta’sir qiladi.
Narxga bog‘liq bo‘lgan omillarga asosan aholining daromadlari va tovarlarga
bo‘lgan narxlar kiradi.
Narxga bog‘liq bo‘lmagan omillarga esa, bozorning katta – kichikligi (razmeri),
bir – biriga o‘xshagan tovarlarning narxlari, iste’molchilarni
hohish va istaklari
kiradi.
Talab hajmini narx darajasiga bog‘liqligi, talab va taklif qonuniga asosan
aniqlanadi.
Uning asosida uchta sabab yotadi:
-
Narxning pasayishi xaridorlar sonining oshishiga olib keladi;
-
Narxning pasayishi iste’molchilarni to‘lov qobiliyatini kengayishiga olib
keladi;
-
Bozorning to‘ldirilishi esa, qo‘shimcha birlikdagi
mahsulotlarni foydaliligini
pasayishiga sabab bo‘ladi.
Talab hajmini narx darajasiga bog‘liq holda o‘zgarishi talabning narx bo‘yicha
elastikligi bilan tavsiflanadi, u esa talab miqdorini nisbiy o‘zgarishini(foizlarda
ifodalanadi) narxning 1 foizga o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi.
123
Korxona o‘zining tovarlarini sotish imkoniyatlarini baholashni,
avvalo bozor
talabini tadqiq etishdan boshlaydi.
Bozor talabi – bu ma’lum guruhdagi xaridorlar tomonidan, ma’lum hududda,
muayyan davrda, ma’lum marketing dasturiga ega bo‘lgan savdo korxonalari
tomonidan sotib olinadigan, ma’lum miqdordagi tovarlar hajmi bilan ifodalanadi.
Bozor
talabi natural, qiymat ko‘rsatkichlarida yoki nisbiy miqdorlarda
ifodalanishi mumkin.
Bozor talabini jami ichki bozor va uning alohida segmentlari bo‘yicha aniqlash
mumkin.
Talabni o‘lchashni asosiy tushunchalari quyidagi 7.1-rasmda keltirilmoqda.
Bozor
Korxona
Talab Bozor talabi
Korxona tovarlariga bo‘lgan
talab
Potensial Bozor sig‘imi
Korxonaning potensial hajmi
Prognoz
Bozor prognozi
Korxonaning sotuv prognozi