124
B
s
= T + I – E
Bunda,
B
s
- bozor sig‘imi;
T – bozorga taklif qilingan tovarlar yoki xizmatlarning umumiy hajmi;
I – import hajmi;
E – eksport hajmi.
Ichki bozor sig‘imini hisoblashda boshqa bir
qancha omillar ham hisobga
olinadi, ya’ni to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan talab, yil boshidagi tovar zahiralari
qoldig‘i, tovarlar bozorining to‘yinganligi, o‘rtacha kishi boshiga to‘g‘ri keladigan
iste’mol hajmi, korxonalar ehtiyojlari.
7.2.Bozor kon’yunkturasi haqida tushuncha
Kon’yunkturani o‘rganish marketing xizmatini ajralmas qismini tashkil etadi.
Bizning mamlakatimizda kon’yunkturani o‘rganish 20 yillarda tashkil etildi.
«Kon’yunktura» lotincha so‘z bo‘lib, holat degan ma’noni anglatadi, u keng ma’noda
ularning o‘zaro aloqasidan olingan shartlarning yig‘indisi, o‘tar sharoit,
predmetlarining joylashishidir.
Bozor kon’yunkturasi – bu ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir hududda talab bilan
taklif o‘rtasidagi nisbatdir.
Marketing sharoitini va bozorni tekshirish iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, tabiiy,
siyosiy va boshqa shart-sharoitlarni tahlil va bashoratni taxmin qiladi. Hozirgi kunda
deyarli hamma yirik firmalar xususiy kon’yunktura
xizmatlariga egadirlar, ular
o‘zining faoliyat doirasida jahon va milliy masshtabda kon’yunkturani rivojlanishini
kuzatishadi. Iqtisodiy kon’yunktura bu omillar va qayta ishlash sharoitlarining
rivojlanishi va o‘zaro aloqadorlikda talab, taklif, narx omillari asosida bozordagi bir
ko‘rinishdir. Bu ko‘rsatilgan aniqlik o‘z ichida kon’yunktura tushunchasining barcha
amaliy sifatlarini o‘zida mujassamlashtiradi.
125
Birinchidan, unda iqtisodiy kon’yunktura predmeti ko‘rsatilgan, ya’ni bozor,
ayirboshlash sohasidagi kon’yunkturani avval olib borilayotgan ishlar bilan
bog‘laydi.
Ikkinchidan, kon’yunkturani faqat
ayirboshlash sohasidagini emas, balki butun
ishlab chiqarish jarayonini, ya’ni (ishlab chiqarish, taqsimlash, muomala, iste’mol,
bular ayirboshlash prizmasi orqali aniqlanadi) o‘z ichiga qamrab oladi.
Uchinchidan, kon’yunktura dinamik o‘sish davrlarida ko‘riladi.
To‘rtinchidan, kon’yunktura ishlab chiqarish jarayoni
aniq tarixiy sharoitlari
bilan bog‘liq, har bir ishlash jarayonining yangi bosqichi uchun omillarning va
kon’yunkturani rivojlanishining sharoitlarining mosligi o‘ziga xosdir.
Beshinchidan, uning ko‘rinishining asosiy shakli talab, taklif, va narx
dinamikasining nisbatidir. Bir so‘z bilan aytganda,
ayni shu omillar bozorning
holatini va dinamikasini aniqlashda markaziy bo‘g‘in bo‘lib hisoblanadi.
Kon’yunktura tadqiqotining ikkita ob’ektiga ko‘ra - ya’ni iqtisodiy kon’yunktura
tushunchasidagi xo‘jalik va tovar bozori, ikki mustaqil tarkibiy qismga ajratiladi.
1) umumxo‘jalik kon’yunkturasi
2) tovar bozori kon’yunkturasi.
Umumxo‘jalik kon’yunkturani strukturaviy birlik deb, shunga qaramasdan tovar
bozorlarining va ko‘plab o‘zaro munosabatlar kon’yunkturasini yig‘indisi deb qarash
mumkin. Tovar kon’yunkturasi umumxo‘jalik kon’yunkturasini tashkil etadi,
umumxo‘jalik kon’yunkturasi esa tovar bozorlari kon’yunkturasini keltirib chiqarida.
SHuning uchun ham umumxo‘jalik kon’yunkturani uni tashkil etuvchi tovar
kon’yunkturalarini xususiyatlarining arifmetik summasi deb hisoblab bo‘lmaydi.
Tovar bozorlari kon’yunkturasini umumxo‘jalik kon’yunkturasini elementi sifatida
birlashuvi, bir butun kabi tovar kon’yunkturasini tashkil etuvchilarga mavjud
bo‘lmagan yangi sifatni beradi. SHunday qilib, uning butun qismi va bo‘g‘inlarining
belgilari o‘zaro ta’sirchanligi va o‘zaro aloqadorligi shakllarining fe’l
- atvorini,
umumxo‘jalik va tovar kon’yunkturasini rivojlanishni aniqlaydi.
Bozorni va avvalo butun bozorni kon’yunkturasini kompleks izlanishlar
ishbilarmonlar doirasining fikriga ko‘ra, ishbilarmonlarga ularning xo‘jalik
126
qarorlarini qabul qilishda xatoga yo‘l kuymasligi uchun tavakkalchilikni
pasaytirishda qurol hisoblanadi. Iqtisodiy kon’yunkturani izlash, faqatgina
ayirboshlash sohasini rivojlanishi va uning qayta ishlab chiqarish jarayonining
boshqa bosqichlari bilan o‘zaro aloqadorligining umumiy qonunchiligini o‘rganish
bilan chegaralanib qolmaydi. U, u yoki bu tovar
bozorda vujudga keladigan
asoslangan tahlil va prognoz qilishni amalga oshirishga qaratilgan.
Tovar bozori o‘zida, birinchidan, ma’lum bir tovarni ishlab chiqaruvchilar va
iste’molchilar o‘rtasida, ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilar guruhi va iste’molchilar
guruhi o‘rtasida iqtisodiyotchilar aloqalarining tizimini o‘zida aks ettiradi.
Aloqalarning asosiy ko‘rinishi 1-turi bu oldi-sotdi jarayoni, 2-si esa raqobatdir. Tovar
bozorlari tarmoqlararo raqobatning mexanizmi orqali o‘zaro ta’sirga egadir va u
milliy bozorni butunlay shakllantiradi. Bozor munosabatlarning
tarixiy rivojlanishi
davomida milliy chegara doirasidan chetga chiqmaydi va xalqaro tovar bozorlari
shakllanadi.