Kon’yunkturani prognoz qilish




Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/172
Sana14.05.2024
Hajmi3,25 Mb.
#232823
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   172
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S

7.4. Kon’yunkturani prognoz qilish 
Ayrim tovar bozor kon’yunkturasini o‘rganishdan maqsad to‘g‘ri prognoz qilish 
va o‘zgarishlarning oldindan aytib berishdan iboratdir. Umuman bashorat - bu ob’ekt 
ahvolining kelajagi haqida, fikrlari va rejalarini ruyobga chiqarish yo‘llari va 
muddatlaridir. Bashorat insonning o‘rganish va amaliy faoliyatida yo‘llangan ob’ekti 
bo‘lib, jarayonlar, ko‘rinishlar, hodisalar bo‘lishi mumkin. 


129 
Prognoz qilish bu- ob’ektning kelajagini tahlil qilish va bu kelajakni qanday 
bo‘lishini ko‘ra bilishdir. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning bashorat imkoniyatlari eng 
avval sabab va hodisa bog‘lanishlarining tabiat xarakterlari orqali aniqlanadi. 
Oldindan aytib berish, prognoz qilish faqat umumiy xossalar va qonuniylikka ega 
bo‘lgan sabab va xulosalar aniq bo‘lgan jarayonlarga bog‘liqdir.
Iqtisodiy bashorat kon’yunkturasining tuzishning asosiy imkoniyatlari iqtisodiy 
hodisalarni rivojlanishi to‘g‘ridan - to‘g‘ri vaqt takozosi orqali aniqlanadi. Bashorat 
qiluvchining vazifasi hozirgi kunda ko‘z ostida oldingilarni esga olib, kelajak 
elemetlarini 
topish 
va 
umum 
tendensiyalarini 
o‘rganib shu hodisalarni 
rivojlanishining kelajagini ko‘rsatib berishdir. 
Prognoz qilish har doim ishning rejalashdan oldingi bosqichi hisoblanadi, 
marketing dasturi va rejasining asosiy variantlaridan biri hisoblanadi, chunki prognoz 
qilishning maqsadi - bilimimizning darajasiga to‘g‘ri keladigan va bashoratga 
kiritilishi asosida mumkin bo‘lgan holatlarning rivojlanishini kengroq bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan muqobil yo‘llarini berishdir. Bu holatda qaror qabul qilish bashorat 
variantlarining ko‘proq bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoslangan tanlov hisoblanadi. 
Prognoz qilish- ilmiy analitik ajralmas bosqichdir. Ishlab chiqarilgan bashoratlar 
asosida qarorlarni qabul qilish ham qaror hisoblanadi. Hozirgi vaqtda iqtisodiy 
prognoz qilish 1-1,5 eng ko‘pi 2 yildir, o‘rta muddatli 5 yilgacha, uzoq muddatli 5 
yildan ortiq va 15-20 gacha. Qisqa muddatli prognoz qilish bu har doimgi 
kon’yunktura bashoratidir, u har kungi amaliyotning boshqaruvchisi hisoblanadi
uzoq muddatli prognoz qilish umumiy tendensiyalarini aniqlaydi, iqtisodiy 
programmalarni tuzishda asos hisoblanadi va u kelajak kon’yunkturani aniqlash 
uchun muhimdir. Hozirgi vaqtda zamonaviy ilm-fanda prognoz qilishning 100 dan 
ortiq turli uslublari qo‘llaniladi. Ular bir-birlaridan qo‘llanmalari bilan, ularni 
qo‘llash va asoslanganliklari bilan farq qiladi. Ularning orasida ekspert baholash 
uslubi, miya hujumi, tarixiy analog, matematik - statistik uslublarni qo‘llash bilan 
farq qiladi. 
Kon’yunkturani prognoz qilishda kon’yunktura rivojlanishi umumiy tendensiya 
baholaridan boshlash kerak. Buning uchun esa kelajak kon’yunkturani zamonaviy 


130 
kon’yunkturadan ajratish uchun hamma narsani e’tiborga olishi kerak. Bu maqsad 
uchun esa uzoq davr uchun xizmat qiladi.Kon’yunktura rivojlanishidagi ichki omillar 
bilan bir qatorda yana shu mamlakatning iqtisodiyotiga jahon kon’yunkturasini ta’sir 
etishini ham kuzatish kerak, chunki u ba’zi mamlakatlar uchun kon’yunktura sinish 
paytida katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Agar mamlakatning tashqi iqtisodiy 
aloqalari qancha kuchli bo‘lsa, shunchalik unga bo‘lgan ta’sir ortadi. 

Download 3,25 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   172




Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish