Bozor kon’yunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko‘rsatkichlari hamda




Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/172
Sana14.05.2024
Hajmi3,25 Mb.
#232823
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   172
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S

 
7.3.Bozor kon’yunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko‘rsatkichlari hamda 
baholash uslublari
 
Kon’yunktura tahlili o‘z ichiga ishlab chiqarish va iste’molning hajmi, tarkibi, 
bir tovarning boshqasining o‘rnini egalay olish imkoniyati, tovar zahiralari, narxning 
o‘zgarishi, reklama xizmati, bozor ishtirokchilarining o‘rganishni oladi. Bozor 
konyu’nkturasini muntazam ravishda o‘rganib borish savdo faoliyatini muvaffaqiyatli 
yakuniga imkon beradi. Har davrda bozor kon’yunkturasi qaysi tovar chiqarishni 
ko‘paytirish, qaysi tovarga talabning kamayishi haqida aniq ma’lumotlar beradi. Bu 
ma’lumotlar ishlab chiqarish uchun ham savdo firmasi uchun ham zarurdir. Bozor 
kon’yunkturasi bozorda muvozanatni mavjudligi yoki bo‘zilganligi bilan 
xarakterlanadi. SHunga ko‘ra bozor kon’yunkturasi ijobiy va salbiy, qulay va 
noqulay bo‘lishi mumkin. 
Bozor kon’yunkturasi ayrim tovar ishlab chiqaruvchilar miqyosiga va sotib 
oluvchilarning xarid qobiliyatiga bog‘liqdir, narx- navoga, modaning o‘zgarishiga 
qarab har xil bo‘ladi. Bozorning kelajakdagi holatini ishlab chiqarishning texnikaviy 


127 
ahvoli, unga sarflangan qo‘shimcha resurslar, ularning qaytarib berish muddatlari, 
tovar zahiralari dinamikasi, eksport va import, shuningdek narx - navodagi 
o‘zgarishlar yo‘nalishiga qarab aniqlash mumkin. Bu bilan tovar taklifi o‘rganiladi. 
Investitsiya summasi va tuzilishiga, mehnat predmetiga bo‘lgan talab va 
korxona, tashkilotlar pul sarfining yo‘nalishiga qarab, shuningdek aholi xarid 
qobiliyatining, uning tovarlar bilan ta’minlanishini darajasini hisobga olib talab 
o‘rganiladi.
Uzoq muddatli o‘sish imkoniyalarini aniqlash va kon’yunktura tahlili bir -biri 
bilan bog‘liq va u bir-birini to‘ldira boradi.
Sifatli tahlil qilish uchun to‘plangan ma’lumotlarni 3 ta guruhga bo‘linadi: 
-o‘tgan davr kon’yunktura ma’lumotlari; 
-tadqiq qilinayotgan davr kon’yunktura ma’lumotlari; 
-kelgusidagi kon’yunkturaga ta’sir etuvchi ma’lumotlar.
Kon’yunkturani tahlil qilish shakli bo‘lib, kon’yunktura sharhi bo‘lib 
hisoblanadi.
Kon’yunkturani tahlil qilish savollariga o‘tishdan avval kon’yunkturani 
ko‘rsatkichlar tizimini ko‘rib chiqish darkor. 
Ko‘rsatkichlar shartli ravishda makro va mikro ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. 
Makroqo‘rsatkichlarga - umumxo‘jalik kon’yunkturasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar: 
yalpi milliy mahsulot, yalpi milliy daromad, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, tovar 
aylanma ko‘rsatkichlari, pul muomalasi ko‘rsatkichlari, iste’mol ko‘rsatkichlar kiradi. 
Mikroqo‘rsatkichlarga esa alohida tovarlar bozorini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar kiradi: 
ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, mahsulot sotilishi va iste’moli, narx dinamikasi va 
h.k. 
Umumxo‘jalik kon’yunkturaning tahlilini izlanishni maqsadiga ko‘ra ikkita yo‘l 
olib borish mumkin:
1. 
Agar ma’lum bir vaqtning ichida kon’yunkturaning rivojlanish tendensiyalari 
va sur’atlarini bilib olish masalasi qo‘yilgan bo‘lsa, u holda kon’yunktura tahlili shu 
vaqtning ichida uning dinamikasini o‘rganish yo‘li bilan olib boriladi, 


128 
2. 
Agar eng oxirgi sanaga kon’yunktura holatini aniqlash masalasi qo‘yilgan 
bo‘lsa, u holda iqtisodiy siklning fazasini va faza ichidagi misol tariqasidagi joyini 
aniqlash yo‘li bilan olib boriladi. SHuni e’tiborga olish kerakki, kon’yunktura tahlili 
va uzoq tendensiyalarning rivojlanishini aniqlash o‘zora bog‘liq va bir - birini 
to‘ldiradi. 
Kon’yunktura tahlili jamiyatning xo‘jalik xyotining qiyinligini hisobga olmagan 
holda u yoki bu qarashlarni tasdiklaydigan o‘zboshimchalik bilan tanlangan omillar 
va statistiktik ma’lumotlarga endoshib emas,balki bir-biriga qarama-qarshi 
hodisalarning yig‘indisiga endashish kerak.Kon’yunktura tahlilining shakli bu 
kon’yunktura sharhi va ma’lumotnomasidir. 
Mahsulotni ishlab chiqarishni belgilanganligiga qarab,mahsulotni absolyut 
birligi 
ulchovlarida 
ishlab 
chiqarib, 
ishlab 
chiqarish 
davrini 
davomiyligi,iste’molchilar doirasi tezroq yoki sekinroq kon’yunkturani o‘zgarishini 
aks ettiradi. 
Ba’zi tarmoqlar,masalan kora metallurgiya,xavo va suv transporti,kurilish 
belgilangan iste’molchilar uchun oldindan buyurtma qilish tizimi bo‘yicha 
ishlaydilar.Boshqalar esa, ya’ni avtomobil , radioelektron va shu kabilar qisqa 
muddat ichida ishlab chiqariladi va bozorda noma’lum iste’molchilarga sotiladi. 
Uzoq muddatli tovarlarni ishlab chiqarishni qisqarishi yoki o‘z ishi natijasida ishlab 
chiqarish kon’yunkturasini yaxshilash yoki yomonlash aniq ko‘rsatkichi bo‘lib 
hisoblanmaydi. Chunki katta buyurtma portfelining kattaligi yoki shunday 
tarmoqlarda uning yo‘qligi mahsulot ishlab chiqarish dinamikasining iqtisodiy 
siklning dinamikasidan rad etadi. 

Download 3,25 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   172




Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bozor kon’yunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko‘rsatkichlari hamda

Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish