-rasm. SWOT tahlil matritsasi




Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/172
Sana14.05.2024
Hajmi3,25 Mb.
#232823
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   172
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S

6.10-rasm. SWOT tahlil matritsasi 
SWOT tahlil natijasida kompaniyaning kelgusidagi faoliyati yo‘nalishlari 
xulosasini chiqarish mumkin. 
Marketing rejasi asosiy hujjat bo‘lib, kim, nima va qaerda hamda qaysi yo‘l 
bilan aniq vazifani bajarish shart degan savollarga javoblarni ifodalaydi.
Taktik rejalashtirish yaqin muddatga assortiment, savdo, narx, reklama, moliya, 
kadrlar va boshqalar bo‘yicha korxona siyosatini belgilaydi. 
mahsulot assortimentini rejalashtirish - bo‘lajak iste’molchilar guruhini va 
ular talabini aniqlash, mahsulotni texnik ko‘rsatkichlarini va iste’mol qiymatlarini 
muvofiqlashtirish, uning raqobatbardoshligini baholash, upakovka (o‘ram)ni 
rivojlantirish, tovar turlarini yangilash va boshqalarni o‘z ichiga oladi; 
tovar harakati yo‘nalishlarini va sotishni rejalashtirish - tovarlar oqimi 
yo‘llarini, qancha zahiraga ehtiyoj borligini, transport orqali tashish, qayta 
upakovka(o‘ram) qilish, tovar aylanma va sotishdan keyingi xizmat qilish kabilarni 
aniqlashdan iborat; 
reklama va sotishni rag‘batlantirishni rejalashtirish - reklama vositalarini 
tanlash, sotuvchilarni va xaridorlarni rag‘batlantirish usullarini aniqlash, raqiblarga 
ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini baholash demakdir; 
moliyaviy ko‘rsatkichlarni rejalashtirish - shu jumladan, marketing 
xarajatlarini aniqlash, bahoni belgilash (talab, xarajatlar, raqobatchilar, marketing 
tadbirlaridan olinadigan daromadga asoslanib)ni tashkil etadi; 
kadrlar bilan ta’minlashning rejasi - rahbariyat va mutaxassislarni joy-joyiga 
qo‘yish, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, maslahatchilarni yollash, boshqa 
korxonalar tajribasini o‘rganishni o‘z ichiga oladi; 


115 
Marketing nazorati uch xil shaklda olib boriladi: strategik, yillik va rentabellikni 
tekshirib borishdan iborat. Strategik nazorat - ma’lum davr mobaynida korxona 
marketing faoliyatini har tomonlama taftish qilib, uning bozordagi haqiqiy holatiga 
mos kelish-kelmasligini aniqlashdir. 
Yillik rejani nazoratda sotish hajmi, bozordagi ulushi, iste’molchilarning 
tovarlarga bo‘lgan munosabati va boshqalar tahlil qilinadi. Korxonaning foyda va 
zararlari balansi orqali va foydaning xarajatlariga solishtirish yo‘li bilan uning 
rentabelligini nazorat qilinadi. 

Download 3,25 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   172




Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish