|
?Pedagogik rag‘batlantirish (xulq-atvorni tuzatish) metodi qanday elementlardan tarkib topadi?
|
bet | 31/52 | Sana | 18.09.2024 | Hajmi | 290 Kb. | | #271592 |
Bog'liq Boshlang\'ich ta\'lim test?Pedagogik rag‘batlantirish (xulq-atvorni tuzatish) metodi qanday elementlardan tarkib topadi?
+rag‘batlantirish va jazolash
-namuna ko‘rsatish va rag‘batlantirish
-tushuntirish va uqtirish
-jazolash va tushuntirish
?Qaysi qatorda rag‘batlantirish (xulq-atvorni tuzatish) metodlari guruhiga kiruvchi metodlar to‘g‘ri berilgan?
+mukofotlash, tanbeh, xatti-harakatlarni jamoa o‘rtasida muhokama qilish
-mashq, musobaqadan chetlatish, nasihat jamoa o‘rtasida muhokama qilish
-hikoya, tushuntirish, tanbeh jamoa o‘rtasida muhokama qilish
-musobaqadan chetlatish, tushuntirish, hayfsan berish
?Jamoa nima?
+bir necha a’zolardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil etilgan guruh
-o‘zaro bir-birlarini tushuna oladigan kishilar guruhi
-bir necha shaxslarning yagona manfaat atrofida birlashishlari
-shaxsiy manfaatlardan ko‘pchilik manfaatini ustun qo‘yish imkoniyatiga ega kishilardan tarkib topgan guruh
?Bolalar jamoaning rivojlanishi uchun xarakterli bo‘lgan quyidagi holatlar nimani ifodalaydi: ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligini, birgalikdagi umumiy faoliyatning tashkil etilishini, majburiy, mas’uliyatli munosabatning yo‘lga qo‘yilishini, saylangan umumiy rahbariy organga egalikni?
+jamoaning o‘ziga xos xususiyatlarini
-jamoaning shakllanish bosqichlarini
-jamoaning tuzilishini
-jamoa tomonidan olib boriladigan faoliyat mazmunini
?Jamoa rivojlanishining qaysi bosqichida faqat pedagogik talablar qo‘yiladi?
+I bosqichida
-VI bosqichida
-III bosqichida
-II bosqichida
?A.S.Makarenkoning fikricha, “ayrim o‘zini chetga olib qochuvchi, injiq shaxslarga jamoa talab qo‘ya boshlashi” jamoa rivojlanishining qaysi bosqichida ro‘y beradi?
+III bosqichida
-VI bosqichida
-II bosqichida
-I bosqichida
|
| |