|
III.5. Kinetik koeffisientlarning turli parametrlarga bog‘liqligi
|
bet | 10/12 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #255884 |
Bog'liq Zuhraga uchunIII.5. Kinetik koeffisientlarning turli parametrlarga bog‘liqligi
Tajriba natijalaridan foydalanib polivinil spirit geli tuzilishi fiziko-matematikaviy modelning kinetik koeffisientlarining turli parametrlarga bog‘liqligi o‘rganildi. Olingan natijalar k1 koeffisient barcha o‘rganilgan moddalar eritmalarining konsentrasiyalari yoki eritmadagi suv aktivligining kub ildiziga chiziqli bog‘liqligini ko‘rsatdi. Bunday bog‘liqlik
k1 = * C1/3 (III.1)
yoki
k1 = * (1-aw)1/3 (III.2)
tenglamalar orqali ifodalanadi.
Tajribalarda olingan natijalar k3 kinetik koeffisient eritmalarining konsentrasiyalari yoki eritmadagi suv aktivligining kvadrat ildiziga chiziqli bog‘liqligini ko‘rsatdi. Bunday bog‘liqlik
k3nisb = * C1/2 (III.3)
yoki
k3nisb = * (1-aw)1/2 (III.4)
bu yerda
k3nisb = k3*d (III.5)
bo‘ladi. Olingan bunday bog‘liqliklar III.8- III.11-rasmlarda keltirilgan.
Rasm-III.8. Polivinil spirt gelining turli konsentrasiyali CH3COOH kislota eritmalaridan bo‘kish jarayonida k3 kinetik koeffisientning muvozanatdagi eritma konsentrasiyasiga bog‘liqligi.
Rasm-III.9. Polivinil spirt gelining turli konsentrasiyali CH3COOH kislota eritmalaridan bo‘kish jarayonida k3 kinetik koeffisientning polimer gel granulasi diametriga bog‘liqligi.
Rasm-III.10, Polivinil spirt gelining turli konsentrasiyali CH3COONa tuzi eritmalaridan bo‘kish jarayonida k3 kinetik koeffisientning muvozanatdagi eritma konsentrasiyasiga bog‘liqligi.
Rasm-III.11. Polivinil spirt gelining turli konsentrasiyali CH3COONa tuzi eritmalaridan bo‘kish jarayonida k3 kinetik koeffisientning polimer gel granulasi diametriga bog‘liqligi.
Tajribalarda olingan natijalardan foydalanib sirka kislota va uning tuzining polivinil spirt gelida bo‘kish jarayonida hisoblab aniqlangan kinetik koeffisiyentlar taqqoslandi. Olingan natijalar III.12-III.15-rasmlarda keltirilgan.
Rasm-III.12. Polivinil spirt gelining 0,2 M li CH3COOH kislota va CH3COONa eritmalaridan bo‘kish jarayonida k3 kinetik koeffisiyentning muvozanatdagi eritma konsentrasiyasiga bog‘liqligi.
Rasm-III.13. Polivinil spirt gelining 0,2 M li CH3COOH kislota va CH3COONa eritmalaridan bo‘kish jarayonida k1 kinetik koeffisientning muvozanatdagi eritma konsentrasiyasiga bog‘liqligi.
Rasm-III.14. Polivinil spirt gelining 0,2 M li CH3COOH kislota va CH3COONa eritmalaridan bo‘kish jarayonida k2 kinetik koeffisientning muvozanatdagi eritma konsentrasiyasiga bog‘liqligi.
Rasm-III.15 Polivinil spirt gelining turli konsentrasiyali CH3COOH kislota va CH3COONa eritmalaridan bo‘kish jarayonida k3 kinetik koeffisientning muvozanatdagi eritma konsentrasiyasiga bog‘liqligi.
Yuqoridagi rasmlarda keltirilgan natijalardan shuni qayd qilishimiz mumkinki barcha o‘rganilgan sistemalar quyidagi muvozanat va kinetik qonuniyatlarga ega ekanligini ko‘rsatadi:
-eritma konsentratsiyasining oshishi bilan polimer gelning muvozanatdagi nisbiy hajmining qiymati kamayadi;
-polivinil spirit granulasining natriy atsetat 0,2 M eritmasida bo‘kish darajasining o‘zgarishi, sirka kislota eritmasining 1,0 M ga qaraganda muhim ekanligi qayd etildi. Bu natija past dissotsiatsiyalanuvchi alifatik kislotalar tuzlari konsentratsiyasini aniqlash, kislotalarning o‘zini aniqlashdan ko‘ra ishonchliroq ekanligini ta’kidlashga asos beradi;
-natriy asetat eritmalari uchun olingan kinetik egri chiziqlar ekstremumga ega emasligi ko‘rsatildi;
-eritmalar konsentratsiyasining ortishi bilan muvozanat holatiga kelish vaqti kam o‘zgaradi. O‘rganilgan barcha sistemalar muvozanat holatiga taxminan 1500 soniyada erishadi.
"Polymer_swelling_kinetics_5.1" maxsus dasturi yordamida tajribalarda olingan kinetik egri chiziqlardan foydalanib, geterofazaviy model tenglamalarining kinetik koeffitsiyentlari hisoblab chiqildi. Bu kinetik koeffitsiyentlarning qiymatlariga asoslanib, kinetik 3D sirtlar aniqlandi. Bunday sirt yuzalar polivinil spirt granulalarining bo‘kish kinetikasini ushbu birikmaning konsentratsiyasiga qarab tavsiflovchi ma’lumotlar beradi. Demak, olingan sirt yuza yordamida faqat muayyan bir vaqtda ma’lum bir eritmada bo‘kkan polimer gel granulasi nisbiy hajmining qiymatini bilib, natijada eritmaning noma’lum konsentratsiyasini aniqlash mumkin bo‘ladi.
XULOSA
1. Polivinil spirt geli granulalarining CH3COONa eritmalaridan bo‘kish jarayonida kinetik egri chiziqlarning muvozanat holatiga chiqish vaqti eritmadagi erigan moddaning konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘lmasligi qayd etildi.
2. CH3COONa tuzi eritmalari konsentratsiyalari ortishi bilan polivinil spirt gelining bo‘kish darajasi kamayadi, shuningdek, Na+ ionlarining gidratlanish issiqligi qiymati (ΔH298 = -410 kJ/mol) va ion radiuslari (ri=0,098 nm) kichik bo‘lganligi sababli natriy ionlari polivinil spirt geliga tezda sorbsiyalanishi hamda bo‘kish jarayonining boshlang‘ich qismida polimer granulalari hajmining keskin kichrayishi aniqlandi.
3. Polivinil spirt gidroksil guruhlari bilan sirka kislota molekulalari vodorod bog‘lanish hosil qilishi sababli bo’kish jarayonida polimer gel fazasi hajmining oshishi qayd etilgdi. Muvozanatdagi eritma konsentrasiyasi qanchalik katta bo‘lsa, bo‘kish darajasi shunchalik yuqori bo‘lishi isbotlandi.
4. “Polymer_swelling_kinetics_5.1” dasturi yordamida tajribalarda olingan kinetik egri chiziqlardan foydalanib, bo‘kish jarayoni kinetik koeffitsientlari hisoblandi. Shuningdek, kinetik koeffitsientlar yordamida 3D sirt yuzalar aniqlandi. Olingan sirt yuza yordamida faqat muayyan bir vaqtda ma'lum bir eritmada bo`kgan polimer gel granulasi nisbiy hajmining qiymatini bilib, noma’lum eritmaning konsentratsiyasini aniqlash mumkin ekanligi ko‘rsatildi.
|
| |