• III.2. Polivinil spirtni ishga tayyorlash
  • Fan va innovatsiyalar vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti aniq va tabiiy fanlar fakulteti




    Download 2,21 Mb.
    bet8/12
    Sana28.05.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #255884
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    Zuhraga uchun

    III. AMALIY QISM
    III.1. Materiallar va reaktivlar
    Mazkur magistrlik ishida polimer sorbent sifatida [80] usul bo‘yicha olingan tarkibida 20(%) epixlorgidrin (EXG) bilan o‘zaro ko‘ndalang bog‘langan 18/11 markali polivinil spirt gelining granulalariqo‘llanilgan. Polivinil spirt geli granulalarining bo‘kish jarayoni kinetikasi quyidagi organik birikmalarning turli konsentrasiyali eritmalaridan optik mikrometriya usuli yordamida o‘rganildi.
    Sirka kislotasi, CH3COOH
    • Natriy asetat, CH3COONa
    III.2. Polivinil spirtni ishga tayyorlash
    Polivinil spirt gelini turli konsentrasiyali sirka kislota va uning tuzlari eritmalaridan bo‘kish jarayonini o‘rganish uchun tajribalarga tayyorlandi. Bu jarayon quyidagicha olib borildi: Polivinil spirt geli namunasi kimyoyiy stakanga solinib, ustiga distillangan suv quyildi. Keyin stakandagi suspenziya shisha tayoqcha bilan davriy ravishda taxminan 30 minutcha aralashtirildi. So‘ngra hosil bo‘lgan polivinil spirt suspenziyasi ion almashinish kolonkasiga solindi. Polimer gelni monomerlar va boshqa organik moddalardan tozalash uchun kolonka orqali atseton o‘tkazildi. So‘ngra kolonkadagi atsetonni suv bilan siqib chiqarib, muayyan konsentratsiyali elektrolit eritmasi o‘tkazildi. Polivinil spirt geli muayyan konsentrasiyali elektrolit eritmasi bilan muvozanatga keltirilgandan so‘ng, yana suv bilan yuvildi. Undan keyin havoda 298 K temperaturada gelni quritish uchun kolonkadagi suspenziya filtr qog‘ozga olindi. So‘ngra havoda quritilgan sorbent alohida fraksiyalarga ajratildi. Ajratilgan fraksiyalar (0,30 - 1,65 mm atrofidagi) byuksda solinib, termostatga joylashtirildi va unda 363 K temperaturada ushlandi. Davriy ravishda har ikki soatda byukslar termostatdan olinib, tarozida o‘lchandi. Shunday qilib, termostatdagi namunani o‘lchashlar massa o‘zgarmay qolguncha davom ettirildi (25-40 soat). Natijada quritilgan polivinil spirt geli olinib, uning solishtirma kattaliklari aniqlandi [81]. Polivinil spirtning solishtirma qiymatlari III.1-jadvalda keltirilgan.
    Jadval-III.1
    Polivinil spirt gelining solishtirma qiymatlari

    Polimer

    O‘rtacha molekulyar massa

    ρ, g/sm3

    EV,
    mg-ekv/ml

    Em,
    mg-ekv/g

    PVS-20

    65

    1,268

    20,2

    15,9


    Optik mikrometriya usuli yordamida bajarilgan tajribalarda polivinil spirt gelining bo‘kish darajasiga elektrolit eritmasi konsentratsiyasi, granula o‘lchami, eritmadagi ionlarning tabiati kabi kattaliklar ta’siri o‘rganildi. Polivinil spirt gelining bo‘kish darajasini o‘lchashlar uchun sferik shakldagi polimer granulalar olindi. Granula hajmini aniqlashning xatosi 0,30–1,60 % ni tashkil etdi. Olingan natijalar polimer gel tuzilishining geterofazaviy modelidan foydalanib, hisoblandi.

    Download 2,21 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 2,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fan va innovatsiyalar vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti aniq va tabiiy fanlar fakulteti

    Download 2,21 Mb.