• III.4. Polivinil spirtning CH 3 COOH eritmasidan bo‘kish jarayoni kinetikasi
  • 1 tajriba natijasi 2 tajriba natijasi 3 tajriba natijasi
  • III.3. Tikilgan polivinil spirtning CH




    Download 2,21 Mb.
    bet9/12
    Sana28.05.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #255884
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    Zuhraga uchun

    III.3. Tikilgan polivinil spirtning CH3COONa eritmasidan bo‘kish jarayoni kinetikasini o‘rganish
    Tajribalarda optik mikrometriya usuli yordamida polivinil spirt geli tomonidan CH3COONa ning har xil konsentratsiyali (0,20; 0,50; 1,00 mol/l) eritmalaridan bo‘kish jarayoni kinetikasi o‘rganildi. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda suvda bo‘kkan sferik shakldagi PVS granulalari ishlatilib, ularning diametri 0,69; 0,82 va 1,10 mm.ni tashkil etdi. Har bir konsentratsiyalarda tajribalar 3 martadan takrorlandi. Tajribalar natijalarini qayta ishlash uchun olingan qiymatlar «Grain_Size_Treatment_10_1» va «Polymer_swelling_kinetics 5.1» dasturlariga kiritildi. Bu dasturlar tajribaviy grafiklar chizish, tenglamalar sistemasida polimer bo‘kish kinetikasini tushuntiradigan koeffitsiyentlarni tanlash, eritma konsentratsiyasini aniqlash imkonini berdi. Hisoblash natijalari biri III.1-rasmda 1,00 M CH3COONa eritmasidan olingan natijalarning o‘rtacha qiymatlari keltirilgan. Olingan natijalarning o‘rtacha qiymatlaridan foydalanib, kinetik koeffitsiyentlar (k1, k2 , k3 va r) hisoblandi. Hisoblash natijalari III.2-jadvalda keltirilgan.

    Jadval-III.2


    Turli konsentratsiyali CH3COONa eritmalari uchun aniqlangan kinetik koeffitsiyentlar

    SCH3COONa,M

    d, mm

    k1*10-5, m/s

    k2*10-2,c-1

    k3*10-5 m/s

    0,20

    1,1

    0,25±0,1

    0,20±0,01

    0,09±0,02

    0,20

    0,82

    0,25±0,1

    0,20±0,01

    0,11±0,02

    0,20

    0,69

    0,25±0,1

    0,20±0,01

    0,14±0,02

    0,50

    1,1

    0,31±0,1

    0,20±0,01

    0,25±0,02

    0,50

    0,82

    0,31±0,1

    0,20±0,01

    0,35±0,02

    0,50

    0,69

    0,31±0,1

    0,20±0,01

    0,42±0,02

    1,00

    1,1

    0,43±0,1

    0,20±0,01

    0,21±0,02

    1,00

    0,82

    0,43±0,1

    0,20±0,01

    0,29±0,02

    1,00

    0,69

    0,43±0,1

    0,20±0,01

    0,34±0,02




    Rasm-III.1. 1,00 M CH3COONa eritmasidan PVS granulalarining bo‘kish kinetikasi egri chiziqlari. 1-3 egri chiziqlar tajribada olingan, 4-egri chiziq nazariy jihatdan hisoblangan natijalar.
    Fizik-kimyoviy geterofazali modelning kinetik koeffitsiyentlarning qiymatlaridan foydalanib natriy atsetatning turli konsentratsiya eritmalari uchun nazariy jihatdan bo‘kish kinetikasining egri chizig‘i hosil qilindi (rasm-III.2).

    Rasm-III.2 Turli konsentratsiyali CH3COONa eritmalaridan polivinil spirt geli granulalarining bo‘kish kinetikasi.
    Kinetik egri chiziqlarning qiymatlari «Polymer_swelling_kinetics 5.1» dasturi asosida hisoblandi. III.3-jadvalda tajriba natijalarining dastur yordamida hisoblangan qiymatlari keltirilgan. Natriy atsetatning turli konsentratsiyali eritmalaridan olingan kinetik egri chiziqlar yordamida uch o‘lchamli (3D) sirt yuza massivi grafigi tuzildi. Ushbu grafik III.3-rasmda keltirilgan. Bu sirt yuza massivi kinetik egri chiziqni bilgan holda noma’lum eritmaning konsentratsiyasini aniqlash imkonini beradi.

    Rasm-III.3 CH3COONa eritmalaridan PVS ning bo‘kish jarayoning 3D-yuza ko‘rinishi.
    Tajribalardan va hisoblab olingan natijalardan quyidagi xulosalarni ko‘rsatish mumkin: birinchidan, kinetik egri chiziqlarning muvozanat holatiga chiqish vaqti eritmadagi erigan moddaning konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘lmaydi, ikkinchidan, eritma konsentratsiyasi ortishi bilan polivinil spirt gelining muvozanatdagi nisbiy hajmi qiymati, ya’ni bo‘kish darajasi kamayadi; uchinchidan, bo‘kish jarayoni kinetik egri chiziqlarining muvozanat holatiga yaqin bo‘lgan sohalarida δ ning qiymati 1% dan katta qiymatga ega, bu natija bo‘kish jarayonining boshlang‘ich qismida CH3COONa molekulalarining polivinil spirt geli granulalari ichiga tez sorbsiyalanishi bilan izohlanadi; to‘rtinchidan, Na+ ionlarining gidratlanish issiqligi qiymati (ΔH298 = -410 kj/molь) va ion radiuslari kichik bo‘lganligi (ri=0,098 nm) sababli natriy ionlari PVS geliga tezda sorbsiyalanadi, shuning uchun bo‘kish jarayonining boshlang‘ich qismida polimer granulalari hajmining kichrayishi kuzatiladi.
    Jadval–III.3
    Tajriba natijalarini «Polymer_swelling_kinetics 5.1» dasturi yordamida hisoblangan qiymatlari.



    Stayyorl,
    molь/l

    Saniq,
    molь/l

    tizmer, sek

    δ, %

    maxΔ, %

    σ, %

    2,00**

    2,09

    120

    4,50

    2,63

    1,07

    2,03

    300

    1,50

    3,41

    0,85

    2,02

    600

    1,00

    3,52

    0,60

    2,01

    900

    0,50

    3,58

    0,54

    1,65

    1,76

    120

    6,67

    2,67

    1,01

    1,69

    300

    2,42

    3,45

    0,84

    1,67

    600

    1,21

    3,72

    0,65

    1,67

    900

    1,21

    3,72

    0,52

    1,30

    1,45

    120

    11,54

    2,78

    1,17

    1,36

    300

    4,62

    3,48

    0,98

    1,33

    600

    2,31

    3,70

    0,75

    1,31

    900

    0,77

    3,81

    0,64

    1,00

    1,09

    120

    9,00

    0,84

    0,43

    1,06

    300

    6,00

    1,14

    0,36

    1,04

    600

    4,00

    1,27

    0,29

    1,04

    900

    4,00

    1,31

    0,26

    0,65

    0,74

    120

    13,85

    3,25

    1,14

    0,67

    300

    3,08

    3,58

    0,84

    0,65

    600

    0,00

    3,63

    0,67

    0,64

    900

    -1,54

    3,65

    0,56

    0,30

    0,30

    120

    0,00

    0,30

    0,13

    0,28

    300

    -6,67

    0,47

    0,18

    0,28

    600

    -6,67

    0,47

    0,15

    0,28

    900

    -6,67

    0,47

    0,14



    III.4. Polivinil spirtning CH3COOH eritmasidan bo‘kish jarayoni kinetikasi
    Tajribalarda optik mikrometriya usuli yordamida polivinil spirt geli tomonidan CH3COOH ning har xil konsentratsiyali (0,20; 0,50; 1,00 mol/l) eritmalaridan bo‘kish jarayoni kinetikasi o‘rganildi. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda suvda bo‘kkan sferik shakldagi polivinil spirt granulalari ishlatilib, ularning diametri 0,69; 0,82 va 1,10 mm.ni tashkil etdi. Barcha tajribalar olingan natijalarning sifati va to‘g‘riligini nazorat qilish uchtadan takrorlanadigan natijalarni o‘tkazish orqali amalga oshirildi. Olingan natijalardan ba’zilari quyidagi III.4-jadvalda va III.4(a,b,c,d)-rasmlarda keltirilgan.
    Jadval-III.4
    CH3COOH ning 1M eritmasidan tajriba natijalari



    1 tajriba natijasi

    2 tajriba natijasi

    3 tajriba natijasi

    Nazariy tajriba natijasi

    t, sek

    V/V0

    t, sek

    V/V0

    t, sek

    V/V0

    t, sek

    V/V0

    1

    0

    1

    0

    1

    0

    1

    0

    1

    2

    62

    0,985

    60

    0,9852

    60

    0,9851

    60

    0,9853

    3

    76

    0,984

    75

    0,9842

    75

    0,9841

    75

    0,9843

    4

    115

    0,985

    113

    0,9852

    113

    0,9851

    115

    0,9853

    5

    237

    0,9875

    235

    0,9877

    235

    0,9876

    235

    0,9878

    6

    317

    0,989

    315

    0,9892

    318

    0,9891

    315

    0,9893

    7

    407

    0,99

    405

    0,9902

    409

    0,9901

    405

    0,9903

    8

    652

    0,9932

    650

    0,9934

    656

    0,9933

    655

    0,9935

    9

    906

    0,9959

    905

    0,9961

    909

    0,9960

    905

    0,9962

    10

    1097

    0,9979

    1095

    0,9981

    1100

    0,998

    1095

    0,9982

    11

    1389

    1,0002

    1385

    1,0004

    1395

    1,0001

    1385

    1,0005

    12

    1554

    1,0008

    1552

    1,0010

    1555

    1,0007

    1555

    1,0011

    13

    2000

    1,0024

    2005

    1,0026

    2006

    1,0023

    2000

    1,0027

    14

    2500

    1,0028

    2502

    1,0030

    2505

    1,0027

    2500

    1,0031




    Rasm-III.4 (a,b,c,d). Polivinil spirt geli tomonidan CH3COOH ning 1 M.li eritmasidan bo‘kish jarayonini o‘rganishdagi 3 marta takrorlanganva o‘rtacha olingan tajriba natijalarni grafiklari.
    Bunday usulda bajarilgan tajribalarning hisoblash natijalari umunlashgan qiymatlari III.5-rasmda ko‘rsatilgan. Olingan natijalarning o‘rtacha qiymatlaridan foydalanib, fizik-matematik geterofazaviy modelning kinetik koeffitsiyentlari dastur yordamida (k1, k2 , k3) hisoblandi. Hisoblash natijalari III.5-jadvalda keltirilgan. Eritmalar konsentratsiyasining aniqligi 0,05 M NaOH eritmasi bilan titrlash orqali aniqlandi.

    Rasm-III.5. Polivinil spirt geli tomonidan CH3COOH ning 1 M.li eritmasidan bo‘kish jarayoninida olingan tajriba natijalari.
    Jadval-III.5
    Tajribalarda olingan natijalar yordamida hisoblangan kinetik koeffitsiyentlar

    СCH3COOH, M

    d, мм

    k1*10-5, м/с

    k2*10-2, c-1

    k3*10-5 м/с

    0,20

    1,1

    0,23±0,1

    0,212±0,01

    0,44±0,02

    0,20

    0,82

    0,23±0,1

    0,212±0,01

    0,60±0,02

    0,20

    0,69

    0,23±0,1

    0,212±0,01

    0,71±0,02

    0,50

    1,1

    0,27±0,1

    0,212±0,01

    0,56±0,02

    0,50

    0,82

    0,27±0,1

    0,212±0,01

    0,68±0,02

    0,50

    0,69

    0,27±0,1

    0,212±0,01

    0,85±0,02

    1,0

    1,1

    0,36±0,1

    0,212±0,01

    0,84±0,02

    1,0

    0,82

    0,36±0,1

    0,212±0,01

    1,13±0,02

    1,0

    0,69

    0,36±0,1

    0,212±0,01

    1,35±0,02

    Yuqorida keltirilgan usul yordamida turli konsentrasiyali CH3COOH ning eritmalaridan olingan natijalarning umumlashtirilgan grafigi III.6-rasmda keltirilgan.

    Rasm-III.6 Turli konsentratsiyali CH3COOH eritmalaridan polivinil spirt geli granulalarining bo‘kish kinetikasi.
    Kinetik egri chiziqlarning qiymatlari «Polymer_swelling_kinetics 5.1» dasturi asosida hisoblandi. Hisoblangan natijalar asosida sirka kislotaning turli konsentratsiyali eritmalaridan olingan kinetik egri chiziqlar yordamida uch o‘lchamli (3D) sirt yuza massivi grafigi tuzildi. Ushbu grafik III.7-rasmda keltirilgan. Bu sirt yuza massivi bo‘kish jarayoning kinetik egri chiziqlarini bilgan holda noma’lum eritmaning konsentratsiyasini aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, sirka kislotaning muayyan konsentratsiyali eritmasini bilgan holda, uning polivinil spirt gelida bo‘kish darajasini aniqlash mumkinligini bildiradi.



    Rasm-III.7 CH3COOH eritmalaridan polivinil spirt geli bo‘kish jarayoning 3D-yuza ko‘rinishi.
    O‘rganilayotgan sirka kislotaning barcha eritmalarida granulalarning bo‘kish darajasining muvozanat qiymati birdan katta, ya’ni tajribalar oxirida granulalar boshlang‘ichga nisbatan kattaroq hajmga ega bo‘lgan.
    Bunday sistemalarda granulalarning o‘zgarish jarayonlariga asoslanib, bo‘kish darajasidagi bunday o‘zgarishlarning sabablarini taklif qilish mumkin. Birinchidan, shuni ta’kidlash kerakki, suvli eritmalarda polimer gellarining bo‘kish darajasi ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lib, ularning asosiylari polimer gelining tabiati va tekshirilayotgan eritmadagi suvning faolligidir. Suvning faolligi, o‘z navbatida, erigan moddaning tabiati va kontsentratsiyasiga, polimerning tabiati esa qutbli guruhlarning faolligiga bog‘liq (u polimer tomonidan suvni sorbsiya qilish energiyasi bilan belgilanadi) bo‘ladi.
    Ikkinchidan, sirka kislotaning turli konsentrasiyali eritmalarida polivinil spirt geli granulalarining bo‘kish darajasining oshishi kislotaning qutbsiz qismi (uglevodorod radikali) karboksil guruhidan keyin granula ichiga kirib borishiga bog‘liq bo‘ladi. Polivinil spirt gidroksil guruhlari bilan sirka kislota vodorod bog‘lanish hosil qilishi mumkin. Shning uchun, radikal o‘zining gidrofob tabiati va kattaligi tufayli gidroksil guruhlari orasidagi mavjud vodorod bog‘larni buzishga va kovalent o‘zaro bog‘larga ko‘proq qarshilik qilishga turli yo‘llar bilan hissa qo‘shadi. Bu polimer zanjirlari orasidagi masofaning oshishiga va shunga mos ravishda granulalar hajmining oshishiga olib keladi. Vodorod bog‘lari soni bir ma’noda sorblangan suv miqdoriga bog‘liq bo‘lib, u o‘z navbatida kislotalarning molekulyar og‘irligi oshishi bilan ortadi. Vodorod bog‘lari sonining o‘zgarishi polimer gel fazasi hajmining o‘zgarishi tufayli polimer zanjirlari orasidagi masofaning o‘zgarishiga va shunga mos ravishda granulalar hajmining suvdagi hajmiga nisbatan o‘zgarishiga olib keladi.

    Download 2,21 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 2,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III.3. Tikilgan polivinil spirtning CH

    Download 2,21 Mb.