|
Mavzuning dolzarbligi va zarurati
|
bet | 2/12 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #255884 |
Bog'liq Zuhraga uchunMavzuning dolzarbligi va zarurati. Polimer gellar ko‘p hollarda sintez mahsuloti bo‘lib, ularda polimer zanjirlar o‘zaro ko‘ndalang kovalent bog‘lar bilan bog‘langan. Ko‘ndalang bog‘lar tufayli polimer gel to‘liq erimaydi, shuning uchun ular quyimolekulyar moddalarning turli konsentrasiyali eritmalari bilan muvozanat holatida bo‘lganda jarayon bo‘kish bosqichida to‘xtaydi. Polimer gellarning bo‘kishi esa, ko‘ndalang bog‘larning tabiati va miqdoriga, shunungdek, quyi molekulyar moddalarning tabiati va konsentrasiyasiga bog‘liq. Qutbli erituvchilarda polimer sorbentlarning qutbiy guruhlarining qarshi ionlari solvatlanadi va suv fazasiga o‘tishga harakat qiladi, lekin elektrostatik tortishish kuchlari ta’sirida mustahkamlangan ionlarga yaqin joylashgan bo‘ladi. Buning natijasida polimer sorbentlarning polimer zanjirlari sirtida qo‘sh elektr qavat hosil bo‘ladi. Sorbsiya va bo‘kish jarayonlarining fizik-kimyoviy xossalarini yanada chuqurroq o‘rganish, ularni kinetik jihatdan talqin etish, modellashtirish ayni vaqtda kimyogarlar oldida qo‘yilgan dolzarb vazifalardan biridir.
Ishning maqsadi: Ba’zi organik eritmalarda polimer gellarining bo’kish kenetikasini o’rganish.
Tadqiqot vazifasi quyidagilardan iborat:
- optik mikrometriya usuli yordamida turli konsentrasiyali CH3COONa eritmalaridan polivinil spirt gelining bo‘kish kinetikasini o‘rganish;
- optik mikrometriya usuli yordamida turli konsentrasiyali CH3COOH eritmalaridan polivinil spirt gelining bo‘kish kinetikasini o‘rganish;
- «Grain_Size_Treatment_10_1» dasturidan foydalanib polivinil spirt gelining bo‘kish jarayoni kinetik koeffitsientlarini (k1, k2 , k3) aniqlash;
- «Polymer_swelling_kinetics 5.1» dasturidan foydalanib polivinil spirt gelining organik birikmalar eritmalaridan bo‘kish darajasining sarflangan vaqtga va muvozanatdagi eritma konsentrasiyasiga bog‘liqligini qayd etish.
Tadqiqot obyekti sifatida tikilgan polivinil spirt geli hamda CH3COOH, CH3COONa larning turli konsentratsiyali eritmalari olingan.
|
| |