|
Fan va innovatsiyalar vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti aniq va tabiiy fanlar fakulteti
|
bet | 3/12 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #255884 |
Bog'liq Zuhraga uchunTadqiqot usullari. Optik mikrometriya usuli, polimer gellarning bo‘kish jarayonlarini hisoblovchi zamonaviy «Polymer_swelling_kinetics 5.1» va «Grain_Size_Treatment_10_1» dasturlari.
Olingan asosiy natijalar:
- tajribalar natijalaridan olingan qiymatlar «Grain_Size_Treatment_10_1» va «Polymer_swelling_kinetics 5.1» dasturlaridan foydalanib, turli konsentrasiyali CH3COOH va CH3COONa eritmalaridan polivinil spirt gelining bo‘kish kinetikasi o‘rganish bilan qayd etiladi;
- polivinil spirt gelining bo‘kish kinetikasi polimer gellar tuzilishining fizik-matematik geterofazali modeli asosida o‘rganilib, modelning kinetik koeffitsientlari k1, k2 , k3 hisoblanganligi bilan izohlanadi;
- fizik-matematik geterofazali model kinetik koeffitsientlarining k1, k2 , k3 polimer gel granulasi diametriga va muvozanatdagi eritma konsentrasiyasiga chiziqli bog‘liq ekanligini izohlash bilan qayd etilgan.
Amaliy ahamiyati: Ionit tuzilishining fizik-matematik geterofazaviy modeli kinetik parametrlarini «Grain_Size_Treatment_10_1» va «Polymer_swelling_ kinetics 5.1» dasturlaridan foydalanib aniqlash bilan izohlanadi. Shuningdek, organik birikmalardan polivinil spirtning bo‘kish darajasini bilgan holda noma’lum modda konsentrasiyasini aniqlash imkonini berishi ko‘rsatilgan.
Qo‘llanish sohalari: Ion almashinish xromatografiyasi.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Asosiy ilmiy holatlar, xulosaalar ion almashinish xromotografiyasining kolonkali usuli, potensiometriya, kompleksonometriya va termodinamik funksiyalarini hisoblash algoritmida foydalanib olingan natijalar bilan asoslangan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishda olingan natijalar sanoat korxonalar oqova suvlaridan, regeneratsiyon eritmalar tarkibidan, galvanik sexlar aralashmalardan kislotalarni, tuzlarni ajratib olish imkonini beradi.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Bitiruv malakaviy ish bo’yicha 1 tezis chop etilgan.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi: Bitiruv malakiviy ishi tarkibi kirish 3 bob, xulosa, adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.Bitiruv malakaviy ishining hajmi____ betni tashkil etadi.
|
| |