Fani: Matematika Sana: mashg’ulotraqami: 1
I. Mashg’ulotning mavzusi: Natural son tushunchasi
II. Mashg’ulotning maqsadi:
-O’quvchilarni natural son tushunchasi bilan tanishtirish;
-O’quvchi shaxsini kamol toptirish
-O’quvchilarni sonlar haqidagi bilimlarini rivojlantirish.
Bilimlar:
-
Natural sonlar,o’nli sanoq sistemasi,natural sonlar qatori,1
eng kichik natural son,natural sonlar qatori cheksiz,0 natural son emasligini bilish
Ko’nikmalar:
- Natural
sonlarni ajrata olish
Malakalar:
- Natural sonlarni mustaqil ajrata olish
Kompetensiya turi: O’quv –o’rganish
III. Mashg’ulotni jihozi: Yozuv taxtasi, bo’r ,5-sinf
Matematika darsligi,ko’rgazmali qurollar,turli rangdagi kartochkalar
IV. Mashg’ulotni metodi: Aralash,
Guruhlarda ishlash
V. Mashg’ulotni borishi:
Quyidagi sonlami o'qing: 23, 40, 745, 4548, 3400, 62 048, 85 300, 400 632.
4 raqami qatriashgan sonlarrii aniqlang. Busonlarda4raqami nimani anglatadi?
0 raqami qatriashgan sonlami aniqlang. Bu sonlarda 0 raqami nimani anglatadi?
1.1 Natural sonlar qatori
Narsalarni sanashda ishlatiladigan sonlar
natural sonlardeb ataladi.
Har qanday natural son o'nta 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 0 raqamlar bilan ifodalanadi. Sonlarni bunday yozish usuli
o'nli sanoq sistemasideb yuritiiadi.
1 dan boshlab barcha natural sonlami
ketma-ket yozib chiqsak,
1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15,16, 17, ...ko'rinishdagi
natural sonlar qatorinihosil qilamiz.Natural sonlar qatorida 1 eng kichik natural sondir.
Har qanday natural songa 1 ni qo'shsak, natural sonlar qatorida undan keyin keluvchi va undan katta natural son hosil bo'ladi. Shuning uchun natural sonlar qatorida eng katta son yo'q. Chunki, eng katta son bor desak, unga 1 ni qo'shib undan ham katta sonni hosil qilaveramiz.
Natural
sonlar qatori cheksizdir, unda eng katta son yo'q.
Sonlarning o'nli yozuvida har bir raqam qiymati uning turgan o'miga bog'liq bo'ladi. Agar, 7 soni yozuvning eng oxirida turgan bo'lsa, 7 ta birlikni, agar oxiridan ikkinchi o'rinda turgan bo'lsa, 7 ta o'nlikni, agar oxiridan uchinchi o'rinda turgan bo'lsa, 7 ta yuzlikni anglatadi va hokazo. Masalan, 7 soni 127 yozuvda - 7 ta birlikni, 472 yozuvda - 7 ta o'nlikni, 780 yozuvda esa - 7 ta yuzlikni anglatadi.
0 raqami o'zi turgan xonada birorta ham birlik yo'qligini bildiradi. Bu belgi nol sonini ifodalashda ham ishlatiladi.0 natural son emas.