Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi quvvati 42878 t s bo‘lgan H2




Download 2,67 Mb.
bet2/10
Sana27.11.2023
Hajmi2,67 Mb.
#106101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xusanov A

2. Xom – ashyo maxsulotlari tavsifi
Neft xom ashyo sifatida foydalanib, undan tarkibiga ko‘ra inson va jamiyat extiyojini maxsulotlari keng qayta ishlanib ishlab chiqarilmoqda.
Korxona uchun eng asosiy xom ashyo neft xisoblanadi.
Neft - qora - qo‘ng‘ir rangli, suvdan biroz yengilroq bo‘lgan moysimon suyuqlik. Uning aniq qaynash temperaturasi ma’lum emas. Sababi neft tarkibidagi uglevodorodning xar hil nisbatda ekanligidir. Neftning bunday massasidan uning aniq molekulyar massasi ham yo‘qligi kelib chiqadi. Neft qimmatbaxo qazilma boylikdir. U yoqilg‘i, parafin, surkov moylari, plasmassalari, asfalt – biton, dorivor moddalar, bo‘yoqlar, laklar va boshqa moddalar ishlab chiqaruvchi xom ashyo hisoblanadi.
Kokslash uchun xom-ashyo bo‘lib atmosfera vakumida to‘g‘ri xaydashdan keyin qolgan og‘ir qoldiqlar, to‘g‘ri xaydalgan qoldiqlarni termik krekingi yoki kerosinli, benzin kerosinli fraksiyalarini pirolizi xisoblanid. Bu qoldiqlar yuqori molekulyar birikmalarni va murakkab tuzilishiga ega bo‘lgan yuqori molekulyar uglevodorodli aralashmalarni tashkil etadi. Ular o‘z tarkibida tashkil etgan vodorod va ugleroddan tashqari yana oltingugurt, kislorod, azot, bir oz vannadiy, nikel kobalt temir kabi geteroatomlarni tashkil etadi. Izomeriya formulasini ko‘pligi alifatik, gidroaromatik va aromatik birikmalar kombinatsiyasi va neft qoldiqlarini tarkibiga oltingugurt, kislorod, azot va boshqa elementlar yuqori molekulyar birikmalarni xilma – xilligini tashkil etadi.
Termik mustaxkamlikni pastligini neftning yuqori molekulyar birikmalarini kimyoviy va termokimyoviy reaksiya strukturasini tekshirishni qiyinlashtiradi.
Tekshirishlar natijasida qoldiq maxsulotlarni bir qator struktura gruppasiga bo‘lish metodi qabul qilingan (moy, smola, asfalten, korbond, koks gazi). Koks xosil qiluvchi smola va asfaltenlar tekshirishda katta qiziqish uyg‘otadi. Bu smola va asfaltenlar neftning yuqori molekulyar getrosiklik birikmalari xisoblanadi.
Elementar tarkibi bo‘yicha ular bir – biri bilan o‘xshashdir. Uglerod miqdori ularda odatda bir – xil (85 – 87%) ammo vodorod miqdori asfaltenlarga qaraganda vodorod va ugleroddan tashqari oltingugurt, kislorod, azot va metal getrosmolalari kiradi.
Oltingugurtli birikmalarni miqdori molekulyar fraksiya og‘irligi oshishi bilan oshib boradi.
Neftning umumiy miqdoriga qaraganda oltingugurt mazutda 70 – 90% to‘plangan. Oltingugurtli birikmalar yuqori molekulyar neftda asosiy tiofen va tiofanni mono va polisiklik gomologlarida namoyon bo‘ladi.
Ko‘p olimlarning fikriga ko‘ra karbosiklik xalqani tarkibini oltingugurtni borligi uning ko‘p xossalarini o‘zgartiradi. Oltingugurt reaksiya qobiliyatini xatto uning borish yo‘nalishini birdan oshirib yuboradi. Oltingugurt miqdorini o‘zgarishi qoldiqlarini qayta ishlashda va kokslashda olingan maxsulot xossalarini tubdan o‘zgartiradi. Neftni qoldiqlarini qayta ishlangandan keyingi qoldiqlarni tok o‘tkazish sanoatida keng foydalaniladi. Qoldiqlarni bu sanoatda ishlatishdan oldin uni tarkibidagi oltingugurt birikmalaridan tozalash lozim. Shundan so‘ngina maqsadga muvofiq tok o‘tkazish sanoatida bu qoldiq maxsulotlari yaroqli xisoblanadi.
Oltingugurtning organik birikmalarini birdn tushib ketishi natijasida xosil bo‘lgan aktiv birikmalar va (N2S, oltingugurt va boshqalar) elementar asfalten va smolalarning polikondensatsiya jarayonini tezlashtirgichi bo‘lishi mumkin. Neftni qayta ishlagandan keyin qolgan qoldiqlarni qayta ishlanganda yana bir necha maxsulotlar olinadi. Bu qoldiqlarni qayta ishlashda 10% koks gazi xosil bo‘ladi. Koks gazidan 20-25% vodorod sulfid bo‘lib u juda katta zarar keltiruvchi xisoblanadi. Gaz tarkibida uglevodorodli birikmalar oltingugurtli birikmalar xam vodorod sulfidga qo‘shilib chiqadi. Bu o‘z navbatida ekalogik va albatta ishlab chiqarishdagi apparatlarga katta zarar yetkazadi.



Download 2,67 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 2,67 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi quvvati 42878 t s bo‘lgan H2

Download 2,67 Mb.