|
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi quvvati 42878 t s bo‘lgan H2
|
bet | 7/10 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 2,67 Mb. | | #106101 |
Bog'liq Xusanov A7. Mexanik hisob
Absorbsiya kolonnasi devor qalinligini aniqlash formulasi
Standart bo‘yicha S = 30 mm deb qabul qilinadi.
bu yerda R – apparat ichki bosim Mpa.
Du – apparatni ichki diametri m
rux – ruxsat etilgan yuklama koeffitsenti (138)
- payvandlashni chok koeffitsenti (0,9)
Skor – korroziya koeffitsenti (0,02)
Standart bo‘yicha S – 35 mm deb qabul qilinadi.
8. Gidravlik xisob
Absorberda xarakatlanayotgan moddalar uchun gidravlik xisob quyidagi formuladan topiladi.
AQ = s - st) ∙g
Bu yerda N – qo‘zg‘almas qatlam balandligi, 0,05 m
Ye – panjaradagi absorbentning qo‘zg‘almas qatlam bo‘shlig‘i 0,03 m
- berilayotgan eritma zichligi kg/m3
t – to‘ldirish zichligi kg/m3
AQ = 0,05 (1 – 0,03) 670 600 ∙ 9,81 = 68,7 kPa
9. Asosiy jixozning bayoni
Gaz holida bug‘ – gaz aralashmalaridan bir yoki bir necha komponentlarning suyuqlikda tanlab yutilish jarayoni absorbsiya deb ataladi. Yutilayotgan gaz absorbtiv yutuvchi suyuqlik absorbent deyiladi. Absorbtiv bilan absorbentning o‘zaro ta’siriga ko‘ra absorbsiya jarayoni ikki xil bo‘ladi: fizik absorbsiya va kimyoviy absorbsiya (xemosorbsiya). Fizik absorbsiyada yutilayotgan gaz bilan absorbent o‘zaro bir – biri bilan kimyoviy birikmaydi. Agar yutilayotgan gaz absorbent bilan o‘zaro brikib, kimyoviy brikma hosil qilsa, kimyoviy absorbsiya (xemosorbsiya) deyiladi.
Sanoatda absorbsiya jarayoni turli maqsadlarda qo‘llaniladi:
1. Gaz aralashmalaridan qimmatbaho komponentlarni ajratib olishda;
2. Komponentlarni xar – hil zaxarli moddalardan tozalash uchun;
3. Tayyor maxsulotlar olishda va boshqalarda;
Absorbsiya jarayoni fazalarni ajratuvchi yuzada ro‘y beradi. Shu sababdan absorberlarda iloji boricha gaz va suyuqlik o‘rtasidagi to‘qnashuv yuzasini ko‘paytirish zarur. Ushbu to‘qnashuv yuzasini hosil qilish usuliga absorberlar shartli ravishda quyidagi guruxlarga bo‘linadi:
1) yuzali va yupqa qatlamli, (jumladan nasadkali);
2) barbatajli (tarelkali);
3) suyuqlik sochib beruvchi.
Yuzali absorberlar. Bu turdagi absorberlar yaxshi eriydigan gazlarning suyuqlik xajmida yutilishda ishlatiladi. Bunda qurilmalarda xarakatsiz va juda sekin xarakatlanayotgan suyuqlik yuzasidan gaz o‘tadi. Absorberdan gaz bilan suyuqlik kontakt yuzasi kichik bo‘lgani uchun, bir necha qurilma ketma – ket ulangan bo‘ladi.
Bunday qurilmalarning afzalliklari tuzilishi sodda, absorbsiya jarayoni nisbatan bir me’yorda boradi.
Kamchiligi: ish unumdorligi naisbatan kam, absorbsiya paytida xosil bo‘lgan issiqlikni ajratib olish qiyin.
Nasadkali absorberlar. Bunday qurilmalar eng ko‘p tarqalgan yuzali absorberlar qatoriga kiradi. Xar – hil shakilli va o‘lchamli 12-150 mm bo‘lgan qattiq jismlar, ya’ni nasadkalar bilan to‘ldirilgan vertikal kalonnalarning tuzilishi sodda va yuqori samaradorlikka ega bo‘lgani uchun ular sanoatda xam ishlatiladi.
Texnologik gazni SO2 dan tozalash ammiak ishlab chiqarish ko‘p agregatlarda nasadkali tarelkali (monoetanolamin eritmasi bilan tozalashda) absorberlardan foydalaniladi. Monoetanolamin bilan tozalash agregatlaridan elaksimon tarelkali yuqori barbotaj qatlami absorberlardan foydalaniladi.
Absorber ikki seksiyali apparatdan iborat bo‘lib, yuqorigi seksiyasi 3,8 m (diametri) pastki 4 m ga teng. Apparatlar po‘latdan tayyorlanadi va choklari maxsus termik qayta ishlanadi.
Suyuqliklarni sochib beruvchi absorberlar. Bu absorberlarda fazalarni o‘zaro jips kontakti suyuqlikni gaz oqimiga sochib va yoyib berish usuli orqali amalga oshiriladi. Gaz bilan suyuqlik bir – biriga nisbatan qarama – qarshi yo‘nalgan bo‘ladi. Ish bo‘yicha yuqori qismiga suyuqlikni sochib beruvchi maxsus forsunkalar o‘rnatiladi. Fazalarning nisbiy tezligi katta va gaz oqimi to‘lqinsimon xarakatda bo‘lgani uchun bu qurilmalarda gaz fazasidagi massa almashinish koeffitsenti yuqori bo‘lib, bu absorberlar yaxshi eriydigan gazlarni suyuqlikka yutilishi uchun keng qo‘llaniladi.
Tarelkali absorberlar. Bunday absorberlar vertikal kalonnadan iborat bo‘lib, ichki qismiga uning balandligi bo‘ylab bir – xil oraliqda bir – necha gorizontal to‘siqlar ya’ni tarelkalar o‘rnatiladi. Tarelkalar orqali gaz va suyuqlik bir - biri bilan o‘zaro to‘qnashib, ularning xarakati boshqariladi. Gazlarni suyuqlikdan o‘tishi va natijada tomchi xamda ko‘piklarning xosil bo‘lishi barbataj deyiladi.
Barcha katta agregatlarda bitta absorber o‘rnatilgan. Absorberning yuqori qismida ikkita qalpoqsimon tarelka va elaksimon separator o‘rnatilgan. Sanoatda ekspluatatsiya qilish natijasida ushbu absorberlar o‘zini yuqori mustaxkam konstruksiyaga ega bo‘lganligini ko‘rsatadi. MEA eritmasini regeneratsiya qilishda shuningdek elaksimon tarelkali absorberlar qo‘llaniladi.
GIAP va VNIPIM bilan xamkorlikda regeneratsiyaning yangi usuli kiritilgan bo‘lib AM – 76 agregatlarda qo‘llanilmoqda. Unda issiqlik va massa almashinish jarayonlari bitta apparatda olib boriladi. Asosiy apparatlar – absorber, regeneratorlardan tashqari tozalash bosqichida issiqlik almashinish apparatlari: gaz va bug‘ qaynatgichlar xavo sovutgichlari kondensator – sovutgichlar qo‘llaniladi.
Absorberga regeneratsiyalangan eritmani berish uchun bug‘ turbinalariga moslangan nasoslardan foydalaniladi.
Apparatning xajmi 500 m3 ni tashkil etadi. Apparatdagi ishchi bosim 30 kgs/sm2, ishchi xarorat plyus 700S va xisoblangan bosim bo‘yicha minus 200S. Apparatdagi muxim zaxarli, portlashga xavfli, korroziyali. Apparat po‘lat 09G2S GOST 5520 asosidan materialdan tayyorlangan.
Apparatda asosan konvertirlangan gaz tarelkadagi uglerod oksidlarini monoetanolamin eritmasi bilan tozalashga moslashtirilgan.
|
| |