Mehnatni va atrof muxitni muxofaza qilish




Download 2,67 Mb.
bet9/10
Sana27.11.2023
Hajmi2,67 Mb.
#106101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xusanov A

11. Mehnatni va atrof muxitni muxofaza qilish.
Iqlimiy sharoitimiz mo‘‘tadil bo‘lganligi va jarayon xususiyatini xisobga olgan xolda qurilmaning ko‘p qismi binodan tashqari ochiq maydonlarda, etajerkalarda joylashgan. Bu esa iqtisodiy jixatdan qulay xamda gaz havo aralashmalarining portlash xavfini kamaytiradi.
Insoniyat rivojlanishining hozirgi bosqichdagi bir necha umum insoniy muammolari paydo bo‘ldi. Fan va texnika shiddatli taraqqiyoti insonning tabiatga ta’sir ko‘rsatish doirasi kengayganligi natijasida tabiiy muxitda o‘zgarishlar ro‘y beradi. Atrof – muxitni ifloslanishi, tabiiy jarayonlarni o‘zgarish jamiyati ijtimoiy halokat yoqasiga olib borishi mumkin. Ekologik havfsizlik va atrof muhitni muxofaza qilish muammosini hal etish jaxon jamoatchilikni birligini ilmiy asoslanagan loyixalari va oqilona ekologik siyosatini talab etadi.
Korxonada zamon ekalogiya talablariga mos ravishda qadam tashlash sezilarlidir. Jumladan, zamonaviy jixozlangan PDK va maxsulot sifati laboratoriyasi, chang filtrlari SO2 va SO3 gazini qisman tutib qoluvchi RKM-202 qurilmasi atrof – muxit muxofazasiga o‘zining katta ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Quyida korxona xududidagi qurilmalar tashlanayotgan zararli chiqindi gazlar ro‘yxati keltirilgan. 9.1-jadval

Tashlamalar nomi

Miqdori t/ yil

SO2

48,682

Uglevodorodlar

353,57

N2S

0,032

SO; SO2

0,431

NO2

4,472

Chang

0,415

Yuqorida keltirilgan jadvaldan ko‘rinib turibdiki, atmosferaga va gidrosferaga tashlanayotgan chiqindilar ichida uglevodorodlar salmog‘i ancha ko‘pdir. Bu chiqindilar Xamza shahri va yondosh tumanlar atmosferasini va Belariq kanalini ifloslamoqda. Bunday salbiy oqibatlar yaqin orada bartaraf qilinadi.
Yong‘in xavfsizligi
Qurilmada yong‘in bo‘lsa, ishchilar zudlik bilan o‘t o‘chirish guruxiga xabar berib, birlamchi o‘t o‘chirish choralarini ko‘rishlari kerak. Yong‘inni o‘chirish uchun suvdan, kimyoviy ko‘rik (SO2) dan foydalaniladi. Qurilmadagi o‘t o‘chirish vositalariga qum, zambil, paqir, lafet stvoli kiradi.
Qurilmadagi eng xavfli joylar.
Koks qurilmasida eng kata xavfni uglevodorod bug‘lari va yuqori elektr kuchlanishi ko‘rsatadi.
Xom neft, shuningdek qayta ishlash maxsulotlari: benzin, dizel yoqilg‘isi, kerosin, mazut tez yonuvchan xisoblanadi.
Yurtimizda neft sanoati rivojlangan va davlat iqtisodiyotini asosiy bug‘ini xisoblanadi. Neft – o‘ta alangalanuvchi, portlashga moyil modda xisoblanadi. Shu bois neft zavodlarini qurishda, jarayonlarni olib borishda texnika xavfsizlik qoidalariga qat’iyan amal qilish talab etiladi. Neft tarkibi organik uglevodorodlardan tashkil topganligi, organik moddalar inson organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatilishini xisobga olgan xolda u yerda ishchilarning sog‘lom mexnat sharoitida ishlashni birinchi navbatda atrof-muxit, insonlar salomatligini saqlash maqsadida texnika xavsizlik qoidalarini ishlab chiqadi.
Ob-xavo o‘zgarishi paytida texnologik pechlar va texnologik qurilmalardan xavoga chiqarilayotgan tutun va gazlar tarqalmay mo‘ljaldagidan ortib ketishi mumkin. Bunday xolatlarni oldini olish uchun zavod boshqarmasi sexlar mansabdor shaxslari noqulay sharoit kuzatilganini xaqida ma’lumot olgan uchun kuzatuvchi asosida xavo tashlamalarini chiqarishini maksimal qisqartirish choralarini ko‘rishga majburdirlar.
Mexnatni muxofaza qilish bu ijtimoiy, iqtisodiy texnika, sanitariya gigena, mexnat qonunlari va tashkil qilish chora tadbirlaritizimidan iborat bo‘lib, uzluksiz faoliyat jarayonida inson sog‘lig‘i va mehnat qobilyatini saqlashga qaratilgan.
Havfsizlik xizmatining asosiy vazifalari;
- ishchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash, ularni takomillashtirish;
- ishchilarni mexnat xavfsizligiga o‘qitish va mehnat muhofazasini targ‘ib qilish;
- ishlab chiqarish madaniyatini oshirish;
- tashkiliy texnik va santariya gigena tadbirlarini ishlab chiqish;
- ishlab chiqarish jixozlarini xavfsiz ishlashini ta’minlash;
- ishlab chiqarish va texnik xizmatchilar ishini nazorat qilishdan iborat.
Sexni xavfsiz ishlashi uchun texnologik me’yorlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ish o‘rnida ko‘rsatmalarga amal qilish, ta’mirlash qoidalari hamda sexni ishga tushirish va to‘xtatish qoidalari to‘g‘ri bajarilishi, saqlagichlar, nazorat o‘lchov asboblari signalizatsiya, blokirovka, ventilyatsiya qurilmalari, gaz xolda ishlashni ta’minlash muximdir. Hozirgi zamon talabiga mos ravishda chiqindisiz texnologiya ishlab chiqish joiz. Lekin, ishlab chiqarish zavodlarida chiqindi gazlar, chiqindi gazlarni yoqilg‘ilar chiqadi. Chiqindi gazlarni atrof muxitga uzun quvurlar yordamida chiqarib yuboriladi. Yana ayrim gazlarni yondirib yuboriladi. A – 2 kalonnadan yonaki mahsulotlar sifatida kerosin, nefras va dijel yoqilg‘i xaydab olinadi. Nefras kerosin chiqish yo‘lidan topshiriq asosida kolonnaning 33 tarelkasidan 160-1700S xaroratda xaydab olinadi.
Kerosin kalonnaning 29,31,33-tarelkalaridan 180-2200S haroratda chiqadi va A-3 kalonna yuqori qismiga tushadi. A-3 kalonnaning yuqori seksiyasi pastki qismidan kerosin isiqlik almashtirgich T-5 ga tushadi. Koksdan kelayotgan neftga o‘z issiqligini o‘tkazadi, so‘ng KVO-40,41 dan o‘tadi, suv yordamida X-6 orqali A-13 yomkostiga va tindirgich A-14 ga tushadi. A-14 dan nasoslar N-1,2 so‘rib olinadi va parkka jo‘natiladi.



Download 2,67 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 2,67 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnatni va atrof muxitni muxofaza qilish

Download 2,67 Mb.