Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi quvvati 42878 t s bo‘lgan H2




Download 2,67 Mb.
bet3/10
Sana27.11.2023
Hajmi2,67 Mb.
#106101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xusanov A

3.Tayyor mahsulot tavsifi
Kokslash - neft xom ashyosini yuqori harorat va bosim sharoitida termik kreking kilganda birinchi mahsulotdan qattiq qoldiq - koks hosil bo‘lishidir. Yuqori harorat yuzaga keltirib xom ashyoni yuqori tezlikda istish pechining trubalari ichidan o‘tkazish davrida koks hosil bulishi kuzatilmaydi. Agar uglevodorod aralashmaii koksli baraban deb nomlanuvchi izolyatsiyalaigan katta hajmga tushirib ma’lum vaqt davomida jarayon ushlab turilsa, u holda xom ashyodai chuqur kreking va kokslash maxsulotlari hosil bo‘ladi. Sanoatda krekingni to‘xtovsiz tizimda va jarayonning samarali tarzda boshqarilishini ta’minlovchi texnologiyalar ishlab chiqilgan. Kokslash g‘oyasi kreking g‘oyasiga Qaraganda soddaroq tuyulsa ham, texnologiya jihatdan murakkabdir. Kokslash jarayoni uchun birinchi navbatda murakkab qurilmalar kerak bo‘ladi, chunki koks bilan ham ishlashga to‘g‘ri keladi. Koks qattiq modda bo‘lgani uchun qo‘shimcha muammolar tug‘iladi.
Kokslash jarayoni asosida gaz, benzin va kreking- qoldiq mahsulotlari olinadi. Masalan, tarkibida ko‘p miqdorda oltingugurt bo‘lgan neftni qayta ishlashda hosil bo‘lgan gudron kokslansa 16% benzin (205°S haroratgacha), 26% kerosin-gazoyl fraksiyasi (205 3500S), 23% og‘ir gazoyl (3500S dan yuqorida) va 24% koks olinadi. Benzin oktan soniga ega, ammo gidrotozalash o‘tkazilishi kerak. Alyuminiy ishlab chiqarish sanoati korxonalarida qo‘llanadigan (anod sifatida) koks tarkibida kam miqdorda oltingugurt bo‘lgan xom ashyo asosida olinadi. Boshqa xil kokslar esa metall quyish zavodlarining domna pechlarida qattiq yoqilg‘i sifatida ishlatiladi.
Kokslash uchun xom ashyo (kreking uchun ham) taxminan 540°S gacha qizdiriladi va kokslash barabaninng tub qismiga beriladi. Krekinglashning yengil qaynovchi maxsulotlari yuqoriga ko‘tariladi va barabanning yuqori qismidan nasos bilan chiqarib yuborilai. Qaynash harorati yuqori bo‘lgan maxsulotlar qizdirish davom etgani sababli ko‘mirga o‘xshash qattiq moddalar, ya’ni kokslar hosil qiladi. Barabanning yuqori qismidan bug‘lar rektifikatsiyalashga yuboriladi.
4.1-jadval

Nomlanishi

Standart

Sifat ko‘rsatkichlari

Tuzsizlan-tirilgan neft

STP 5767942
400201-88

a) xlorli tuzlar miqdori 7 ml/l dan ortiq emas
b) suvning miqdori 0,2% dan ortiq emas

Avto benzinning tarkibiy qismi

STP 5768699
400202 - 88

Zichligi 200S da 825 g/sm3, alangalanish t0si 350S

Yoritish kerosini distilyati

STP 5767942
400206 - 88

a) fraksiya tarkibi 2700S gacha t0da 80% dan kam xaydaladi.
b) Alangalanish t0si 400S

Texnik kerosin distilyati

STP 5767942
400205 - 88

a) fraksiya tarkibi 110-1800S da 10%, 1900S da 50%, 240-2750S da 90%, 3000S da 98% xaydaladi.

Reaktiv dvigatel yoqilg‘isi

STP 5767942
400204 - 88

a) fraksiya tarkibi 1500S da 20%, 1050S da 10%, 1950S da 50%, 220S da 90%, 2500S da 98% xaydaladi.

Dizel yoqilg‘isi distilyati

STP 5767942
400207 - 88

a) fraksiya tarkibi 2800S da 50%, 3600S da 96% xaydaladi.
b) alangasi t0si 400S
v) kislotaliligi 5m2/g
g) kinematik qovushqoqligi 1,5
d) filtrlash koeffitsenti 3
e) zichligi: 200S da 1,015 g/sm3

Mazut

STP 5767942
400210 - 88

a) fraksiya tarkibi 3250S da 20%, 3500S da 80% xaydaladi.
b) qaynash t0si 3150S
v) ochiq tigeldagi alangalanish t0si 800S

Diprossamin

TU 38101128
- 87

Diemulgator

NaOH

GOST 381011 28 - 87

Konsentratsiyasi 10-15%

Koks – kulrang, oz-mos kumushsimon, g‘ovak va juda qattiq moda, uning 96% dan ko‘prog‘i ugleroddan iborat. Koks toshko‘mirni yoki neft qoldig‘i (pechi) ni 950-10500S da havosiz qizdirib olinadi. Tabiiy yoqilg‘ini qayta ishlab koks olish jarayoni kokslash deyiladi.


Koks elektrodlar yasashda, suyuqliklarni filtrlashda, eng muhim domna jarayonida cho‘yan quyishda temir rudalari va konsentratlardan temirni qaytarish uchun qo‘llaniladi. Domna pechida koks yonib, uglerod (IV) – oksid hosil bo‘ladi.
S +O2 = SO2 + Q
SO2 o‘z navbatida cho‘g‘langan koks bilan ta’sirlashishi uglerod (II) – oksid xosil bo‘ladi.
S +O2  2SO - Q
Uglerod (II) – oksid temirning qaytaruvsidi: bunda avval temir (III) – oksiddan temir (II,III) – oksid, keyin esa temir (II) – oksid va oxirida temir xosil bo‘ladi.
3 Fe2 O3 + CO  2Fe2O4 + CO2 + Q
Fe3O4 + CO  3FeO + CO2 – Q
FeO + CO  Fe + CO2 + Q
Domna jarayonida suyuq cho‘yan olinadi: U temirning temir rudasi va toshko‘mir koksdagi qo‘shimchalar – uglerod, kremniy, marganets, fosfor va oltingugurt bilan bergan qotishmasidir.
Koksni barabandai ajratish - alohida muammo, chunki u qattiq. Termik kreking reaktorlari texologiya sharoiti buzilishi yoki avariya sababli kokslannb qoladi. Oldinlari reaktordai koksni tozalashning yagona yuli mexanik usul bo‘lib, reaktorni kislorod yuboriladigan niqob kiyib olgan ishchilar tozalashgan. Shubhasizki, bu neftni qayta ishlash zavodlarida koks ishlab chiqarish samaradorligini kamaytirgan.
Xozirgi vaqtda koksdan qutilish usuli — suv bilai tozalashga asoslangan. Bu usulda suvni bosim ostida (taxminan 140 atm.) beriladi. Avval barabandagi yopishqoq koks yuqoridan pastga tomon teshladi. So‘ng teshilgan teshikka sterjen tushirilib, sterjenga suv yuborilsa u turli taraflarga taraladi. Yuqori bosimda suv berilgani uchun koks bulaklari mayda bo‘lakchalarga parchalanib ketadi. Parchalar kolonnaning pastki qismidan vagonetka yoki aravachalarga solinib saqlash joyiga yuboriladi. Odatda barabanlar 48 soatlik tizimda ishlaydi. Barabanni koks bilan to‘ldirish 24 soatni oladi, o‘chirish yoki yoqish, sovutish va koksni ajratish 24 soatni talab atadi. Bu vaqtda esa qo‘shni baraban to‘ladi.

Kokslash va termik kreking qurilmalaridan chiquvchi mahsulotlar jarayon shart-sharoitlariga o‘ta sezgirdir. Bunga esa pech harorati va xom ashyo tarkibi kiradi. qaynash harorati, tarkibi va xom ashyo zichligi odatda jarayon natijalarini oldindan bilish imkonini beradi.
Shunday qilib, termik krekiigda qoldiq miqdori 80% ga kamayadi. Kokslarida esa umuman olganda qoldiq yo‘q, ammo, bozorda sotish uchun 30% gacha koks hosil bo‘ladi. Ikkala jarayonda past sifatli bo‘lsa xam benzin, nafta va gazoyl hosil bo‘ladi. Ko‘pincha nafta katalitik riforming qurilmasida qayta ishlanadi. Gazoyl esa — gidrokreking quril­masida qayta ishlanadi. Shu bilan qoldiq yo‘qoladi, bu esa kokslash jarayoni tashvish qilishga arzishini ko‘rsatadi.
Koks. Koks haqida bir qancha foydali gaplar aytish mumkin. Neftni qayta ishlash zavodlaridagi koksning katta qismi yumshoq material (gubka) ko‘rinishida bo‘ladi, shuning uchun shimuvchan (gubchatыy) koks deb ataladi. Bunday kokslar ko‘pincha elektrod ishlab chiqarishda, kalsiy karbid va grafit olishda ishlatiladi. Domna pechlarida cho‘yanni eritish va quyish sanoatida shimuvchan koks ishlatishga unchalik yaramaydi.
Koksning ikkinchi formasi — uzun mikrokrisgallarga ega bo‘lgan ignali koks. Bunday koks olish uchun maxsus xom ashyo va malakali ish uslubi lozim. Koksning bunday turi o‘zining xususiyatiga ko‘ra shimuvchan koksga qaraganda elektrod sanoatida ishlashi uchun ancha afzallikka ega. Ignali koks shimuvchan koksga qaraganda qimmatroq. Koks tarkibida ma’lum miqdorda suv va suyuq uglevodorodlar bo‘ladi. Shuning uchun ishlatishdan oldin uni quritish kerak. Koksni qizdirib maydalashdan maqsad, undagi aralashmalarni ajratishdir. Bu jarayon esa kalsiylash deyiladi.
Shy bilan birga, koksdan neftni qayta ishlash zavodlarida yoqilg‘i sifatida foydalanish mumkin. Xuddi shu maqsadda boshqa qattiq yoqilg‘ilar, misol uchun toshko‘mir ishlatiladi.
Neft mahsuloti tavsifi haqida so‘z yuritish uchun aniq birikmalarni fraksiyalar deb nomlanuvchi guruhlarga kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Fraksiya (yoki pogon) aniq ikki harorat oralig‘ida qaynaydigan barcha birikmalarni jamlaydi. Bu haroratlar fraksiyalarning qaynash chegarasi yoki qaynab bug‘lanish oralig‘i deb ataladi.
4.2- jadval
Odatda neft quyidagi fraksiyalarga ega:

Qaynash harorati

Fraksiyalar

32oS (305oK) gacha

Uglevodorod gazlari (butun va nisbatan yengil gazlar)

32 – 105oS (305 – 378oK)

Benzin (gazolin)

105 – 180oS (378 – 353oK)

Neft (og‘ir benzin, benzin-ligroin
fraksiyasi ligroin)

180 – 230oS (453 – 503oK)

Kerosin

230 – 430oS (504 – 703oK)

Gazoyl

430oS (703oK) dan yuqori

Qoldiq (mazut)

AT va AVT qurilmalarida haydash natijasida quyidagi mahsulotlar olinadi:
1. Siqilgqn uglevorod gazi. U asosan propan va butandan iborat. Bu gazning qanchalik ko‘p yoki kam bo‘lishi neftni stabilizatsiya qilish darajasiga bog‘liq. Gazlar oltingugurtdan tozalanganidan so‘ng xo‘jalik yoqilg‘isi sifatida ishlatiladi.
2. Benzin fraksiyasi (70 – 180oS). Turli xil avtomobil yoqilg‘isini olish uchun komponent sifatida qo‘llanadi. Ikkilamchi fayta ishlash natijasida hosil bo‘luvchi oraliq qismlari asosida aromatik uglevodorodlar (benzol, toluol, ksilol) olinadi.
3. Kerosin fraksiyasi (120 – 315oS). Bu fraksiyadan reaktiv aviatsiya, traktor va boshqa dvigatellar uchun yoqilg‘i olinadi. 4. Dizel fraksiyasi (180 – 350oS). Uni gazoyl deb ataladi. Undan dizel dvigatellari, teplovoz, suv kemalari yoqilg‘i olinadi.
5. Mazut fraksiyasi (350oS dan yuqori). Uni termik krekinglab, qo‘shimcha miqdorda yoqilg‘i va moylar olish mumkin.
6. Gudron fraksiyasi (500oS dan yuqori). Bu fraksiya juda yopishqoq bo‘lib, 30 – 40oS da qotadi. Koks, bitum va boshqa yopishqoq materiallar olish uchun ishlatiladi.
Quyida ikki pechli kreking qurilmasida oltingugurtli neftdan olingan mazutni (350 0S dan yuqori temperaturadagi qoldiq) va yuqori oltingugurtli neftdan olingan gudronni (4600S dan yuqori temperaturadagi qoldiq) qayta ishlaganda hosil bo‘ladigan mahsuloltlarni material balansi keltirilgan (% mass):
Kreking-qoldiqni og‘ir kreking gazoyl bilan aralashtirib bug‘ ozonlari uchun tovar yoqilg‘i tayyorlash mumkin. Gudronni kreking qurilmalarida ishlashi yaxshi natijalar bermayapti. Oltingugurtli gudronni yengil termik kreking qilingandan so‘ng olingan oltingugurtning miqdori gudronniki bilan deyarlik barobar. Bunday yoqilg‘ini bug‘ qozonlarda yonishdan oldin uni kamroq oltingugurtli yoqilg‘i bilan aralashtirish kerak. Aks holda atmosferani oltingugurt oksidi bilan zaxarlanadi. Shunga qaramasdan hozirgi, xatto zamonaviy qurilmalar tarkibiga gudronni bir yoqli bloklarda ishlatiladi. Bu bloklarni visberking bloki deb ataladi.

Download 2,67 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 2,67 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi quvvati 42878 t s bo‘lgan H2

Download 2,67 Mb.