|
XOTIMA................................................................................................................59
|
bet | 2/16 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 4,83 Mb. | | #139623 |
Bog'liq «Fizika – matematika» fakul’teti «Fizika» kafedrasiXOTIMA................................................................................................................59
ADABIYOTLAR………………………………………………………........…...61
KIRISH
Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi kuni,
mamlakatimizning jahon hamjiyatidagi obro`
e’tibori avvalombor farzanlarimizning unib
o`sib,ulg`alibqanday inson bo`lib hayotga kirib
borishiga bog`liqdir. Biz bunday o`tkirhaqiqatni
hech qachon unutmasligimiz kerak.
I.A.Karimov.
Har bir jamiyatning kelajagi uning hayotiy zarurati va ajralmas qismi bo`lgan ta`lim tizimining qay darajada rivojlangani bilan belgilanadi. Mamlakatimiz rivojlanishining muhim sharti zamonaviy iqtisodiyot, fan, madaniyat, texnika, texnilogiya rivoji asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimining amal qilishiga erishishdir.
Ta`lim - bu chuqur, har taraflama asosli ta`lim-tarbiya berish, mutaxassis kadrlar tayyorlashning turli shakl, usul, vosita, uslub va yo`nalishlarining mukammal uyg`unligidan iboratdir.
Ta`limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik va didaktik talab talabaning dasturiy bilim, tasavvur va ko`nikmalari asosida mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish, ilmiy fikrlashga, o`quv faniga qiziqishini kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashg`ulot mobaynida ularning faolligini oshirishdan iboratdir.
Ta`limning bugungi vazifasi o`quvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot-ta`lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko`rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o`rgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur.
O`zbekiston Respublikasi demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish yo`lidan borayotgan bir paytda ta`lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kuchi har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashdir.
Hozirgi vaqtda kompyuterli o`qitish usullarining ta`lim-tarbiya jarayoni uchun bir qator afzalliklari mavjudligini bilamiz. Jumladan, o`quvchilarda bilim va malakalarni shakllantirishning oson amalga oshishi; individual (yakka tartibda) faoliyatni rivojlantirish; darsning ko`rgazmalili bo`lishi uning sifat ko`rsatkichini kuchaytiriladi; ta`limning muammoli vaziyatlarida o`quvchi-o`qituvchi hamkorligi yo`lga qo`yiladi; internet materiallari bilan qurollanish imkoniyati yaratiladi; o`quvchilarni kompyuterlashgan test topshiriqlari asosida baholash va o`z-o`zini nazorat qilishga o`rgatish yo`lga qo`yiladi; kompyuter bilan muloqot didaktik o`yin xarakterini oladi va bu bilan o`quvchilarda o`quv faoliyatiga motivatsiya kuchayadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
XOTIMA................................................................................................................59
|