Ta’lim jarayonida, xususan, fizika fanini o’qitishda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning o’rni




Download 4,83 Mb.
bet6/16
Sana17.01.2024
Hajmi4,83 Mb.
#139623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
«Fizika – matematika» fakul’teti «Fizika» kafedrasi

1.2. Ta’lim jarayonida, xususan, fizika fanini o’qitishda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning o’rni.
Xalq Ta’limi Vazirligining “Uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan moderni-zatsiyalash va ta’lim – tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko’tarish bo’yicha tadbirlarning ijrosini ta’minlash to’g’risida”gi buyrug’i asosida tuzilgan 2008–2012 yillarga mo’ljallangan dasturda axborot texnologiyalari va kompyuterlar asosida ta’lim berish, nazariy va amaliy dars jarayonlarda elektron darsliklar va laboratoriya dasturlariga alohida o’rin ajratilgan.
Prezidentimizning tashabbuslari bilan yaratilgan ta’limning “Milliy modeli” yoki uzluksiz ta’lim sistemasi bugun ko’plab mamlakatlar tomonidan o’rganilmoqda. Ta’lim tizimining biror bir ko’rinishida uzilish yo’q. Yoshlarimiz maktabgacha ta’lim muassasasidan to oily o’quv yurtigacha va undan keyingi bosqichlarda ixtiyoriy ravishda o’qishlari mumkin. Ayniqsa o’quvchilar uchun 9-sinf o’rta ta’lim maktabidan so’ng ixtiyoriy-majburiy ta’lim sistemasini qo’llash milliy modelimizning katta yutuqlaridan bo’lib hisoblanadi. O’quvchi maktabni bitirib biron kasb-hunar o’rganish yoki o’qishni davom ettirish, oliy o’quv yurtiga kirish uchun yo’nalish tanlash huquqiga ega.
Davlat o’z bolalarini to’liq himoyaga olgan bo’ladi. Kollej va akademik litseylarni bitirgan talabalar o’zlari tanlagan o’quv yurtiga o’qishlarini davom ettirishlari mumkin bo’ladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Ta’lim to’g’risidagi” qonunda kadrlar tayyorlash tizimining salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, o’qituvchi, muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirishga katta e’tibor qaratilgan. Ta’limda yuz beradigan ijobiy o’zgarishlar o’quvchilarning qobiliyat va imkoniyatlariga muvofiq chora ko’rishlarini tashkil etish, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish asosida bo’ladi. Zamonaviy o’quv-uslubiy ishlanmalar yaratish, darslik va o’quv qo’llanmalarning yangi avlodini ijod qilish va amalda qo’llash shu kunning talabidir. Bu ishlarni amalga oshirishda asosiy rol o’qituvchiga kelib taqaladi. Endilikda o’qituvchidan ishga ijodiy yondashish, yaratuvchanlik, zamon bilan hamohang yurib ilg’or pedagogik yangiliklardan dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda samarali foydalanish talab etilmoqda. Biz yosh o’qituvchilar oliy o’quv yurtida o’qib yurgan davrimizdayoq o’rta ta’lim maktabi, kasb-hunar kolleji, akademik litseylarda fizika va astranomiya fani o’qitilishiga doir barcha ilmiy-uslubiy talablarni chuqur va puxta o’rganib chiqishimiz lozim. Yaratilgan barcha yangi darsliklarni to’liq o’rganib chiqib darslarda o’rganiladigan labaratoriya-praktikum ishlarini bajarishimiz va tavsiyalar tayorlashimiz kerak bo’ladi.
Ilm-fan jadal ravishda taraqqiy etayotgan hozirgi davrda turli fan sohasida bilimlarning tez yangilanib borishi, ta`lim oluvchilar oldiga ularni jadal egallash bilan bir qatorda doimiy bilim izlash vazifasini ham qo’ymoqda. Bundan tashqari zamonaviy kompyuterlarning amaliy dasturlar paketidan foydalanishni o`rganish, bu esa o`z navbatida dars jarayonida zamonaviy texnikalarni qo`llash va ullarni afzalliklari haqida keng bilimlarni egallashdan iborat.
Hozirgi kunda kompyuter dasturlarining imkoniyatlari juda keng qamrovli tarzda rivojlanib, har xil fan sohalari uchun samarali ishlarni amalga oshirish rivojlanib bormoqda. Jumladan matematik analizda funksiyalarni tekshirish, hosilalarini hisoblash, differensiallash va integrallash amallarini bajarish kabi ishlarni zamonaviy matematik paketlar yordamida osongina amalga oshirish mumkin. Matematikada funksiya grafigiga qarab tahlil qilish ancha samarali natija beradi.Ixtiyoriy funksiyaning grafigini chizish maxsus paketlarda juda sodda ravishda bajariladi.
Ana shunday qulayliklarga ega bo’lgan zamonaviy matematik paketlarga Maple, Mathcad, Delphi va Mathematika dasturlarini misol sifatida aytib o’tishimiz mumkin. Bu dasturlar imkoniyatlaridan keng foydalanilsa, yuqorida aytib o’tganimizdek foydalanuvchilarning ish unumi oshiriladi va vaqti tejaladi.
Professional matematik paketlar deganda hozirgi zamon kompyuterlarida qo’llanilayotgan Mathematica, Maple, Delphi, Derive, Mathcad, ANSYS, FEMLab, LS-DYNa, CFX, COMSOL, CFD Mathcad kabi tizimlar va qiymatlar statistik tahlil qilishga mo’ljallangan SPSS, Statistica, Statgraphics, Stadia va shunga o’xshash tizimlar oilalari nazarda tutiladi. Bu paketlar yordamida turli sonli va analitik (simvolli) matematik hisoblarni, oddiy arifmetik hisoblashlardan tortib to xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechish optimallash masalalarini hal qilish statistik gipotezalarni tekshirish hamda matematik modellarni yaratishga qadar turli zarur texnik hisoblashlarni amalga oshirish mumkin.
Ularning barchasi takomillashgan ilmiy grafika vositalariga, qulay yordamchi axborot tizimiga va hisobotlarni amalga oshirish mumkin.
Ularning barchasi takomillashgan ilmiy grafika vositalriga, qulay yordamchi axborot tizimiga va hisobotlarni rasmiylashtirish vositalariga ega. “Professional paket” atamasi “o`quv paketi” atamasiga muqobil ravishda tanlangan.
Hozirgi davrda bu paketlardan nafaqat oliy malakali mutaxasisslar, professor-o`qituvchilar, balki oliy o`quv yurti talabalari, hattoki, litseylar, kasb-hunar kollejlari va maktablar o`quvchilari ham foydalanayotganligini kuzatish mumkin.
Bizning fikrimizcha, professional matematik paketlardan foydalanishning ommaviylashuviga asosiy ob`yektiv sabablar quyidagilardir:
- kompyuterlar odatdagi uy elektr jihozlari qatoridan o`rin olib bormoqda;
- kompyuter programmalari interfeysini tashkil etishda maxsus standartlar ishlab chiqilib, ulardan ommaviy ravishda foydalanilmoqda;
- hozirgi zamon talabasi, ilmiy xodimi va mutaxassisi hayotida internet to`ridan foydalanish kundalik ehtiyojga aylanmoqda;
- talabalarga bilim berishda professional matematik paketlardan o`quv vositasi sifatida foydalanish darajasi oshmoqda;
-fundamental va amaliy xarakterdagi ilmiy tadqiqotlar bilan shug`ullanuvchilar uchun mos universal matematik paketlar yaratilmoqda va bu paketlar ilmiy tadqiqot natijalariga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda:
-professional matematik paketlar bo’yicha maxsus adabiyotlar ko’paymoqda.
Kelajakda ta’lim ilmiy tadqiqot ishlarida professional matematik paketlardan foydalanishga bo’lgan e’tiborning yanada kuchayishi shubhasizdir. Shu nuqtai-nazardan olganda ayniqsa, matematika, mexanika, fizika, kimyo, amaliy matematika va informatika, information texnologiyalar iqtisodiyot, sotsiologiya va boshqa qator mutaxassislik yo’nalishlari bo’yicha shug’ullanuvchilarning professional matematik paketlar bilan ta’minlanish darajasini yo’qoriga ko’tarish dolzarb muammolardan biridir. Hozirgi vaqtda profissional matematik paketlardan foydalanishni yo’lga quyishda bir qancha adabiyotlarni tavsiya etish mumkin.
Frontal laboratoriya ishlarida hamma o’quvchilar bir xildagi asboblar bilan bir xildagi topshiriqlarni bajaradi. Frontal uslub materialni laboratoriya ishlari, kuzatish va tajriba bilan uzviy bog`lashga imkon beradi.
Frontal laboratoriya ishlarining eng yaxshisi didaktik maqsadlarga ko`ra tasniflash (guruhlash)dir. Bu belgisiga ko`ra ular quyidagicha guruhlarga ajratiladi.
a) fizik hodisalarni kuzatish o`rganish. Masalan, tok va magnitning o`zaro ta`siri, interfirensiya, moddalarning magnit xossasi kabi hodisalarni kuzatish va o`rganish.
b) o`lchov asboblari bilan tanishish va fizik kattaliklarni o`lchash.
Masalan: massa, tok kuchi, kuchlanish kabilarni o`lchash.
c) ba`zi bir fizik asboblar va texnik qurilmalarning tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish. Masalan, elektromagnit, o`zgarmas tok generatorini yig`ish va ishlanishi sinash, electron ossillografni o`rganish.
d) miqdoriy qonuniyatlarni aniqlash yoki tekshirish. Masalan, Boyl-Mariott qonunini tajribada tekshirish; yorug`likning qaytish qonunlarini o`rganish.
e) modda va hodisalarning fizik xarakteristikalarini, fizik doimiyligini aniqlash. Masalan, erkin tushish tezlanishini, ishqalanish koeffitsiyentini, yorug`likning sinish qonunlarni, zichlikni, solishtirma issiqlik sig`imini solishtirma qarshilikni aniqlash.


Download 4,83 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 4,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim jarayonida, xususan, fizika fanini o’qitishda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning o’rni

Download 4,83 Mb.