|
Ilmiy metodik fond. Bunga quyidagilar kiradi
|
bet | 9/16 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 4,83 Mb. | | #139623 |
Bog'liq «Fizika – matematika» fakul’teti «Fizika» kafedrasiIlmiy metodik fond. Bunga quyidagilar kiradi:
o’quv kitoblari va qo’llanmalari hamda barcha kurslar uchun dasturlar;
fizika fanini o’qitish metodikasi va fizik eksperimentlar bo’yicha adabiyotlar;
pedagogik amaliyotni o’tkazish bo’yicha asosiy ko’rsatma materiallar kiradi.
O’quv qurollari, bularga quyidagilar kiradi:
Tajribani o’tkazish uchun kerakli asbob-anjomlar;
Barcha bo’limlar bo’yicha asosiy namoyish va frontal laboratoriya hamda fizik praktikumlar uchun asbob-anjomlar.
Yordamchi laboratoriya aslahalari. Bularga turli asboblar, materiallar va laboratoriyaga kerakli asbob-anjomlar kiradi.
Umumiy aslahalar. Bunga xonadagi energetik qurilmalar, o’qituvchi va o’quvchilarga mo’ljallangan ishchi o’rinlar, kompyuter, optik, television, masofadan boshqariluvchi vositalar, o’quvchilarning bilimini dasturli tekshirish vositalari va boshqalar.
Nashr qilingan qo’llanmalar.Bularga devorga osilgan jadvallar va portretlar, diopozitivlar, o'quv filmlari va diafilmlar va slaydlar kiradi.
Yaxshi jihozlangan fizika fanini o’qitish metodikasi xonasi o’quv-tarbiyaviy jarayonda turli shakldagi funksiyalarni bajarishga tegishli bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
Xonada o’tkaziladigan fizik tajribalar bo’yicha laboratoriya mashg’ulotida, talabalar maxsus ishlab chiqargan asbob-anjomlar bilan tanishishadi va ularni o’zlashtirishadi, AL va KHK lardagi namoyish va laboratoriya eksperimentlarning metodikasi va texnikasini o’qib o’rganishadi.
Xonada talabalar AL va KHK larda fizika fanini o’qitishda qo’llaniluvchi turli texnik vositalarning tuzilishi va qo’llanish jihatlari bilan tanishadi, ular bilan ishlash malakasiga ega bo’lishadi.
Xona, talabaning texnik ijodkorligiga zarur bo’lgan malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishini, ya’ni turli asboblarni yasash va tayyorlash, to’garaklarni tashkil qilish va boshqarish hamda sinfdan tashqari ishlarni amalga oshirishni ta’minlaydi.
Xonadagi jihozlardan pedagogik amaliyot davrida talabalar uchun darsga va sinfdan tashqari ishlarni o’tkazishga tayyorlanish bo’yicha savollarga, masala ishlashga va fizik tajribalarni o’tkazish texnikasi bo’yicha maslahatlar olishga xizmat qilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Fizika fanini o’qitish metodikasi xonasi talabalarni AL va KHK lardagi fizika xonasi qanday bo’lishi kerakligi bilan tanishtiriladi; ular fizika xonasini jihozlashda va uni yuqori ilmiy-metodik hamda texnik darajada o’qitishni amalga oshirish uchun qanday jihozlanishi kerakligini o’rganishadi.
Fizika fanini o’qitish metodikasi xonasi talabalarga atrof-muhitdagi hodisa va jarayonlarni o’rganishda fizikaning o’rni va uni o’qitish metodikasining erishgan yutuqlari to’g’risida axborot manbai bo’lishi zarur.
Fizika fanini o’qitish metodikasi xonasi o’qituvchilar uchun maxsus markaz bo’lganligi tufayli o’z bilimini kuchaytirishga, ya’ni malakasini oshirishga kelganlar va fizika o’qituvchilarini seminar o’tkazishlariga amaliy yordam ko’rsatishi zarur.
Mazkur xonaning bazasi talaba va o’qituvchilarga fizika fanini o’qitish metodikasining dolzarb muammolarini ishlab chiqishga yordam berishi, boshqacha aytganda, ularning ilmiy-metodik ishlariga rahbarlik qilishni amalga oshirishi kerak.
Laboratoriya mashqlarida esa talabalar AL va KHK lar fizika kursidagi namoyish va fizik eksperimentlarning metodikasi va texnikasini o’zlashtirishadi.Agar tajriba o’tkazishda yoki laboratoriya ishlarining asosida fizik hodisalar va jarayonlarning mexanizmini ochish va kuzatish zarurligini hisobga olsak, bularni bajarishga qo’shimcha vaqt talab qilinishi namoyon bo’ladi.Bu holda, darsni jadallashtirish va samaradorligini oshirish uchun, ularni tashkil qilish va o’tkazishnining maqbul shaklini ishlab chiqish kerakligini ko’rsatadi.
ALva KHK larda o’tkaziladigan laboratoriya mashg’ulotlarning qulay shakli bo’lib, frontal ishlarni o’tkazish hisoblanadi. Chunki barcha talabalar metodist-o’qituvchi rahbarligida bir xil eksperimental tajribalarni bajarishadi. Natijada, bunday ishlarni bajarish va o’tkazish, o’rganilayotgan fizik jarayonning mohiyatini chuqur tushunishga va talabalar faoliyatini faollashtirishga yordam beradi.
Agarda laboratoriya mashg’ulotlarini frontal ko’rinishda o’tkazishga asbob-anjomlar yetarli bo’lmasa, u umumiy praktikum tarzida o’tkazilishi mumkin. Lekin, ishni bajarishda dasturda ko’rsatilgan asbob-anjomlardan to’laqonli foydalanish zarur.[4].
Talabalar, bo’lg’usi mashg’ulot mavzusi bo’yicha o’tkaziluvchi tajribani bir necha kun avval o’qituvchi yoki laborant ishtirokida barcha talablarga javob beradigan tarzda o’tkazib ko’rishi kerak.Bunda, ular asbob va anjomlar bilan ishlashning amaliy ko’nikmalariga ega bo’lishadi, kerakli maslahatlar olishadi va namoyish qilish texnikasini o’rganishadi.
Talabalarning laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazishda kartoteka tuzish katta yordam beradi, uning mazmunida har bir darsga tegishli eksperimental tajribaning vazifasi va ko’rsatmasi beriladi. U metodist -o’qituvchi boshchiligida talabalar bilan birgalikda tuziladi va yakuniy ko’rinishga keltiriladi hamda muntazam ravishda o’zgartirilib va to’ldirib boriladi, bu esa tajriba o’tkazish texnologiyasini o’zgartirilishiga va metodik tuzatmalar kiritishga imkon beradi.
|
| |