|
«Fizika – matematika» fakul’teti «Fizika» kafedrasi
|
bet | 12/16 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 4,83 Mb. | | #139623 |
Bog'liq «Fizika – matematika» fakul’teti «Fizika» kafedrasi2.2.1-rasm.Qurilmaning optik sxemasi va nurlarning yo’nalishi.
Rasmda: S – kollimator tirqishi, -kollimator linzasi, D.P –difraksion panjara, -ko’rinish trubasining obyektivi.
Kollimator linzasi dan chiqqan parallel nurlar dastasining difraksion panjara D.P dan o’tishi natijasida linzaning fokal tekisligida markaziy maksimumga nisbatan simmetrik ravishda joylashgan spektral qatorlar hosil bo’ladi.
Markaziy maksimum manbaning(S tirqishning) shakli va rangini qayta tiklaydi. Spekrlarning har bir chizig’i bu S tirqishning monoxromatik tasviridir.Berigan qurilmada okulyarning ko’rish maydonida difraksion manzaraning faqat bir qismini kuzatish mumkin.To’liq manzarani kuzatish uchun ko’rish trubasi asta-sekin gonnometrning vertical o’qi atrofida burish kerak.
1-mashq. Panjara doimiysi va burchak dispersiyasini aniqlash.
Manbani kollimator oldida siljitib tirqishga parallel bo’lib, yoritilishi ta’minlanadi.
Difraksion panjaraning shtrixlari kollimator tirqishga parallel bo’lib, uning tekisligi kollimator o’qiga perpendikulyar bo’lishi kerak.
Kollimator va ko’rish trubalarini bir to’g’ri chiziq bo’ylab yo’naltirib, kollimator tirqishining keskin tasviri kuzatiladi.Bu difraksion manzaraning 0-maksimumi hisoblanadi.
Okulyarning fokal tekisligidagi vertikal qora chiziqni tirqish tasvirning o’rtasiga sozlandi. Nonius yordamida limbning ko’rsatishi yozib olinadi.
Ko’rsatish trubasini o’ngga (yoki chapga) burish yo’li bilan vertikal chiziqning to’lqin uzunligini aniqlanishi kerak bo’lgan tanlangan rangdagi birinchi difraksion maksimum tasvirining o’rtasiga to’g’rilash kerak.
Nonius yordamida limbning ko’rsatishi yozib olinadi va difraksiya burchagi topiladi.
Ko’rish trubasi biron tomonga, masalan chap tomonga simob nurlanishining birinchi spektridagi yashil chizig’i (λ=5461 ) ko’ringuncha buriladi.
Ko’rish trubasini yana shu tomonga burib, ikkinchi tartibli spektrdagi shu chiziqning difraksiya burchagi topiladi.
Trubani o’ng tomonga burib, dastlabki maksimumlarning vaziyatlari aniqlanadi va ularga mos bo’lgan burchaklar yozib boriladi.
Kuzatishlardan m ning mos qiymatlari uchun topilgan burchakning qiymatini (1) formulaga qo’yib, shu difraksion panjaraning doimiysi aniqlanadi.
Xuddi shu usul bilan simobning ikkita sariq chizig’i uchun va burchaklar topiladi va jadvaldan bu chiziqlarning to’lqin uzunliklari olinib, (4) ifodadan foydalanib, panjaraning burchak dispersiyasi aniqlanadi.
|
| |