• 2.2.3 -rasm.
  • «Fizika – matematika» fakul’teti «Fizika» kafedrasi




    Download 4,83 Mb.
    bet15/16
    Sana17.01.2024
    Hajmi4,83 Mb.
    #139623
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    «Fizika – matematika» fakul’teti «Fizika» kafedrasi

    I usul.Fokus masofani linza bilan buyum va linza bilan tasvir orasidagi masofaga qarab aniqlash.
    Sochuvchi linza bilan ekranda buyumning haqiqiy tasvirini hosil qilish uchun unga yig’uvchi linza yordamida yig’iluvchi yorug’lik dastasini yuborish kerak.Bunda oldingi mashqda foydalanilgan yig’uvchi linzadan foydalanilgan qulaydir.
    Agar A nuqtadan chiqayotgan yorug’lik yo’liga yig’uvchi linza B ni qo’ysak (2-rasm), nurlar linzadan o’tgandan so’ng D nuqtada to’planib, A nuqtadagi buyumning (to’rning) tasvirini hosil qiladi. Agar B linza bilan D nuqta orasidagi sochuvchi C linzani qo’ysak (CD masofani sochuvchi linzaning fokus oralig’idan kichik qilib), unda nurlarning C linzadan sinishi natijasida A buyumning tasviri B linzadan uzoqlashib E nuqtaga ko’chadi.

    2.2.3 -rasm.Yig’uvchi linza.
    Linzalar tizimida nurlar qaytuvchanli xossasiga ega, ya’ni nurlar bir tomonga qaysi yo’l bilan o’tgan bo’lsa, teskari yo’nalishda ham xuddi shu yo’l bilan tarqaladi.Bu xossaga asosan nurlarni E nuqtadan tarqalayothgan deyishimiz mumkin.Unda D nuqta bu nurlarning sochuvchi C linzada sinishi natijasida hosil bo’lgan E nuqtaning mavhum tasviri bo’ladi. EC masofani – d bilan, CD masofani – f bilan belgilab, C sochuvchi linzaning fokus masofasi (3) formula orqali aniqlanadi. Bu mashqda d va f masofalar C linzadan E nuqtadan chiqayotgan nurlarga qarama-qarshi yo’nalishda ulanadi, shuning uchun ularning son qiymatlari manfiy ishora bilan olinishi kerak.

    1. Yig’uvchi linza yordamida ekranda to’rning aniq tasviri hosil qilinadi (D nuqta).

    2. Ekran bilan yig’uvchi linza orasiga sochuvchi C linzani q o’yib (bunda tasvir yo’qoladi yoki xiralashadi) CD=-f masofa o’lchaniladi.

    3. Ekranni siljitib yana to’rning aniq tasviri hosil qilinadi (E nuqta).

    4. EC=-d masofa o’lchanib, (3) formuladan sochuvchi linzaning fokus masofasi F hisoblanadi.

    5. Tajriba bir necha marta takrorlanadi va olingan natijalar jadvalga yoziladi:



    II usul.Linzaning fokus oralig’ini linzalar tizimining fokus oralig’iga qarab aniqlash.
    Fokus oralig’i 1-mashqda aniqlangan yig’uvchi linza bilan fokus oralig’I aniqlanishi kerak bo’lgan sochuvchi linza jipslantirilib, linzalr tizimi hosil qilinadi. Bunday tizimning optik kuchi uni tashkil qiluvchi linzalrning optik kuchlari yig’indisiga teng bo’ladi:
     
    yoki
      (7)
    Bu yerda:  -yig’uvchi linzaning fokus masofasi.
      - sochuvchi linzaning fokus masofasi.
    F – linzalar tizimining fokus oralig’i.
    Linzalar tizimining fokus oralig’i F oldingi mashqda tavsiflangan Bessel usulidan foydalnib topiladi va (7) formula orqali sochuvchi linzaning fokus masofasi   hisoblanadi. O’lchangan va hisoblangan natijalar jadvalga yoziladi[5].

    Download 4,83 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 4,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Fizika – matematika» fakul’teti «Fizika» kafedrasi

    Download 4,83 Mb.