«Fizika – matematika» fakul’teti «Fizika» kafedrasi




Download 4,83 Mb.
bet5/16
Sana17.01.2024
Hajmi4,83 Mb.
#139623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
«Fizika – matematika» fakul’teti «Fizika» kafedrasi

1.1- rasm. Fizikadan o’quv ko’nikmalari tarkibi.
Eksperimental ko’nikmalarni shakllantirish talabaning predmetli faoliyati bilan bog’liq. Predmetli faoliyat deganda esa, biz talaba va o’quvchilarning natural obyektlar (asboblar, fizik jismlar, narsalar to’plami, kompyuter ta’minoti va hokazo) bilan muomala qilishlarini tushunamiz. Shuningdek, predmetli faoliyatga ko’rgazmali (sxema, chizma, rasmlar vah.k.) va ba’zi belgili (asboblarning shartli belgilanishlari, ularning maketlari, modeli) ob’ektlar bilan ishlash ham kiradi. Bunda tabiiy obyektlar predmetli faoliyatda asosiy hisoblanib, tabiiy obyektlarning obrazi bo’lgan ko’rgazmali va belgi obyektlari esa yordamchi hisoblanadi.
M.N.Tushevfikriga ko’ra, eksperimental ko’nikma deb, predmetli faoliyatda shakllanadigan va uning operatsion tomonini aks ettiradigan hamda predmet mazmuni bilan birlikda bo’ladigan ko’nikmaga aytiladi.
Predmetli faoliyat intellektual ko’nikmalarga asoslanadi.Intellektual ko’nikmalar deb turli xil masalalarni hal qilishda aqliy amallarni (shakllangan) samarali bajarish qobiliyatiga aytiladi. Bunda mantiqiy amallarni bajarish ko’nikmasi haqida gap boradi. Mantiqiy amallarga taqqoslash, analiz, sintez, abstraksiyalash, umumlashtirish, klassifikatsiyalash, xulosalash kiradi. Bu ko’nikmalar bilimlarni amalda (praktikada) qo’llash uchunumumiy hisoblanadi. Shunday qilib bilimlar, eksperimental ko’nikmalar uchun bevosita, intellektual amallar orqali «ishlaydi».Intellektual ko’nikmalar o’quvchilarning aqliy faoliyatida shakllansa, eksperimental ko’nikmalar esa o’quv materialining mazmuni asosida asboblar bilan ishlashda egallanadi. Intellektual amallar asosida eksperimental ko’nikmalar shakllanadi, ayni bir paytda bu jarayon, ularning mazmun va sifat jihatidan kengayishiga olib keladi.
Ko’nikma, insonning faoliyat bajarish qobiliyatini tavsiflaydi.Har qanday faoliyat esa amaliy ehtiyojdan kelib chiqadi.Shu sababli turli ko’nikmalarni, shuningdek intellektual ko’nikmani ham, amaliy ko’nikma deb atash mumkin.
Ta’limda, o’quv materialining mazmuniga bog’liq bo’lmagan, hamda u bilan cheklangan ko’nikmalar mavjud. Ular, mos ravishda, umumiy va tematik ko’nikmalar deb ataladi. Adabiyotlarda umumiy ko’nikmalar umumlashgan ko’nikmalar nomi bilan yuritiladi. «Umumlashgan ko’nikma deb, keng sohadagi masalalarni hal qilishda, chunonchi nafaqat bitta predmet doirasida, balki boshqa o’quv fanlarida, hamda amaliy faoliyatda foydalanish mumkin bo’lgan ko’nikmalarga aytiladi» . Umumiy eksperimental ko’nikmalar fizikaning barcha mavzularini o’rganishda shakllanadi va qo’llaniladi. Ular istalgan mazmundagi o’quv materialida asosiy (universal) ko’nikma bo’lib hisoblanadi. Umumiy eksperimental ko’nikmalar keng ko’nikmalarni o’z ichiga oladi hamda sodda va murakkab ko’nikmalar kabi shakllanadi. Umumiy ko’nikmalar, turlicha ko’chirish xossasiga ega, u nafaqat mavzu, kurs, bo’lim ichida, balki fanlararo ko’chirish xossasiga ham ega. Umumiy ko’nikmalarni shakllantirish fizika ta’limining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Tematik ko’nikmalar deganda, o’quvchining fizik konstantalarni tajriba usulida aniqlash, fizik kattaliklarni bilvosita o’lchash bo’yicha faoliyat hamda ba’zi mavzularga xos maxsus faoliyat (prujinani darajalash, ketma-ket va parallel ulashda tok kuchi va kuchlanishni aniqlash va boshqa) ko’rsatish qobiliyatining shakllanganligi tushuniladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktabida tematik ko’nikmalar, mohiyati jihatidan, muhim guruhni tashkil qiladi, ularni shakllantirishda ko’p umumiy ko’nikmalar qatnashadi.Ular tematik ko’nikmalar uchun asos hisoblanadi. Tematik ko’nikmalar, o’quvchilarni kelgusi bosqich ta’limidagi murakkab faoliyatga tayyorlaydi. Faoliyatning turli tumanligi va murakkab xarakterda bo’lganligi sababli barcha ko’nikmalarni sanash imkoniyati cheklangan. Ammo, jadvalda boshqa eksperimental ko’nikmalar uchun asos bo’ladigan turlari sanab o’tilgan. Eksperimental ko’nikmalar turlarining o’zaro aloqasi sxemada berilgan.
Ko’nikmaning tabiatidan kelib chiqadigan eng muhim alomatlaridan biri «faoliyatning to’g’ri usullari va turlarini yangi yoki tubdan o’zgartirilgan sharoitlarda foydalanish, bu faoliyatni ma’lum aqliy masalani hal qilishda, unga mos keluvchi bilimlarni ongli va maqsadga moslashtirgan holda amalga oshirish» dan iborat bo’ladi.
O’quvchiga faoliyat sharoitini o’zgartirib (turlantirib) boshqa, murakkabroq talablar qo’yilganda, ko’nikma yangi maqsadlarga erishish vositasi sifatida takomillashadi. Faoliyat sharoitini turlantirganda ko’nikmani rivojlantirishning eng muhim bo’g’inlarini hisobga olish zarur. Bunda didaktik masalalarni, shu ko’nikmaning ta’sir doirasi, shakllantirish davrini e’tiborga olish maqsadga muvofiq.
Y
angi yoki turlantirilgan (o’zgargan) shartlar deganda nimani tushunmoq kerak? Eksperimental ko’nikmalarni shakllantirganda shartlar, davlat ta’lim standartida qayd qilingan va o’quvchining bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yilgan talablar tizimi, mavjud uskunalar, topshiriq xarakteri, rahbarlik usuli (yozma ko’rsatmalar mavjudligi) bilan aniqlanadi. Bundan amaliyot uchun muhim bo’lgan quyidagi xulosa kelib chiqadi: agar ko’nikma ma’lum darajada

shakllangan bo’lsa, u holda uni rivojlantirish uchun laboratoriya mashg’ulotlarida navbatdagi yangi shartlar yaratilishi zarur. Zamonaviy laboratoriya bazasisiz tajribali mutaxassilarni tayyorlash mumkin emas. Bunday avtomatlashtirilgan o`quv amalyoti va laboratoriyalarda o`quvchilar nafaqat olingan nazariy bilimlarni mustaxkamlashi, balki o`rganish yoki ishlab-chiqish tajribasining amaliy ko’nikmalarini, loyihalashtirish va sanoat turidagi tizimlar qurilmalarini sinashi mumkin.Har bir laboratoriya stendi ikkita asosiy qurilmalardan iborat-o`rganish yoki loyixalash obyekti hamda o`lchov yoki boshqarish loyihalari yig`indisi.


Zamonaviy laboratoriya stendi olinayotgan ma`lumotlarni qayta ishlash va o`rganish jarayonini aftomatlashtirish uchun mos dasturiy ta’minoti bilan kompyuterdan iborat bo`lishi, shuningdek ba`zi bir yordamchi uskuna va hamma foydalanishi mumkin bo`lgan o`quv-metodik ko`rsatmalardan iborat bo’lishi shart(1-chizma).O`rganilayotgan tartibga bog`liq ravishda ob`yekt o`zgaradi, stentning uskunaviy taminoti ham o`zgarishi mumkin. Bunda laboratoriya stendining texnik vositalari, belgilovchi bo`lib keladi. Zamonaviy laboratoriya bazasini yaratish masalasini yechish imkoniyatlarni National Instruments vertual texnologiyalarini yaratib beradi. Ular yordamida o`quv laboratoriyalarni uch xil variantda ishlab chiqish mumkin:
1. Avtonom laboratoriya stendlari asosida
2. Web-laboratoriyalar asosida
3. Bitta laboratoriya serveri lokal tarmoq asosida
1. Har bir ish joyini o`rganish ob`yektidan, ichki qurilmalarni kiritish va chiqarish funksiyalarni modul bilan kompyuter yordamida Labview loyihalash muhitida har xil o`lchov boshqarish qurilmalari yaratiladi, hamda laboratoriya mashg`uloti modellashtiriladi. Bunday avtonom ish joylari ELVIS laboratoriya stansiyasi yoki KIVIP [3] o`lchov asboblar yig`indisi asosida amalga oshirish mumkin. Bunday bajarilish, agar obe`kt bilan tajribalar uzoq va uzluksiz talab etilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Vertual asboblar yordamida laboratoriya stentlarini yaratish bir qator shubhasiz afzalliklarni olishga yordam beradi. Bu afzalliklar avtonom o’lchov asbob va uskunalardan foydalanishga yo’naltirilgan:

  • Yaratilayotgan laboratoriya stentlari va praktikumlar modernizatsiyalash qayta profillashga oson zamonaviy universal kompyutrlashgan ish joyi fazilatlariga ega bo’ladi.

  • Laboratoriya uskunalari va dastur ta`minot tarkibini udenfikasiyalash uchun shartlari paydo bo`ladi.

  • Topshiriqlarni turli qilish va murakkablashtirish imkoniyati ta`minlanadi.

  • Murakkab topshiriqlarni bajarish uchun vaqtni qisqartirish shartlari tuziladi.

  • Har xil kafedralar va fakultetlarda qardosh tartiblar bo’yicha ish dasturlari va o`quv –metodik taminotining imkoniyati paydo bo`ladi.

  • Laboratoriya omborini yangilash uchun chiqimlar qisqaradi

  • Xizmat ko`rsatish soddalashadi va arzonlashadi

  • Ammo ko`p hollarda o’rganish kuzatish ob`yekti bo`lib, fizik, mexanik yoki boshqa ob`yekt bo`ladi. Ish joyida ular bilan ta`minlash iqtisodiy sabablarga ko`ra mumkin emas bo`lib qoladi. Bunday hollarda ikkinchi variant qo`llanadi –laboratoriyada ob`yektning bir nusxasi va kiritish chiqarish moduli bilan server ishlatiladi. Server dasturiy ta`minoti ob`yektga zaruriy ta’sirllarni shakllantirishni taminlashtiradi uning reaksiyalarini o’lchaydi va nazorat qiladi hamda mijozlardan topshiriq olib, xizmat ko`rsatadi. Laboratoriya ish joylaridan har bir ish joyida faqat ob`yektni boshqarish va server laboratoriya uskunasi uchun mos tajribaviy ma`lumotlarni olish, ularni qayta ishlash, ro’yxatdan o`tkazish uchun dasturiy ta’minotni kompyuterga qo’yadi. Laboratoriyani yaratishda bunday yondoshish qiyosiy sodda ob`ektlar bilan ishlashda ham qulay yuqorida sanab o`tilgan afzalliklar qatori kuchayadi, bundan tashqari, yangi musbat fazilatlar paydo bo`ladi.



Download 4,83 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 4,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Fizika – matematika» fakul’teti «Fizika» kafedrasi

Download 4,83 Mb.