|
Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi quyidagicha
|
bet | 4/16 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 4,83 Mb. | | #139623 |
Bog'liq «Fizika – matematika» fakul’teti «Fizika» kafedrasiBitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi quyidagicha : Kirish, 2 ta bob,
Kirish qismi 7 betdan , tushuntirish qismi 52 betdan iborat. Bitiruv malakaviy ishida 12 ta adabiyotdan foydalanildi. 8ta jadval, 12 ta chizma keltirilgan.
1.1. Fizikada eksperimintal ko`nikmalarning mazmuni va tavsifi pisixologik-didaktik asoslari.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonunida «Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega» deb ta’kidlangan. Bu pedagogika o’quv yurtlarining barcha tizimlarida talabalarni pedagogik faoliyatga kasbiy, shuningdek shaxsiy-psixologik nuqtai-nazardan tayyorgarlik sifatini oshirish mas’uliyatini yuklaydi.Informatika fanining jadallik bilan rivojlanishi, ta’lim vazifalarining murakkablashishi davrida bo’lajak o’qituvchida kasbiy-pedagogik sifatlarning shaxsga yo’naltirilgan holda shakllanishiga ko’p jihatdan bog’liq. Bo’lajak o’qituvchining o’z tanlagan kasbiga, o’qitadigan predmetiga va o’quvchilarga sub’ekt sifatida munosabatlari tizimi uning pedagogik faoliyatining sifatini belgilaydi.
Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim mazmuni, uning strukturasi alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, oliy maktab, ta’lim mazmunini zamonaviy bilimlar, maxsus malakali ta’lim bilan qurollantirib qolmay, fanlarning rivoji, ularning ilmiy-metodologik va g’oyaviy negizlari bilan tanishtiradi. Shu bois, oliy maktab tizimidagi ta’lim jarayonini avtomatlashtirish pedagogdan yuksak mahorat, qobiliyat talab etadi. Ana shunday serqirra pedagogik komponentlardan biri - o’qituvchining dasturlovchilik qobiliyatidir. Hozirgi davrda har bir shaxs, nufuzli bilim sohibi bo’lish bilan birga o’z kasbining mohir ustasi bo’lishi lozim.
Yosh, navqiron avlodning har biri o’z davri, zamonasi, o’zi mansub bo’lgan jamiyatga xos ijtimoiy tarixiy sharoitlarda yashaydi, o’sadi, kamol topadi. Insonning mehnati, hayotiy faolligi, hamda odamlar bilan muloqot-muomalasi uning kamoloti, xususan tarbiyasining asosini tashkil etadi. Faoliyat, keng ma’noda inson say-harakatlarining bir shakli ko’rinishi bo’lib, insonning ongli maqsad bilan boshqariladigan ichki (ruhiy) va tashqi faolligidir.
Insonning tabiat va jamiyat bilan moddiy, ma’naviy, hamda ruhiy jabhalardagi barcha o’zaro ta’sirlarini uning faoliyati deb tushuniladi.
L.S.Vigotskiy, P.YA.Galperin, V.V.Davidov, M.G.Davletshin , A.N.Leontev, M.Mavlonov , E.G’oziyev kabi ko’pgina psixolog olimlar o’z ilmiy tadqiqotlarida inson faoliyatini o’rganish, tadqiq qilish, uning mohiyatini ochib berish muammolari bilan shug’ullanganlar.
Ko’nikma – insonning egallagan tajribalari asosida muayyan harakatlarni ma’lum darajada fikrlab amalga oshirish faoliyatidir. Ko’nikmalar amaliy faoliyatga tegishli bo’lib, bilimlarni amalda qo’llay bilishga oid faoliyatning tarkibiy qismidir. Ko’nikma, faoliyatning maqsadi va sharoitlariga mutanosib ravishda, harakatni muvaffaqiyatli bajarish usullaridir. U hamisha bilimlarga asoslanadi, mahorat (malaka)ning negizi hisoblanadi. Ko’nikma mazmunan amaliy (jismoniy) va aqliy, shaklan oddiy va murakkab turlarga ajratiladi. Amaliy ko’nikmalar mehnat faoliyatini amalga oshirishga, aqliy ko’nikmalar bilim olishga, uni o’zlashtirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Ko’nikmalarni bilim bilan adashtirmaslik lozim, chunki bilimlar voqeilik to’g’ri aks ettirilgan mulohazalarda ifodalanadi. Ko’nikmalar esa, ko’proq aqliy va jismoniy harakatlarda mujassamlashadi.
Fan asoslarini o’rganish vaqtida shakllanadigan va ularni muvaffaqiyatli o’rganish uchun kerak bo’ladigan ko’nikmalar o’quv ko’nikmalari deb ataladi. Umumiy o’quv ko’nikmalari - o’qish, yozish, javoblar rejasini tuzish, adabiyotlar bilan ishlash, mehnatni ilmiy tashkil qilishdir. Tabiiy-ilmiy yo’nalishdagi predmetlar uchun umumiy ko’nikmalar esa, o’quv adabiyotlar bilan ishlash, o’lchash, hisoblash, grafiklar chizish, jadvallar tuzish, kuzatish va tajribalar o’tkazishdir.
Harakatlarning muayyan narsaga yo’naltirilganiga qarab, ko’nikmalar umumiy va maxsus, intellektual va amaliy turlarga bo’linadi. Bu bo’linish, albatta, shartli xarakterga ega. Fizika ta’limida maxsus ko’nikma sifatida eksperimental ko’nikmalar qaraladi. Eksperimental ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish, ularni kelgusidagi o’qituvchilik faoliyatida foydalanishga o’rgatish, pedagogika oliy ta’lim muassasalari ta’limining asosiy vazifalari sirasiga kiradi.
Eksperimental ko’nikmalar deganda talabaning eksperimental tadqiqotni mustaqil bajarishini ta’minlovchi ko’nikmalar majmui tushuniladi. Bular: eksperimentni rejalashtirish, qurilmani konstruksiyalash va uni ishga tayyorlash, hodisani kuzatish, o’lchash ishlarini bajarish va b. Tadqiqotning har bir bosqichlari aniq xususiy ko’nikmalarni talab qiladi. Masalan, «Eksperimental qurilmani yig’ish» bosqichida talabalar quyidagi ko’nikmalarni namoyon qilishi lozim: 1)elektr zanjirini yig’ish; 2) shtativdan foydalanish; 3) kalorimetrdan foydalanish; 4) isitgich asbobidan foydalanish va h.k. O’z navbatida har bir xususiy ko’nikmalar bir qator sodda amallar – ko’nikma elementlariga bo’linadi. Chunonchi, o’quv dinamometridan foydalanish ko’nikmasi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: asbobning qaysi kattalikni o’lchashga mo’ljallanganligini bilish (kuchni o’lchash), asbob shkalasining bo’limlar qiymati va o’lchash chegarasini aniqlash, o’lchash vaqtida dinamometrni to’g’ri joylashtirish, asbob ko’rsatishini hisobga olish va o’lchash xatoliklarini aniqlash.
Ta’limda ko’p sonli va ko’p qirrali ko’nikmalar shakllantirilgan bo’lishi lozim. Ko’nikmalarni shakllantirish jarayonining samaradorligini orttirish uchun umumiy yoki o’xshash xususiyatlarga ega bo’lgan ko’nikmalarni guruhlarga ajratib o’rganish maqsadga muvofiq.
«Fizika va astronomiya» davlat ta’lim standartida ko’nikma va malakalarning turli ko’rinishlari keltirilgan. Lekin ularni shakllantirishda o’xshashlik, bir-biriga bog’lanishlik va izchillikni birdaniga kuzatish murakkab jarayon hisoblanadi .Shu sababli,fizikaga xos muhim o’quv laboratoriya natijalarini kompyuter yordamida tahlil qilish, turlarga ajratish, ularning mohiyati va o’zaro munosabatlarini aniqlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Fizikadan o’quv ko’nikmalarini (xususiy, maxsus, dasturiy) shakllantirish jarayonini unumli qilish maqsadida ularni dastur tuzish, eksperimental, tadqiqiy (konstruktorlik) deb uch guruhga ajratib o’rganiladi.
Ushbu ishda fizikadan tajribalar o’tkazish va namoyish qilish, laboratoriya ishlarini bajarish va olingan natijalarni dastur yordamida kompyuterdan foydalanib tahlil qilish muhim ahamiyatga ega bo’lgan eksperimental ko’nikmalarni o’rganamiz. Eksperimental ko’nikmalarni shakllantirish jarayonini unumliroq qilish maqsadida, ularni turlarga ajratish asoslari tanlanishi lozim. Bunday asos sifatida umumdidaktik xarakterga ega bo’lgan quyidagilarni olish mumkin:
1) harakatlarni ko’chirish xarakteri;
2)ko’nikmaning tarkibi va tuzilishi;
3) xizmat vazifasi;
4) ko’nikmaning amal qilish doirasi. Ushbu asoslarni hisobga olgan holda, ko’nikmalar klassifikatsiyasini keltiramiz (3-rasm):
|
| |