II BOB. FIZIKA FANINI O’RGANISHDA INFORMATSION TEXNOLOGIYALARNI INTEGRATSIYALASH XUSUSIYATLARI




Download 0,52 Mb.
bet14/18
Sana11.04.2021
Hajmi0,52 Mb.
#14205
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18

II BOB. FIZIKA FANINI O’RGANISHDA INFORMATSION TEXNOLOGIYALARNI INTEGRATSIYALASH XUSUSIYATLARI.

2.1. Ilm-fan va ta’lim integratsiyasi.


Fan va ta’lim integratsiyasi bosqichma-bosqich mustahkamlanmoqda. Har yili Fanlar akademiyasi olimlari oliy maktablar uchun 100 dan ortiq magistr tayyorlamoqda. So’nggi yillarda Fanlar akademiyasi olimlari respublika ta’lim tizimi uchun asosiy ta’lim fanlari bo’yicha 100 dan ortiq yangi darslik va o’quv qo’llanmalar yaratishdi. O’zR FA ilmiy muassasalari qoshida oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlikda respublikaning ustuvor ixtisosliklari bo’yicha 30 dan ortiq ilmiy-o’quv markazlari va sohaviy kafedralar faoliyat yuritmoqda. Fanlar akademiyasi olimlari va oliy o’quv yurtlari xodimlarining qo’shma ilmiy loyihalari soni ortib bormoqda.

Akademik fan va ta’lim o’zaro aloqasini faollashtirish va ilmiy-texnikaviy soha uchun yosh mutaxassislarni tayyorlash O’zR Fanlar akademiyasi va O’zR Oliy ta’lim vazirligining 2006 yil, 22 iyundagi 134-sonli qo’shma qarori asosida ilm-fanga iqtidorli yoshlarni kengroq jalb etish, yosh ilmiy avlodni tayyorlash, shuningdek yosh ilmiy kadrlarni har tomonlama qo’llab-quvatlash maqsadida amalga oshirildi. Bunda yosh xodimlarni davlat ilmiy-texnik dasturlar bo’yicha konkurs loyihalarni bajarish va ularga rahbarlik qilishga ahamiyat qaratildi. Akademiyaning yangilangan tarkibdagi yosh olimlar kengashi faol ish yuritmoqda. Kengash eng yaxshi loyihalar va yosh olimlar ishlari ko’rik tanlovi, konferensiyalar o’tkazadi, majud muammolarni o’rganadi va ularni hal etish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari oliy o’quv yurtlari bilan doimiy, uzoq muddatli  ish olib boradilar va yosh mutaxassislar, bakalavr va magistrlarni birgalikda tayyorlash ishiga o’z hissalarini qo’shmoqda, shuningdek, o’qituvchilarni qayta tayyorlash va respublika universitetlari va oliy o’quv yurtlari uchun izlanuvchilarni tayyorlashda ko’maklashadilar.

Masalan, Astronomiya instituti tomonidan 2006-2012 yillar oralig’ida respublikada davlat universitetlari – Samarqand, Andijon, O’zbekiston Milliy universiteti va Toshkent pedagogika universitetida 4 ta ilmiy-ta’lim astronomiya observatoriyalari barpo etilib, ishga tushirildi. U yerda astronomiya sohasidagi mutaxassislarni o’qitish va tayyorlash amalga oshirilmoqda.

2009 yilda O’zR FA Astronomiya institutida yagona Astronomiya instituti ochildi. Uning ekspozitsiyasida turli davrlarda yetakchi optika-mexanika firmalari tomonidan tayyorlangan bir qator noyob qadimiy teleskoplar va boshqa astronomik qurilmalar, shuningdek rangdor vitrajlar va Yer kurrasidagi turli ob’ektlarning yorqin tasvirlari saqlanadi. Institutda oliy o’quv yurtlari talabalari, o’quvchilar va respublika keng jamoatchiligi uchun ekskursiyalar tashkil etilib, muntazam ravishda o’tkazilmoqda.  

O’zbekiston respublikasi Prezidentining 2011 yil, 20 maydagi PQ-1533 raqamli «Oliy o’quv yurtlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali kadrlarni tayyorlash sifatini tubdan o’zgartirish haqida»gi qarori hamda O’zR Fanlar akademiyasining 2011 yil, 4 sentyabrdagi 120-raqamli va O’zR Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligiing 2011 yil, 26 avgustdagi 361-raqamli qo’shma qarori ijrosini tahminlash maqsadida Fizika-texnika institutida (FTI) “Qayta tiklanadigan energiya manbalari” ilmiy-o’quv markazi tashkil etildi. Markaz tarkibiga O’zR FA «Fizika-Quyosh» IICHB, TDTU, QarshiDU, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti va Farg’ona politexnika instituti kiradi.

FTI Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi “Elektronika va noanhanaviy energiya manbalari” ilmiy-o’quv majmui tarkibiga ham kiradi. FTI tomonidan Toshkent qurilish-maishiy kollejida gelioapparaturaga xizmat ko’rsatish bo’yicha o’rta bo’g’in mutuxassislarini tayyorlash markazi tashkil etildi.

Materialshunoslik institutida Institutning Katta quyosh pechi, shuningdek O’zRFA Astronomiya instituti hududida o’rnatilgan teleskopda qayti tiklanadigan energiya manbalari, shu jumladan quyosh energiyasidan foydalanish sohasida mutaxassis va talabalar stajirovkasi o’tkazilmoqda. O’zR FA “Fizika-Quyosh” IICHB da quyosh energiyasini o’zlashtirish muammolari bilan shug’ullanadigan mutaxassislar tashabbusi bilan Materialshunoslik institutida 2000 yildan buyon  “Quyosh energiyasi” o’quv markazi ishga tushirilib, u yerda yozda bir oy davomida Markaziy Osiyo va Rosiiyadan tashrif buyurgan 25-30 nafar talaba, bakalavr va magistrlar ta’lim olishadi. Tinglovchilarga «Quyosh energiyasi va geliomaterialshunoslikdan foydalanishning ilmiy asoslari» mavzuida darslar o’tiladi, shuningdek, ular laboratoriyalardagi eksperimental ishlarda ishtirok etadi.

Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti olimlarining O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti va O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorligida “Elektronika” Ilmiy-o’quv markazini tashkil etilib, u Toshkent shahrining 223- va 225-sonli maktablarida faoliyat yuritmoqda, so’nggi yillarda uning bitiruvchilari orasidan 700 nafari “fizika”, «elektronika», «energetika» va boshqa yondosh sohalar bo’yicha oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirdi.

Kimyo instituti xodimlari bir necha yil mobaynida kimyo bo’yicha Xalqaro Mendeleev olimpiadasida ishtirok etadigan O’zbekiston Yoshlar jamoasi ahzolarini tayyorlash ishiga jalb etildi. Oliy o’quv yurtlarining kimyo sohasi talabalari Institutda chuqur tayyorgarlik ko’rib, bir necha bor g’oliblar safida shohsupaga ko’tarilishgan. Ushbu xalqaro olimpiadalarda 1 marta oltin, 3 marta kumush, 4 marta bronza medaliga sazovor bo’lishgan.

Immunologiya institutida 2012-yilda immunologiya, tibbiy genetika va biotexnologiya sohalarida tibbiy va biologik ma’lumotga ega yosh mutaxassislar va oliy malakali mutaxassislarni samarali tayyorlash maqsadida Biotibbiyot ilmiy-ta’lim innovatsion markazi tashkil etildi. Markaz 2013-yilda immunoprofilaktika va immunoterapiyaning zamonaiy jabhalariga bag’ishlangan Respublika ilmiy-amaliy maktabini tashkil etdi. 2013 yilda Immunologiya instituti va Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti o’rtasida Allergologiya va immunologiya, Yosh bolalar immunoprofilaktikasi va Tibbiy genetika sohalari bo’yicha qayta tayyorlash (birlamchi va umumiy ixtisoslik bo’yicha) va malakani oshirish to’g’ridan-to’g’ri kurslari (umumiy va mavzular bo’yicha malaka oshirish)ni rejalashtirish, tashkil etish va o’tkazish bo’yicha qo’shma o’quv-ta’lim faoliyatini o’tkazish haqidagi shartnoma imzolandi.

2010 yilda O’simliklar genetikasi va eksperimental biologiyasi instituti olimlari va O’zbekiston Milliy universiteti xodimlari hamkorligida oliy o’quv yurtlari uchun «Selektsiya asoslari va genetika» o’quv qo’llanmasi tayyorlandi va nashr etildi.

Genomika va bioinformatika markazida 2013 yilda genom texnologiyalari bo’yicha trening bo’limi tashkil etildi. Yoshlarni o’qitish maqsadida Markaz O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Toshkent tibbiy pediatriya instituti qoshidagi litsey o’rtasida shartnoma tuzdi.

Geologiya institutining Geologiya muzeyi O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq “O’zbekistonda foydali qazilmalar konlari” kursi bo’yicha O’zbekiston Milliy universiteti va TDTU geologiya fakultetlari talabalari uchun amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun asosiy baza hisoblanadi.  

Tarix instituti bazasida O’zR Oliy va Xalq ta’limi vazirliklari bilan hamkorlikda 1999 yilda akademik Ya.G’.G’ulomov nomidagi “O’zbek xalqi va davlatchiligi tarixi” doimiy Respublika ilmiy-amaliy seminari tashkil etilib, Seminar ishiga yetakchi mutaxassislar – tarixchilar, arxeologlar, sharqshunoslar, san’atshunoslar, shuningdek oliy o’quv yurtlari, litsey, kollej, maktab o’qituvchilari jalb etildi. 1999-2013 yillar mobaynida 76 ta seminar majlisi, shulardan 37 tasi – respublika viloyatlarida o’tkazildi. So’nggi yillarda Institut olimlari tarixning dolzarb masalalari bo’yicha 29 ta darslik va o’quv qo’llanmalarini yaratishdi va ta’lim tizimiga joriy etishdi:


  • Respublika umum-ta’lim maktablarining 7-(1994 y), 9-(2010 y) va 10-(2002 y.) sinflari uchun O’zbekiston tarixi bo’yicha darsliklar;

  • Respublika umum-ta’lim maktablari, litsey va oliy o’quv yurtlari uchun Jahon tarixi bo’yicha o’quv qo’llanma (2011 y);

  • Respublika umum-ta’lim maktablari, litsey va oliy o’quv yurtlari uchun O’zbekiston tarixi bo’yicha o’quv qo’llanma (2011 y.) va boshqa qator darslik va o’quv qo’llanmalari.

Arxeologiya va San’atshunoslik institutlari o’zaro hamkorlik qilish borasidagi muhim ish bu – san’atshunoslik oliy o’quv yurtlari va qator universitetlarning tarix fakultetlari bakalavr va magistrantlari uchun o’quv amaliyotlarini tashkil qilish, shu jumladan, arxeologiya, folklor va boshqa dala ekspeditsiyalaridagi ishlarga talabalarni jalb etish. Olimlar O’zbekiston tarixi, sanhati yo’nalishlari bo’yicha respublika o’quv-ta’lim jarayoniga tatbiq etiladigan zamonaviy darslik va o’quv qo’llanmalarni ishlab chiqadilar va nashr qiladilar.

So’nggi yillarda bu hamkorlik ancha kengaydi. 2008 yilda Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlikda Arxeologiya instituti qoshida «Amaliy va ilmiy tadqiqotlar arxeologiyasikafedrasi” ochildi, 2009 yilda Termiz davlat universitetida Arxeologiya instituti olimlarining faol ishtirokida «Baqtriya-Tohariston arxeologiyasi va etnografiyasi kafedrasi» ochildi.

Fanlar akademiyasining to’rtta muzeyi oliy va xalq ta’limi idoralari bilan katta ish olib bormoqda, shu jumladan, o’quvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida muzey vositalaridan foydalanish borasida o’qituvchilar malakasini oshirish, shuningdek, o’quvchi yoshlar uchun mavzuiy ekskursiyalar va ko’rgazmalar tashkil etish orqali. Muzeylar O’zbekiston tarixi, madaniyatshunoslik, muzeyshunoslik va boshqa yo’nalishlar bo’yicha kurslari jarayonida muzey materiallaridan foydalanish bo’yicha bir qator metodik qo’llanmalarni tayyorlashdi.

Shu tariqa, adabiyot muzeyi bazasida “Adabiy manbashunoslik kafedrasi”  tashkil etildi. O’quv tashkilotlari bilan 2010-2020 yillarga mo’ljallangan shartnomalar imzolandi.

Kafedra kadrlarni tayyorlash, o’quv muvofiqlashtirish rejalarini tuzish, madaniy tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazish, muzey ilmiy xodimlarini o’quv jarayoni hamda ilmiy ishga jalb etish bo’yicha hamkorlikdagi ishni muvofiqlashtiradi. Olimlar va muzeyning boshqa xodimlari oliy o’quv yurtlari talabalari uchun muntazam ravishda amaliy mashg’ulotlarni o’tkazmoqdalar, yosh mutaxassislarga mavzuiy-ekspozitsion rejalarni ishlab chiqishda, muzey ko’rgazmalarini tashkil etishda ishtirok etish, muzey fondlari bilan tanishish, hamkorlikdagi ilmiy ishlarda ishtirok etish imkoniyati beriladi.

O’zbekiston tarixi muzeyi bazasida 2011 yilda maxsus bo’lim – “Mo’jizalar olamida” bolalar muzeyi tashkil etildi. U muzeyning maxsus tashkil etilgan muhitda bolalar auditoriyasi bilan ishlashning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. Bu muzeyda barcha yoshdagi bolalar – maktab o’quvchilaridan tortib yuqori sinf o’quvchilarigacha – bilan ishlash bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Bolalar muzeyi kichik va o’smir yoshdagi bolalarning o’quv, ma’rifiy, madaniy va ijodiy hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda.

Fanlar akademiyasi muzeylari – Adabiyot, O’zbekiston tarixi, Temuriylar muzeyi, Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyiga respublika jamoatchiligi, o’quvchilar va ijodiy yoshlarning tashkillashgan ekskursion guruhlari, ko’plab xorijiy delegatsiyalar va turistik guruhlar tashrif buyurishadi. Muzeylarning O’zbekiston xalqining tarixiy va ma’rifiy qadriyatlarini to’plash, saqlash va targ’ibot qilish, o’zbek davlatchiligi tarixini o’rganish, madaniy va moddiy yodgorliklarni tadqiq etishdagi roli beqiyos.

Akademik fan va ta’limning haqiqiy integratsiyasini rivojlantirishda so’nggi yillarda O’zR Fanlar akademiyasining bir qator institutlari va ilmiy bo’linmalarini respublika oliy ta’lim tizimiga berish muhim ahamiyat kasb etdi.

Masalan, akademik fan va ta’limning haqiqiy integratsiyasini tahminlash, respublika oliy ta’limi tizimida ilmiy sektor rivojini tahminlash maqsadida 2012-yilda O’zR Fanlar akademiyasi ITI larining beshta imliy bo’linmasi qayta tashkil etilib, oliy ta’lim tizimiga berildi (Matematika va axborot texnologiyalari institutining matematika bo’limi – O’zbekiston Milliy universitetiga va Axborot texnologiyalari bo’limi – TATUga, Suv muammolari instituti – TQXIMIga, Mintaqaviy muammolar majmuaviy ITI – Muammoli laboratoriya shaklida Samarqand davlat universitetiga, Falsafa va huquq institutning Huquq bo’limi – Toshkent yuridik institutiga, Falsafa bo’limi – O’zbekiston milliy universitetiga, tugatilgan Iqtisodiyot universitetining ilmiy yo’nalish va bir guruh olimlari –Toshkent iqtisodiyot universitetiga, shuningdek, to’rtta mintaqaviy ilmiy markazlar (Buxoro, Andijon-Namangan, Farg’ona va Janubiy) – mavzusi va oliy ta’lim ixtisosliklariga ko’ra tegishli universitetlarga (Buxoro, Andijon, Farg’ona va Qashqadaryo).

O’zR FA ITI tuzilmasini yanada maqbullashtirish va respublika oliy o’quv yurtlari ilmiy salohiyatini mustahkamlash maqsadida 2014 yilda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

- O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi tugatilish arafasidagi Sharqshunoslik instituti bazasida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo’lyozmalari markazi tashkil etilmoqda;

- O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tugatilayotgan Polimerlar kimyosi va fizikasi  bazasida O’zbekiston milliy universiteti qoshida Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy tadqiqot markazi tashkil etilmoqda;

- O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Inshootlar mexanikasi va seysmobarqarorligi institutining Mashinalar, mexanizmlar, suyuqliklar va gazlar bloki bazasida Toshkent davlat texnika universiteti qoshida Sohaviy mashinasozlik muammolari bo’yicha ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilmoqda.

Akademik fan va ta’lim o’zaro aloqasi va  integratsiyasini rivojlantirish O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining barcha ilmiy muassasalari faoliyatining muhim yo’nalishi hisoblanadi.



Prezidentimiz Islom Karimovning 2008 yil 15 iyulda qabul qilingan «Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida shu yilning 3 mart kunlari poytaxtimizdagi «O‘zekspomarkaz» da Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar III respublika yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining ijro apparati rahbari Majit Karimov O‘zA muxbiriga ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonlarida ushbu an’anaviy yarmarka qanday o‘rin tutishi va joriy yilda mazkur yarmarka oldida turgan vazifalari. Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning innovatsion yo‘li ham ishlab chiqarishga, ham ilmiy faoliyatga nisbatan yondashuvni tubdan o‘zgartirishni taqozo etdi, - deydi M.Karimov. - Masalan, jahon bozorlarida raqobat tobora oshib borayotgan hozirgi sharoitda xo‘jalik yurituvchilar ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining sifatini oshirish va tannarxini pasaytirish, buning uchun yanada takomillashtirilgan texnologiyalardan foydalanishga doimo e’tibor qaratishi lozim. Olimlar va konstruktorlar esa o‘z faoliyatini birinchi navbatda iqtisodiyotning real sektori ehtiyojlariga qaratishi, o‘z mehnati natijalarini ishlab chiqarishga joriy etishi kerak. Biroq, ilgari ishlab chiqarish va ilm-fan bir-biriga bevosita bog‘liq emas edi, shu bois yangi uskuna va texnologiyalar ko‘pincha chetdan sotib olinardi. Holbuki, mamlakatimiz ilmiy laboratoriyalari, tajriba-konstruktorlik tashkilotlarida xorijnikidan qolishmaydigan, ba’zida o‘z xususiyatlari bo‘yicha ulardan ustun turadigan texnologik yangiliklar yaratilmoqda. O‘zbek ilm-fanining yuqori salohiyati butun dunyoga mashhur. Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun o‘zbek ilm-fani davlatimizning doimiy qo‘llab-quvvatlashi tufayli barcha zarur resurs va imkoniyatlarga ega. Bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Inqirozga qarshi choralar dasturining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda mamlakatimizda ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion aloqalarni mustahkamlashga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Har yili o‘tkazilib kelinayotgan Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi ilm-fan va innovatsion faoliyat natijalarini joriy etishni rag‘batlantirish, uning samaradorligini oshirish borasida amaliy mexanizm bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Tarmoqlararo strategik innovatsiyalar va axborotlashtirish markazi tomonidan Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda ilm-fan, ta’lim sohasi, sanoat tarmoqlari vakillari, tadbirkorlar, chet ellik olimlar ishtirok etmoqda. Konferensiyada innovatsiyalar mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, intellektual salohiyatni himoya qilish va takomillashtirish, yangi sanoat va moliyaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish sohasi faoliyatini kengaytirish, mahsulot sifatini oshirish, uning eksportbopligini ta’minlashga doir vazifalarni hal etishda muhim o‘rin tutishi haqida so‘z yuritildi. O‘zbekiston ilm-fani bugungi kunda o‘zgarib borayotgan bozor talablariga javob beradigan, yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan innovatsion iqtisodiyotning texnologik bazasini yaratish borasida ulkan imkoniyatlarni namoyon etmoqda. Mohiyatiga ko‘ra noyob bo‘lgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining hayotga tatbiq etilishi natijasida fundamental va amaliy tadqiqotlar, jumladan, innovatsiya loyihalari amalga oshirilishini ta’minlaydigan akademik va oliy o‘quv yurti ilm-fanining rivojlangan sektori faoliyat ko‘rsatmoqda.

Mamlakatimiz ilm-fani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani samarasida yangi tadqiqot yo‘nalishlarini yaratish va mavjudlarini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2006 yil 7 avgustda qabul qilingan «Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida», 2008 yil 15 iyulda imzolangan «Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» va 2010 yil 15 dekabrdagi «2011-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi qarorlari innovatsion faoliyatni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotir.

Xalqaro forum ishtirokchilari ta’kidlaganidek, uzoq muddatli innovatsion taraqqiyotning asosiy maqsadi xorijiy ilm-fan salohiyati va texnologiyalaridan foydalanish asosida va mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilishning ustuvor vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan milliy ishlanmalar yordamida raqobatbardosh mahsulot va xizmatlar yaratishni ta’minlaydigan ochiq turdagi innovatsion tizimni shakllantirishdan iborat. Shu munosabat bilan konferensiyada mamlakatimizni innovatsion rivojlantirish jarayonlarini jadallashtirish borasidagi muhim vazifani hal etish uchun sanoatchilar, olimlar va tadbirkorlar sa’y-harakatlarini birlashtirish muhimligi qayd etildi.

Mamlakatimizda 1996 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan «Innovatsiya» xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi ushbu maqsadga erishishga xizmat qilmoqda. Mazkur anjuman innovatsion madaniyatni shakllantirish, innovatsion-texnologik rivojlanish masalalari bo‘yicha olimlar, sanoatchilar, tadbirkorlar va yoshlar hamkorligini mustahkamlash, mamlakatimiz ilm-fani yutuqlarini namoyish etish, xalqaro tajribani o‘rganish va xorijiy ishtirokchilar bilan ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga yordam bermoqda.

– Jamiyatimizda innovatsion madaniyatni shakllantirish, ya’ni innovatsiyalar zarurligini tushunish va xilma-xil innovatsiyalarni o‘z vaqtida qabul qilish qobiliyati innovatsion rivojlanish jarayonining muhim bosqichidir, – deydi Tarmoqlararo strategik innovatsiyalar va axborotlashtirish markazi direktori, professor O.Qodirov. – O‘tgan yillar mobaynida o‘tkazilgan konferensiyalar mamlakatimizni innovatsion rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shdi. Ilk tadqiqotlarimiz himoya qilingan o‘nlab nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari, iqtisodiyotimiz turli tarmoqlaridagi yangi texnologiyalar, mahsulot va xizmatlar shaklida hayotga tatbiq etildi.

So‘nggi yillarda Tarmoqlararo strategik innovatsiyalar va axborotlashtirish markazi sanoat korxonalari bilan iqtisodiyotimiz uchun muhim bo‘lgan qator loyihalarni amalga oshirdi. Chunonchi, markaz olimlari tomonidan ishlab chiqilgan dasturlar xomashyoni qayta ishlash jarayonini boshqarishni avtomatlashtirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, elektr va issiqlik energiyasi tejashga qaratilgan. Buning samarasida ishlab chiqarish sarf-xarajati kamayishi va sanoat korxonalari faoliyatining iqtisodiy samaradorligi oshishi ta’minlandi. 

Oliy o‘quv yurtlarida olib borilayotgan tadqiqotlar tarmoq va korxonalarning muayyan ehtiyojiga yo‘naltirilayotgani kompleks vazifalarni hal etish imkonini bermoqda. Jumladan, ishlab chiqarish va uning talablaridan xabardor bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash kengaymoqda. Ular talabalik paytidayoq korxonalar buyurtmasini bajarishda faol ishtirok etmoqda. Bu, o‘z navbatida, real sektorga ishlab chiqarish texnologiyalarini jadal modernizatsiya qilish va mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish imkonini berayotir. Yoshlar va ta’lim masalalari konferensiya sho‘ba majlislaridan birining mavzusi sifatida bejiz tanlangani yo‘q. Mazkur masalalar muhokamasi talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashga nisbatan innovatsion yondashuvlarni ko‘rib chiqish va joriy etish imkonini beradi. – O‘zbekistonda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi mexanizmini mustahkamlashga qaratilgan ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani o‘z samarasini bermoqda, – deydi Janubiy Ural davlat universitetining iqtisodiyot va moliya kafedrasi professori A.Butrin (Rossiya). – Olimlar va ishlab chiquvchilar tomonidan yaratilgan ilg‘or texnologiyalarning keng joriy etilishi samarasida ichki va tashqi bozorda talab yuqori bo‘lgan raqobatbardosh ilmiy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ortib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda va aholi daromadlari oshmoqda.

Konferensiyada muhim ilmiy-amaliy va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruzalar tinglanadi. 



Download 0,52 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 0,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. FIZIKA FANINI O’RGANISHDA INFORMATSION TEXNOLOGIYALARNI INTEGRATSIYALASH XUSUSIYATLARI

Download 0,52 Mb.