|
Fizika fakulteti
|
bet | 12/17 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 280,05 Kb. | | #139256 |
Bog'liq Lazer kurs ishi ga teng bo‘lgan monoxromatik nur chiqaradi. hol uchun, ya’ni sochuvchi muhit molekulasining qutblanuvchanligi o‘zgaruvchan bo‘lsa u holda molekulaning dipol momenti ham vaqt bo‘yicha o‘zgaradi. Umuman, molekula qutblanuvchanligi yadro tebranishini dipol tebranishlarida ishtirok etishi sababi bilan ham o‘zgarib turishi kerak. Elektronlar bilan yadroni o‘zaro bog‘langanligi sababli majburiy chastotada tebranayotgan elektronlar yadroning ham tebranishini yuzaga keltiradi. Biroq yadroning massasi elektronning massasiga nisbatan nihoyatda katta bo‘lgani uchun yadroning tebranishi juda ham kuchsiz bo‘ladi. Bu esa molekulaning qutblanishini o‘zgarishiga olib keladi. Natijada sochilgan yorug‘likni chastotasi o‘zgaradi va siljish nokogerent bo‘lib qoladi. Shunday qilib, klassik elektrodinamika sochilgan yorug‘lik spektrida siljimagan chiziqning ( ) har ikki tomonida i masofaga simmetrik siljigan chiziqlar – yo‘ldoshlarni paydo bo‘lishini to‘g‘ri tushuntirib beradi va ularning intensivligi
formula bilan hisoblanadi. Bunda - raman chastotasi (stoks va antistoks chiziqlari uchun). Klassik elektrodinamika nuqtai nazaridan stoks va antistoks chiziqlarining intensivligi teng ekanligi kelib chiqadi. Eksperiment natijalaridan yaxshi bilamizki, ushbu chiziqlarning (yo‘ldoshlarning) intensivligi teng emas, jumladan qizil yo‘ldoshlar - stoks chiziqlarining intensivligi binafsha yo‘ldoshlarning intensivligidan yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Klassik fizika qizil va binafsha yo‘ldoshlarning intensivliklari orasidagi ushbu miqdoriy farqni tushuntirib bera olmadi. Yorug‘likning kombinatsion sochilishdagi intensivliklarning miqdoriy muammosini faqat kvant tasavvurlari asosida to‘g‘ri tushuntirish mumkin.
|
| |