• Kurs ishining hajmi
  • II ASOSIY QISM
  • Kurs ishi mavzusining maqsadi




    Download 280,05 Kb.
    bet2/17
    Sana17.01.2024
    Hajmi280,05 Kb.
    #139256
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    Lazer kurs ishi

    Kurs ishi mavzusining maqsadi: Kurs ishimizdan maqsad bu yorug`likning sochilishi turlari, ularning kelib chiqishi, uni xossalarini ko’rib chiqishdan iborat.

    Kurs ishi mavzusining vazifalari: O‘zbekistondagi barcha ta‘lim muassasalarida “Yorug`lik to‘lqinlarining sochilishi va unga doir mavzularning mazmuni ” mavzusida dars mashg’ulotlarini tashkil etish, ta’lim oluvchilar ongida uni tasavvur qilishlarini ta’minlash.


    Kurs ishining hajmi:Kurs ishi asosan murakkab reja asosida yoziladi.Unda kirish qism,asosiy qism va xulosadan iborat bo’ladi. Kirish qismida esa mavzuni yoritib berish kerak. Asosiy qismni uzi ham sodda reja asosida yoziladi. Bunda xar bir rejani ketma-ket yoritib berish kerak. Xulosada esa mavzuni yozish mobaynida nimalarni tushunganini bayon qilish kerak.
    Asosan kurs ishi eng minimali 20 betdan, eng maksimali 30 betdan iborat bo’lishi kerak. Qo’l yozmada esa betlar soni eng minimali 15 bet, eng maksimali 23 betdan iborat bo’lishi mumkin.


    II ASOSIY QISM

    1. Yorug‘likning sochilish hodisasi va Tindal tajribasi

    Muhitga tushgan yorug‘lik qaytish, sinish va yutilishdan tashqari sochiladi ham. Bu hodisani kundalik hayotimizda har kuni kuzatamiz. Yorug‘likning atmosferada sochilishi natijasida osmon ko‘m-ko‘k bo‘lib ko‘rinadi. Agar yorug‘lik atmosferada sochilimaganda edi, kunduz kuni ham biz quyosh va yulduzlarni qorong‘i osmonlarda kuzatgan bo‘lar edik. Yorug‘lik maydoni ta’sirida tebranayotgan elektronlarning majburiy tebranishlari tufayli paydo bo‘ladigan ikkilamchi to‘lqinlar yorug‘lik to‘lqini olib kelayotgan energiyaning bir qismini chetga sochib yuboradi. Boshqacha qilib aytganda moddadan yorug‘lik tarqalayotganda yorug‘lik sochilishi kerak. Bunday hodisa yuz berishi uchun yorug‘lik to‘lqinining o‘zgaruvchi maydoni ta’siri ostida tebrana oladigan elektronlarning bo‘lishi etarlidir. Bunday elektronlar esa har qanday moddiy muhitda etarli miqdorda bor. Agar muhit optik jihatdan bir jinsli bo‘lsa ya’ni uning sindirish ko‘rsatkichi nuqtadan nuqtaga o‘tilganda o‘zgarmasa u holda to‘lqin frontida bir biridan masofada joylashgan tengdosh hajmlarning ixtiyoriy ikkitasi chiqarayotgan ikkilamchi to‘lqinlar bir birini so‘ndiradi. Muhitning bir jinsli va ikkilamchi to‘lqinlarning kogerent bo‘lishi yorug‘lik sochilmasligining zaruriy va etarli shartidir. Xaqiqatda esa ideal bir jinsli muhitlar bo‘lmaydi. Real muhitlarda turli sababdan paydo bo‘lgan optik bir jinslimasliklar hamisha bo‘ladi bu esa yorug‘likning ba’zi hollarda juda intensiv, ba’zi hollarda juda zaif sochilishini bildiradi.


    Download 280,05 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 280,05 Kb.