|
Fizika fakulteti
|
bet | 17/17 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 280,05 Kb. | | #139256 |
Bog'liq Lazer kurs ishi Fotonlarning elastik bo‘lmagan sochilishi ularning atomlar bilan qiladigan o‘zaro ta’siriga asoslanib nazariy ravishda oldindan aytilgan edi (A.Smekal 1923 yil). Biroq bu hodisa tajribada molekulyar kombinatsion sochilishdan ancha keyin topildi. Ionlarning kombinatsion sochish hodisasi 1963 yilda, atomlarning kombinatsion sochilish hodisasi 1967 yilda topildi. Yorug‘likning kombinatsion sochilishi hodisasini klassik fizika doirasida turib tushuntirib berish mumkin, lekin uning kvant talqini yorug‘likni kvant tabiatini mohiyatan tasdiqlaydi. Molekulalar strukturasini, ichki molekulalar va malekulalararo kuchlarini o‘rganishda, murakkab aralashmalarni tahlil qilish va u yoki bu birikmalarni identifikatsiyalash (ajratish) da kombinatsion sochilish usuli muhim anjomdir.
III. Xulosa
Biz bu mavzuyimiz orqali yorug`likning sochilishi, uning sochlish turlari, yorug`lik to`lqining sochilish turlari, yorug`lik to`lqinlari haqidagi ilmiy tajribalarni bilib oldik. Va bu kurs ishimiz orqali quyidagi xulosalarni olishimiz mumkin. Muhitning har xil jinsliligi va yorug’likning modda zarralari bilan o’zaro ta’siri yorug’likning sochilishiga sabab bo’ladi. Bunda yorug’likning intensivligi, spektri va qutblanishi o’zgaradi. Yorug’likning sochilishi asosida molekulalar, suyukliklar va hokazolarning tuzilishi o’rganiladi. Yorug’likning Reley sochilishi (Reley qonuni), yorug’likning molekulyar sochilishi, yorug’likning kombinasion sochilishi va boshqa xillari mavjud. Yorug’likning sochilishi hodisasidan fizika, kimyo va texnikaning turli sohalarida, turli-tuman tadqiqotlarda keng foydalaniladi. Yorug’likning sochilishi spektri yordamida moddalarning atom va molekulyar xarakteristikalari, ularning elastiklik, relaksasion va boshqa doimiylari aniqlanadi. Zarralarning o’lchamlari va shakllarini aniqlashning ko’pgina usullari Yorug’likning sochilishi hodisasiga asoslangan. Lazer spektroskopiya asosida yorug’likning majburiy sochilish jarayoni yotadi va undan lazerlarsa keng foydalaniladi.
IV.Foydalanilganadabiyotlar
Matveev A.N.”Elektrodinamika”
Raximov. U.A. , Otaqulov V.O. “Elektrodinamika va nisbiylik nazariyasi”
G.S.Landsberg “Optika” Toshkent “O’qituvchi” nashriyoti 1980 y.
O.Axmadjonov ”Fizika kursi” 3-qism, Toshkent “O’qituvchi” nashriyoti 1987-1988 y.
O. Q. Quvondiqov. Elektromagnetizm. Ma’ruzalar matni. Samarqand. 2000.
www.referat.uz
www.gov.uz
www.ziyonet.uz
|
| |