|
(1.12) Stoks va antistoks chiziqlarining intensivliklari nisbati
|
bet | 15/17 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 280,05 Kb. | | #139256 |
Bog'liq Lazer kurs ishi (1.12) kabi bo‘lib, bundan ko‘rinadiki chastotaning turtinchi darajasiga proporsional ekan. Haqiqatda, chastotali kombinatsion chiziqning intensivligi molekulaning bu chastotaga mos keladigan tebranishlar qilishida molekulaning qutblanuvchanligi naqadar ko‘p o‘zgarishi bilan aniqlanadi. Qutblanuvchanlikning o‘zgarishi bilan elektr momentining o‘zgarishi turli xil tebranishlarda turlicha ifodalanishi mumkin. Infraqizil spektrida aktiv bo‘lgan tebranishlar kombinatsion sochilish spektrida aktiv bo‘lmaydi va aksincha. Masalan: molekulasida atomlar tebranganda (18.2-rasm, b) ularning joylashishi shunday o‘zgaradiki, bunda molekulaning qutblanuvchanligi ko‘p o‘zgarib, uning elektr momenti o‘zgarmaydi, chunki kislorodning bir xil ishorali zaryadlangan ikki atomi (0) tebranish vaqtida uglerod zaryadidan ikki tarafga simmetrik joylashganicha qolaveradi. 1.4-rasm. CO2 molekulasida atomlar tebranishining xillari. o‘zgartiradigan tebranish; в - elektr momentini o‘zgartiradigan tebranishi
Boshqacha tebranishda (1.4-rasm, v) qutblanuvchanlik o‘zgarmaydi, chunki kislorod atomlaridan biri uglerodga yaqinlashganda ikkinchisi uzoqlashadi va aksincha; biroq bu tebranishlarda molekulaning elektr momenti o‘zgaradi.
|
| |