• Yo‘ldoshlar tushayotgan yorug‘likning har bir chizig‘i yonida bo‘ladi.
  • Temperatura ko‘tarilganda «binafsha» yo‘ldoshlarning intensivligi tez ortadi.
  • Yorug‘likni kombinatsion sochilishining mumtoz nazariyasi
  • Fizika fakulteti




    Download 280,05 Kb.
    bet10/17
    Sana17.01.2024
    Hajmi280,05 Kb.
    #139256
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
    Bog'liq
    Lazer kurs ishi

    Yo‘ldoshlar tushayotgan yorug‘likning har qanday spektral chizig‘i yonida kelgani uchun, bu yo‘ldoshlarni qanday sharoitda payqash mumkin, degan savol tug‘iladi. Yo‘ldoshlar ko‘rinadigan bo‘lishi uchun tushayotgan yorug‘lik spektri tutash spektr bo‘lmay, balki alohida chiziqlar (monoxromatik chiziqlar) to‘plamidan iborat bo‘lishi kerak. Bu hodisaning quyidagi qonunlari tajribadan topilgan.

    Yo‘ldoshlar tushayotgan yorug‘likning har bir chizig‘i yonida bo‘ladi.

    Uyg‘otuvchi (tushayotgan) yorug‘lik spektral chizig‘ining chastotasi bilan yo‘ldoshlardan har bir chiziqlarning … chastotalari orasidagi farq sochuvchi modda uchun xarakterli bo‘lib, uning molekulalarining xususiy tebranishlari chastotalariga teng:

    Yo‘ldoshlar uyg‘otuvchi chiziqdan ikki tomonda simmetrik yotuvchi chiziqlarning ikki sistemasidan iborat, (1.3-rasm) ya’ni

    Bu yerda chapda uyg‘otuvchi chastotalardan uzunroq to‘lqinli tomonda joylashgan yo‘ldoshlarning chastotalarini, o‘ngda esa uyg‘otuvchi chastotalardan ikkinchi tomonda yotgan yo‘ldoshlarning chastotalarini bildiradi. Spektrning qizil qismiga yaqin joylashgan va shuning uchun «qizil» yo‘ldoshlar deb ataladigan birinchi yo‘ldoshlar «binafsha» yo‘ldoshlardan ancha intensivdir (1.3-rasm)

    Temperatura ko‘tarilganda «binafsha» yo‘ldoshlarning intensivligi tez ortadi.

    Kombinatsion sochilishni birinchi bo‘lib G.S.Landsberg va L.I.Mandelshtamlar hamda hind olimlari Raman va Krishnanlar kashf etishgan (1928 yil). Hind olimlari Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishgan. Chet el adabiyotlarida Raman effekti deb ham yuritiladi. Bu sochilish odatda kombinatsion sochilish deyiladi. Quyida kombinatsion sochilish bilan batafsilroq tanishamiz.

    Yorug‘likni kombinatsion sochilishining mumtoz nazariyasi

    Kombinsion sochilish hodisasi klassik nazariya nuqtai nazaridan quyidagicha tushuntiriladi. Ushbu hodisada yo‘ldoshlarning paydo bo‘lish sabablari yorug‘lik to‘lqinini sochuvchi muhit molekulasi atomlarining past chastotali tebranishlari bilan modulyatsiyalanishi orqali tushuntirish mumkin. Molekulaning qutblanishi, umuman qaraganda uni tashkil qilgan atomlarning joylashishiga bog‘liq. Atomlar tebranganda qutblanish 0- o‘rtacha qiymat atrofida tebranadi buni quyidagicha izohlash mumkin:


    Download 280,05 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




    Download 280,05 Kb.