|
Fizika fakulteti
|
bet | 6/17 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 280,05 Kb. | | #139256 |
Bog'liq Lazer kurs ishi Agar yorug‘likni sochib yuboruvchi zarralarning o‘lchamlari to‘lqin uzunligi bilan taqqoslasa bo‘ladigan bo‘lsa, u holda yorug‘lik sochilishining biz muhokama qilgan qonuniyatlari yaramay qoladi; kolloid eritmalarida ko‘pincha shunday bo‘ladi. Bunday yirikroq zarralarda sochilgan yorug‘likning to‘lqin uzunligiga bog‘lanishi kamroq sezilarli bo‘ladi, ya’ni sochilgan yorug‘lik zarralari mayda bo‘lgan holdagidan kamroq zangori bo‘ladi. Sochilgan yorug‘lik faqat qisman qutblangan bo‘ladi, bunda qutblanish darajasi zarralarning o‘lchami va shakliga bog‘liq bo‘ladi. Sochilgan yorug‘lik intensivligining burchaklar bo‘yicha taqsimoti ham murakkablashadi: sochilish diogrammasi AA chiziqqa nisbatan (1.2-rasm) simmetrik bo‘lmay zarralarning o‘lchami, shakli va tabiatiga hamda atrofdagi muhitga qarab juda murakkab ko‘rinishda bo‘ladi, faqat dastlabki dasta yo‘nalishiga nisbatan simmetrik bo‘ladi. Bu murakkabroq qonuniyatlar yirik zarrali xira muhitlarda yorug‘likning sochilishini nazariy tomondan talqin etishni juda qiyinlashtiradi. Shunga qaramasdan bunday hollar ancha katta qiziqish uyg‘otadi, chunki ular odatda ko‘p ximiyaviy reaksiyalarning maxsuli bo‘lgan kolloid eritmalar va xira muhitlarni tadqiq etishda yuz beradi. Shuning uchun bunday o‘lchash ishlari kolloid ximiya, analitik ximiya va biologiyada keng qo‘llanilib, tadqiq etishning nefelometrik usullarining mavzui hisoblanadi. Osmonning zangori bo‘lib ko‘rinishiga yorug‘likning chang zarralarida sochilishi sabab bo‘ladigandek ko‘rinar edi, biroq tajribalar bunday emasligini ko‘rsatdi, chunki chang bo‘lmagan toza atmosferada (baland tog‘lardagi observatoriyalarda) osmon yanada to‘q, zangori bo‘lib ko‘rinadi va uning yorug‘ligi qutblanadi. Keyingi nazariy va eksperimental tadqiqotlar bu hodisalarning hammasiga yorug‘likning havoda molekulyar sochilishi sabab bo‘lishini ko‘rsatdi.
|
| |