Fizika fakulteti




Download 280,05 Kb.
bet14/17
Sana17.01.2024
Hajmi280,05 Kb.
#139256
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Lazer kurs ishi

Agar yorug‘lik tebranish holatida turgan molekulaga, ya’ni - energiyaga ega bo‘lgan molekulaga ta’sir qilsa, u holda yorug‘lik molekuladan bu energiyani tortib olib, yoki tenglamaga muvofiq ravishda katta chastotali nurga (Binafsha yo‘ldosh, antistoks chizig‘iga) aylanadi. Buni 1.3-rasmdan osongina tushunish mumkin. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib kombinatsion sochilishga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Sochilgan yorug‘likning chastotasi tushayotgan yorug‘likning chastotasi bilan molekulalar ichida bo‘ladigan tebranishlar chastotasining kombinatsiyasidan tarkib topadi. Shuning uchun bu sochilish kombinatsion sochilish deb ataladi.

1.3 - rasm. Reley (0) va kombinatsion (0-tеб va 0+tеб) sochilish spektrlarini hosil bo‘lishiga olib keladigan energetik sathlar orasidagi o‘tishlar


Tebranish holatida bo‘lgan molekulalar soni o‘yg‘otilmagan molekulalar sonidan ancha kam bo‘ladi, shuning uchun binafsha yo‘ldoshning intensivligi qizil yo‘ldosh intensivligidan beqiyos darajada kam bo‘lishi kerak; tajribada ham xuddi shunday bo‘ladi. Temperatura ko‘tarilgan sari uyg‘otilgan molekulalar soni tez ko‘payadi, shunga yarasha binafsha yo‘ldoshlarning intensivligi tez ortishi kerak; bu ham tajribada tasdiklanmoqda. Stoks va antistoks chiziqlarining intensivligi temperaturaga bog‘liq. Misol uchun stoks chiziqlarining ikki xil temperaturada intensivliklarining qiymati quyidagi nisbatda bo‘ladi:

. (1.11)

Bundan ko‘rinadiki, stoks chiziqlarining intensivligi temperaturaga teskari proporsional ekan. Antistoks chiziqlariniki esa temperaturaga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi:


Download 280,05 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 280,05 Kb.