• 3. Yorug‘likning kombinatsion sochilishi
  • Fizika fakulteti




    Download 280,05 Kb.
    bet9/17
    Sana17.01.2024
    Hajmi280,05 Kb.
    #139256
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
    Bog'liq
    Lazer kurs ishi

    (1.7)

    ko‘rinishda tasvirlashga imkon beradi, bu yerda - muhitning zichligi (g/sm3), T - absolyut temperatura, S - adiabatik siqiluvchanlik, - issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti, sp - 1 g moddaning o‘zgarmas bosim sharoitidagi issiqlik sig‘imi, V -yorug‘likni sochib yuborayotgan hajm.

    (1.7) formulada katta qavs ichidagi birinchi had zichlikning adiabatik fluktuatsiyalari (bosim fluktuatsiyalari) tufayli sochilgan yorug‘lik intensivligini bildiradi, ikkinchi had esa zichlikning izobarik fluktuatsiyalari (entropiya fluktuatsiyalari) tufayli sochilgan yorug‘lik intensivligini bildiradi. Quyidagi taqribiy tenglikni yozish mumkin:

    Agar mashhur termodinamik munosabatdan foydalansak (bu yerda T - izotermik siqiluvchanlik), (1.7) formula

    (1.8)

    ko‘rinishga keladi; bu formulani birinchi bo‘lib Eynshteyn topgan va shuning uchun u Eynshteyn formulasi deyiladi.

    (1.5) va (1.6) formulalardan Releyning I1/4 qonuni kelib chiqadi. Shunday qilib, osmonning zangori bo‘lishiga yorug‘likning molekulyar sochilishi sabab bo‘ladi.




    3. Yorug‘likning kombinatsion sochilishi

    Reley sochilishida sochilgan yorug‘lik chastotasi tushuvchi yorug‘lik chastotasiga mos keladi. Sochilishning bunday turini birinchi bo‘lib Reley aniqlagani uchun bunday sochilish Reley sochilishi deb yuritiladi. Bu sochilish kogerent tarzda yuz beradi. Shu sababli ham Reley sochilishi - yorug‘likning kogerent sochilishidir (1.3-rasm). Biroq sinchiklab o‘tkazilgan tekshirishlarning ko‘rsatishicha, sochilgan yorug‘lik spektrida tushayotgan yorug‘likni xarakterlaydigan chiziqlardan tashqari qo‘shimcha chiziqlar (yo‘ldoshlar) borligi, bular tushayotgan yorug‘likning har bir chizig‘i yonida turishi ma’lum bo‘ldi (1.3-rasm).


    Download 280,05 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




    Download 280,05 Kb.