3. Radioaktivlik
Radioaktivlikni birinchi bo’lib 1896 yili Fransuz olimi Bekkerel kuzatgan. Uran va uning boshqa elimentlar bilan birikmalari shunday nurlar va zarrachalar chiqaradiki, bu nurlar va zarrachalar shaffofmas jismlardan o’tadi, fotoplastinkaga ta’sir qiladi, havoni ionlashtiradi. Keyinchalik, radioaktivlik hodisasini o’rganishga bir qator olimlar, ayniqsa, Pyer Kyuri va Mariya Skladovskaya-Kyuri katta hissa qo’shdilar.
Umuman, radioaktivlik hodisasida kimyoviy elementning beqaror izotoplari elementar zarralar yohud yadrolar chiqarib boshqa element izotoplariga aylanadi. Tabiiy sharoitlarda mavjud bo’lgan izotoplarda kuzatilgan radioaktivlikni, sun’iy ravishda hosil qilinadigan izotoplarda kuzatiladigani esa sun’iy radioaktivlik deb ataladi. Radioaktivlik hodisasi tufayli radioaktiv yadrolar yemirilib, borgan sari kamayib boradi. Radioaktiv yemirilish
qonun bo’yicha sodir bo’ladi. Bu ifodadagi boshlang’ich vaqtda radioaktiv moddada mavjud bo’lgan yadrolar soni, N biror t vaqtdan so’ng, yemirilmay qolgan yadrolar soni, esa yemirilish doimiysi deb ataluvchi kattalik. Ko’pincha o’rniga yemirilish davri (T) deb ataladigan kattalikdan foydaliniladi. va T lar orasida quyidagi bog’lanish mavjud:
Radioaktiv izotopning yarim yemirilish davri T shunday vaqt intervaliki bu vaqt ichida mavjud radioaktiv yadrolarning yarmi yemiriladi.
Alfa – yemirilish: Mazkur yemirilishda radioaktiv yadro - zarra chiqarib zaryadi ikki birlikka, massa soni esa to’rt birlikka kichik bo’lgan yadroga aylanadi. –yemirilish sxematik tarzda quyidagicha yozilishi mumkin:
bunda X-yemirilayotgan yadroning kimyoviy simvoli, Y-yemirishi tufayli vujudga kelgan yadroning kimyoviy simvoli, yadroni -zarra va yadrodan tashkil topgan deb hisoblash mumkin. Bu ikki tashkil etuvchiga nisbatan yadroning bog’lanish energiyasining qiymati quyidagicha bo’ladi.
|