• II. ASOSIY QISM 2.1. Yorug’likning kambinatsion sochilishi
  • Fizika guruh talabasi jumamurodova asaloyning optika




    Download 0,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/13
    Sana16.12.2023
    Hajmi0,72 Mb.
    #120468
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    A. Jumamurodova 2-G fizika optika kurs ishiiI
    2-Mavzu Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlari. (2 so-fayllar.org, operatsion tizimlar, Diqqat turlari, Filologiya uchun metodika fan dasturi 2023-2024, boshlang‘ich ta’lim, 08455c15-999d-4a41-98c5-c50cc230796a, 75415, МТ3 (1), xotira samaradorligiga ta\'sir etuvchi omillar 1, answers onatili, ASADBEK Raqamli, курс иши 2023, 11 - 2023-12-23T193406.936, seminar va oxirigacha
     
     
     
    0
    0
    1



    c


    h

    0
    c
    h
    c
    h
    c
    m







    2
    2
    0


    12 
    II. ASOSIY QISM 
    2.1. Yorug’likning kambinatsion sochilishi 
    Molekulalar spektrini o'rganishda 1929-yilda rus olimlari T.S. Landsberg 
    (1890-1957) va L.I. Mandelshtam va ular bilan bir vaqtda hind olimlari Ch.Raman 
    (1888-1970) va K. Krishnan kashf etgan yorug’likning kombinatsion sochilish 
    hodisasi muhim ahamiyatga ega. Bu effekt shundan iboratki, biror moddaga (gaz, 
    suyuqlik, shaffof kristall) 

    о
    chastotali monoxromatik yorug’lik tushsa, bu moddada 
    sochilgan yorug’lik spektrida 

    о
    chastotali chiziqdan tashqari uning ikki yonida 
    simmetrik joylashgan qo'shimcha spektral chiziqlar ham hosil bo'ladi (3-rasm). 
    3-rasm. 
    Bu qo'shimcha spektral chiziqlarga mos bo’lgan chastota tushayotgan 
    monoxromatik yorug’lik chastotasi bilan yorug’likni sochayotgan molekulalarning 
    tebranma yoki aylanma o'tishlarida hosil bo'ladigan nurlanishlar chastotalarining 
    ayirmasiga yoki yig’indisiga teng bo'ladi, ya'ni 

    i
    =

    0
    
    i
    Kombinatsion sochilish spektridagi chastotasi moddaga tushayotgan yorug’likning 
    chastotasidan kichik bo'lgan chiziqlar qizil yo'ldosh spektrlar, chastotasi 

    0
    dan 
    kattalari esa binafsha yo'ldosh spektrlar deb ataladi. Hosil bo'lgan bu yo'ldosh spektr 
    chastotasi, joylashishi va soni tushayotgan yorug’lik chastotasiga bog’liq bo'lmay, 
    faqat yorug’lik sochilayotgan modda tabiatiga bog’liq bo'lib, uning tarkibini va 
    tuzilishini ifodalaydi. Yorug’likning kombinatsion sochilishidagi qonuniyatlarni 
    kvant nazariya bilan tushuntirish mumkin. Bu nazariyaga ko'ra yorug’likni sochilish 
    jarayoni molekula tomonidan fotonni yutib yana qayta chiqarishdan iborat. Agar bu 
    fotonlarning energiyalari bir xil bo'lsa, sochilgan yorug’lik spektrida tushayotgan 
    yorug’lik chastotasi 

    0
    bilan bir xil bo'lgan asosiy chiziq hosil bo'ladi. Lekin 
    sochilish jarayonida yutilgan va chiqarilgan fotonlarning energiyasi teng bo'lmasligi 
    mumkin. Fotonlar energiyasining har xil bo'lishi molekulani turg’un holatdan 


    13 
    uyg’ongan holatga yoki uyg’ongan holatdan turg’un holatga o'tishiga bog’liq. Agar 
    molekula turg’un holatdan uyg’ongan holatga o'tsa, qizil yo'ldosh chiziq, aksincha 
    uyg’ongan holatdan turg’un holatga o'tsa, binafsha yo'ldosh chiziq hosil bo'ladi. 
    Agar uyg’ongan molekulalarning soni, uyg’onmagan molekulalar sonidan ancha 
    kam bo'lsa, binafsha yo'ldosh chiziqlarning intensivligi, shuningdek qizil yo'ldosh 
    chiziqlarnikidan kichik bo'ladi. Temperaturaning keskin ortishi bilan uyg’ongan 
    molekulalarning soni ortadi, natijada binafsha yo'ldosh chiziqlar intensivligi ham 
    kuchayadi. Kombinatsion sochilish hodisasi ko'p atomli murakkab molekulalardagi 
    tebranma va aylanma energetik sathlarni, molekulalarning tuzilishini o'rganishda 
    qo'llaniladi. Kombinatsion sochilish hodisasi kvanto mexanik nuqtayi nazardan 
    talqin etiladi. Molekulalarning yorug‘likni sochish protsiessini hamda fotonlarning 
    molekulalar bilan noelastik to‘qnashishlari deb qarash mumkin. Foton molekula 
    bilan to‘qnashganda uning ikki energetik sathi farqiga teng energiya miqdorinigina 
    molekulaga berishi yoki undan olishi mumkin. Kombinatsion sochilishni o‘rganish 
    molekulalar tuzilishi haqida ko’p ma’lumot beradi. Molekula tebranishining
    xususiy chastotasi bu metod bilan tez va oson aniqlanadi; bu metod molekulaning 
    simmetrik xarakteri haqida ham mulohaza yuritishga imkon beradi. Kristallarda 
    yorug‘likning kombinatsion sochilishi ko’pincha kristall panjara tebranishlarining 
    optik tarmog‘i deb ataluvchi tarmoq bilan bog‘liq deb qaraladi. Kombinatsion 
    sochilish spektrlari molekulalar uchun juda xarakterlidir. Shunig uchun murakkab 
    molekulyar aralashmalar, ayniqsa kimyoviy metodlar bilan analiz qilish juda qiyin 
    va hatto mumkin bo‘lmagan organik molekulalar kombinatsion sochilish spektrlari 
    bilan analiz qilinadi [5]. 

    Download 0,72 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 0,72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fizika guruh talabasi jumamurodova asaloyning optika

    Download 0,72 Mb.
    Pdf ko'rish