Yorug’likning muhitlardan molekulyar sochilishi




Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana16.12.2023
Hajmi0,72 Mb.
#120468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
A. Jumamurodova 2-G fizika optika kurs ishiiI
2-Mavzu Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlari. (2 so-fayllar.org, operatsion tizimlar, Diqqat turlari, Filologiya uchun metodika fan dasturi 2023-2024, boshlang‘ich ta’lim, 08455c15-999d-4a41-98c5-c50cc230796a, 75415, МТ3 (1), xotira samaradorligiga ta\'sir etuvchi omillar 1, answers onatili, ASADBEK Raqamli, курс иши 2023, 11 - 2023-12-23T193406.936, seminar va oxirigacha
2.2. Yorug’likning muhitlardan molekulyar sochilishi 
Biz yuqorida aytgan ma’noda xira deb atash mumkin bo’lmaydigan muhitlar 
bilan ish ko’riladigan hollar, ya’ni muhit aralashma yoki boshqa jinslardan yaxshilab 
tozalangan suyuqlikdan iborat bo’lgan hollar ancha katta qiziqish uyg’otadi. 
Bunday muhitlarda yorug’lik sochiladi, optik jihatdan bir jinslimaslik paydo 
bo’lishiga olib keladigan fizik sabab bor (L.I.Mandelshtam, 1907-yil). Ideal toza 
muhitlarda optik bir jinslimaslik yuzaga kelishining fizik sababi birdaniga topilgani 


14 
yo’q. Juda muhim bo’lgan bir xususiy holda bir jinslilikning buzilishiga olib 
keladigan sababni M.Smoluxovskiy ko’rsatib berdi. Gaz yoki suyuqlikning kritik 
temperaturasida yorug’lik intensiv ravishda sochilishi ko’pdan beri ma’lum edi. 
Smoluxovskiy kritik temperaturada muhitning siqiluvchanligi juda katta ekanligiga 
diqqat qildi (kritik nuqtada nazariy tomondan 
T
V
p








ifoda cheksizlikka inliladi). 
Bunday sharoitlarda kichikroq hajmlarda o’rtacha zichlikdan sezilarli chetlanishlar 
paydo bo’lishi mumkin, chunki siqiluvchanlikning katta bo’lishi issiqlik harakati 
kichik hajmlardan zichlikning sezilarli variatsiyalarini (zichlik fluktatsiyalari) 
yuzaga keltirishga qodir ekanligini bildiradi. Optik bir jinslilik buning oqibatida 
bo’ladigan buzilishi yorug’likning ko’p sochilishiga sabab bo’ladi. Smoluxovskiy 
kritik opalessensiya hodisasini izohlab berib, shu bilan yorug’likning, umuman 
sochilishiga olib keladigan bir jinslilikning buzilish sababini qaerdan izlash 
kerakligiga ko’rsatma berdi. U quyidagicha: muhit molekulalarining issiqlik 
harakati statistik harakterda bo’lgani tufayli muhitda zichlik fluktuatsiyalari paydo 
bo’ladi, bu fluktuatsiyalar ayniqsa kritik: nuqta sohasida katta bo’ladi. Zichlikning 


fluktuatsiyasi sindirish ko’rsatkichining 
n

flnktuatsiyasiga yoki dielektrik 
singdiruvchanlikning 


fluktuatsiyasiga 


2
n


sabab bo’ladi, bu esa aslida 
optik bir jinslimaslikdan iborat. Kritik nuqtadan uzoqda fluktuatsiyalar kritik nuqta 
sohasidagidek uncha katta bo’lmasada har qalay bo’ladi va toza moddada yorug’lik 
o’sha fluktuatsiyalar tufayli sochiladi. 

Download 0,72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Yorug’likning muhitlardan molekulyar sochilishi

Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish