• Tajriba ishi №5 Mavzu: Suyuqlikning ichki ishqalanish koeffisiyentini Stoks usuli bilan aniqlash. Ishning maqsadi
  • Kerakli asboblar va jihozlar
  • Fizikadan tajriba ishlari




    Download 0,76 Mb.
    bet6/12
    Sana20.01.2024
    Hajmi0,76 Mb.
    #141923
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    механика тажриба-2023-2024(met)

    Nazorat savollari

    1. Energiya deb nimaga aytiladi?

    2. Inersiya momenti nima? Uning formulasi?

    3. Energiya turlari haqida tushincha bering.

    4. Ilgarilanma harakat deganda nimani tushinasiz?

    5. Burchak tezlik nima?

    6.Energiyaning saqlanish va aylanish qonunini ayting.












































































































    Tajriba ishi №5
    Mavzu: Suyuqlikning ichki ishqalanish koeffisiyentini Stoks usuli bilan
    aniqlash.
    Ishning maqsadi:
    Suyuqlikda ichki ishqalanish kuchining hosil bo’lishini o’rganish va Stoks usulida ichki ishqalanish (qovushqoqlik) koeffisiyentini tajribada aniqlash.
    Kerakli asboblar va jihozlar:

    • Uzunligi 1–1,5 m; Diametri 3–4 sm bo’lgan silindrik shisha idish; Sekundomer; Mikrometr; Paxta moyi yoki glitsirin; Po’lat yoki qo’rg’oshin sharchalar.

    Nazariy qism
    S uyuqliklarda ichki ishqalanish vaqti-vaqti bilan o’z o’rnini o’zgartirib, bir qatlamdan ikkinchi qatlamga impuls olib o’tadigan molekulalar hisobiga hosil bo’ladi. Suyuqlikning bir qatlamdan ikkinchi qatlamga impulsning ko’chishi bu qatlamning m massa va harakat tezligiga ega bo’lgan molekulalarining yondosh qatlamga sakrab o’tishidan ro’y beradi. Bu yerda gap molekulalarning issiqlik harakati tezligi tufayli yuzaga kelayotgan impuls haqida ketmaydi, balki oqim statsionar bo’lgandagi butun suyuqlikning ilgarilanma harakati tufayli molekula olgan impulsi haqida boradi.
    Masalan, suyuqlikning +d tezlik bilan harakatlanayotgan qatlamidan tezlik bilan harakatlanayotgan yondosh qatlamiga sakrab o’tgan molekula bu qatlamga mdυ impuls olib o’tadi va bu qatlam harakatini tezlashtiradi va aksincha, tezlik bilan harakatlanayotgan qatlamdan +d tezlik bilan harakatlanayotgan qatlamga sakrab o’tgan molekula bu qatlamni sekinlashtiradi, ya’ni unung impulsini kamaytiradi(1-rasm).Qatlamlar orasidagi shu tariqa yuzaga kelgan impulsning o’zgarishi ichki ishqalanish kuchlari deb ataladi. Bu kuch muhitning xususiyatiga, ishqalanuvchi sirtlarning kattaligiga S, qatlamlararo tezlik gradiyentiga bog’liq bo’lib, quyidagi ko’rinishga ega:
    Ifodadagi minus ishorasi impulsning tezlik kamayayotgan yo’nalishda ko’chishini bildiradi. Bu formuladagi η- suyuqlikning ichki ishqlanish (qovushqoqlik) xossalarini xarakterlaydi va suyuqlikning ichki ishqalanish koeffisiyenti yoki dinamik qovushqoqlik koeffisiyenti deb ataladi.
    Ichki ishqalanish koeffisiyenti son jihatdan qatlamlar orasidagi tezlik gradiyenti 1 birlikka teng bo’lganda ularning 1 birlik yuzasiga ta’sir etuvchi ishqalanish kuchini xarakterlaydi. SGS sistemasida qovushqoqlik birligi

    SI birliklar sistemasida
    Yuqorida ko’rib o’tilgan m-massali suyuqlik ichki ishqalanish koeffisiyentidan tashqari uning hajm birligidagi massaga nisbati belgilaniladigan kinematik ishqalanish koeffisiyenti ham ishlatiladi:
    Suyuqlik molekulalari gazlarniki kabi erkin harakat qila olmaydi. Ular qo’shni molekulalar orasida tebranma harakat qilib, “o’troq” hayot kechiradi, vaqti-vaqti bilan tartibsiz ravishda o’z o’rnini o’zgartirib turadi. Molekulalarning bunday “sakrab” o’tishi kamroq sodir bo’lgani uchun suyuqliklarda ichki ishqalanish koeffisiyenti gazlarnikiga nisbatan ancha katta bo’ladi. Past haroratlarda, ayniqsa, bu farq sezilarlidir. Harorat ko’tarilishi bilan “sakrab” o’z holati o’zgartiradigan molekulalar soni ortadi va ichki ishqalanish koeffisiyenti harorat ortishi bilan tez kamayadi.
    Suyuqliklarda ichki ishqalanish koeffisiyentlari viskozimetrlar yordamida o’lchanadi.


    Download 0,76 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0,76 Mb.