|
Fizikadan tajriba ishlari
|
bet | 2/12 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 0,76 Mb. | | #141923 |
Bog'liq механика тажриба-2023-2024(met)Mualliflar
Tajriba ishi №1
Mavzu: Impulsning saqlanish qonunini ballistik mayatnik yordamida o’rganish
Ishning maqsadi:
Ballistik mayatnikning mexanik xarakteristikalarini o’rganish, potensial va kinetik energiyalarni hisoblash va sharchaning tezligi bilan mayatnikning og’ish burchagi orasidagi bog’liqlik grafigini tuzish.
Kerakli asbob va uskunalar:
Ballistik mayatnik; Diametri d=19 mm li po’lat sharcha; 5V/2,5A li tok manbai.
1-rasm: Ballistik mayatnik qurilmasi
Nazariy qism
Mayatnikning massasi M va sharchaning massasi m bo’lgan holda ular bitta tekislikda moddiy nuqta sifatida harakatlanmoqda deb qarang, bu holda mayatnikning potensial energiyasi quyidagi formuladan topiladi:
Ep=(m+M)g∆h (1)
bu yerda g-erkin tushish tezlanishi, ∆h-massa markazi ko’chadigan balandlik
1-rasmdan ko’rinib turibdiki, aylanish o’qi r va massa markazi orasidagi masofani hisobga olganda (1) formulani quyidagicha yozish mumkin:
Ep=(m+M)g(1-cosφ)r (2)
To’qnashuvdan keyin yuqorida topilgan potensial energiya kinetik energiyaga teng bo’lishi kerak: Ek= (3)
bu yerda m – mayatnikning sharcha bilan birgalikda to’qnashuvdan keyingi tezligi.
Agar yuqoridagi ifodada impulsni P=(m+M) m almashtirsak quyidagiga ega bo’lamiz: yoki (4)
To’qnashuvdan oldin mayatnik tinch holda bo’ladi. Impulsning saqlanish qonuniga ko’ra P=m impuls kattaligi jihatidan sharchaning to’qnashuvdan oldingi impulsiga teng bo’lishi kerak, sharchanning harakat boshlanishidan oldingi boshlang’ich tezligi 0 esa quyidagiga teng:
(5)
Ishni bajarish tartibi:
1.1-rasmda ko’rsatilgan qurulmani yig’ing. Uni gorizontal tekislikka o’rnating.
|
| |