O’lchash usuli va qurilmasi




Download 0,76 Mb.
bet7/12
Sana20.01.2024
Hajmi0,76 Mb.
#141923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
механика тажриба-2023-2024(met)

O’lchash usuli va qurilmasi:
Ixtiyoriy suyuqliknng ichki ishqalanish koeffisiyentlarini aniqlash uchun quyidagi usuldan foydalanamiz. Buning uchun uzunligi 100 sm dan kam bo’lmagan va diametri 3 sm silindrik shisha idish olib, unga biror A suyuqlik solinadi. Silindrning a va b sathiga belgilar qo’yiladi (1-rasm). Shisha idish ichiga m massali va r radiusli metall sharchaning harakatini olib qaraylik. Ma’lumki, sharcha suyuqlikda vertikal harakatlansa, unga bir vaqtning o’zida uchta kuch ta’sir qiladi.
1. Og’irlik kuchi: (1)
2. Sharchani yuqoriga itaruvchi Arximed kuchi: (2)
3. Suyuqlikning ichki ishqalanish kuchi. Bu kuch Stoks qonuniga ko’ra suyuqlik ichida harakatlanayotgan jism o’lchamiga r, uning  tezligiga va suyuqlikning qovushqoqligiga η proporsional bo’lib, uning son qiymati quyidagicha tenglikdan topiladi: (3)
Bu kuchning qiymati sharchaning tezligi ortib borgan sari orta boradi. Sharchaning harakat yo’nalishidagi bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi R=Р–(FA+F1) bilan mos tushadi. Harakat boshida P>F+F1 bo’lib, sharcha tezlanuvchan harakat qiladi va sharcha harakat tezligi ma’lum bir qiymatga yetganda kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nolga tenglashadi: P-(FA+F)=0 (4)
Shu vaqtdan boshlab sharchaning tezligi o’zgarmay qoladi, u to’g’ri chiziqli tekis harakat qiladi. Bunday harakat suyuqlik ichki ishqalanish koeffisiyentini - η aniqlash imkoniyatini beradi.
Yuqoridagi (1), (2), (3) ifodalarni (4) ifodaga qo’yib, ayni bir suyuqlik uchun ichki ishqalanish koeffisiyentini (yoki qovushqoqligi) hisoblash formulasini topamiz:
(5)
bu yerda с-suyuqlik zichligi, 1- metall sharchaning zichligi,  - sharchaning suyuqlikda tushish tezligi. Bu tezlik o’zgarmayotganligini inobatga olib, (5)–ifodani quyidagicha yozib olamiz:
(6 )
bu yerda: (7)
nisbat tajriba davomida o’zgarmas kattalik bo’lgani uchun, (6) ifodani soddalashtirib yozish imkonini beradi:
(8)

Download 0,76 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 0,76 Mb.