• 10-rasm. Rekombinatsiya jarayonidagi nurlanish.
  • Yorug‘lik nurlantiruvchi diodlari




    Download 193.38 Kb.
    bet5/7
    Sana26.04.2023
    Hajmi193.38 Kb.
    #53801
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Fotoelektron asboblar. Fotorezistor va fotodiodlarning konstruks

    7. Yorug‘lik nurlantiruvchi diodlari

    Bunday diodlar n-p o‘tishi yorug‘likni nurlantiruvchi yarim o‘tkazgichli asboblar turkumiga kiradi va elektr energiyasini bevosita kogerent bo‘lmagan yorug‘lik nurlanishiga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan. Yorug‘lik diodlari to‘g‘ri kuchlanishda ishlaydigan kichik inersiyaga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgichli nurlanish manbasi sifatida qo‘llaniladi.


    Uni ishlash prinsipi quydagicha:
    Yarim o‘tkazgichli diodga to‘g‘ri kuchlanish berilsa, emitter sohadan baza sohaga zaryad tashuvchilarning injeksiyasi sodir bo‘ladi. Agar n sohadagi elektronlar konsentratsiyasi r sohasidagi teshiklar konsentratsiyasidan ko‘p bo‘lsa, nn>np, u holda n sohadan elektronlar r sohaga injeksiyalanadi. Injeksiyalangan elektronlar bazada teshiklar bilan rekombinatsiyalanadi. Injeksiyalangan elektron o‘tkazuvchan zonani yuqori energetik sathidan valent zonani quyi zonasiga o‘tadi (10-rasm). Natijada taqiqlangan zonaga teng energiyaga ega bo‘lgan foton ajralib chiqadi, ya’ni : hν=νc/W
    Bu formulaga doimiy kattaliklarni quyib zaruriy nurlanish tulqin uzunligi uchun taqiqlagan zonani aniqlaymiz: W1,23




    10-rasm. Rekombinatsiya jarayonidagi nurlanish.

    Oxirgi formuladan tulqin uzunligida 0,38 dan 0,78 mkm nurlanish uchun yarim o‘tkazgichlarning W >1,7 eV bo‘ladi.


    Zamonaviy yorug‘lik diodilari uchun fosfid galliy GaP, karbid kremniy SiC va shuningdek bir qancha uchlangan qattiq eritmalaor GaAlAs va boshqalar qo‘llaniladi. Ularga turli xil elementlarni kiritib, turli to‘lqin uzunligida chaqnaydigan yorug‘lik diodlarini hosil qilish mumkin.
    Yorug‘lik diodining asosiy parametrlari quydagilardan iborat:

    1. Yorug‘lik kuchi va ravshanlik.

    2. Doimiy to‘g‘ri kuchlanish.

    3. Chaqnash rangi va yorug‘lik nurlanish oqimining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi.

    4. Ruxsat etilgan to‘g‘ri maksimal doimiy tok

    5. Ruxsat etilgan teskari maksimal doimiy tok

    Yorug‘lik diodlari uchun quyidagi asosiy tavsiflar ko‘riladi:


    A) ravshanlikni to‘g‘ri tokga bog‘liqligi;
    B) yorig‘lik kuchini to‘g‘ri tokga bog‘liqligi;
    V) spektrl tafsifnomasi;
    G) volt-amper tavsifi;

    Yorug‘lik diodini eng muhim tavsifilaridan biri nurlanish diagrammasini hosil qilish. U yorug‘lik diodining konstruksiyasiga bog‘liq.


    Yorug‘lik diodlaridan murakkab asosli qurilmalar hosil qilish mumkin.


    Download 193.38 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 193.38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yorug‘lik nurlantiruvchi diodlari

    Download 193.38 Kb.