• 3-rasm. Fotoqarshilikning (a) tuzilishi va (b) ulanish sxemasi. 4-rasm. Fotoqarshiliklarning volt-amper va yorug‘lik tavsifilari.
  • Fotoelektron asboblar. Fotorezistor va fotodiodlarning konstruksiyasi va xossalari. Fototranzistorlar, ulanish usullari va qoʻllanilishi. Yorugʻlik diodlari va ularning xaraktrestikalari. Yarim o‘tkazgichlarda fotoelektron hodisalar




    Download 193.38 Kb.
    bet2/7
    Sana26.04.2023
    Hajmi193.38 Kb.
    #53801
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Fotoelektron asboblar. Fotorezistor va fotodiodlarning konstruks

    3. Fotoqarshiliklar

    Fotoqarshiliklarning ichki elektr qarshiligi yorug‘lik ta’sirida o‘zgaradi. Ularni tayyorlash texnologiyasi quyidagicha: dielektrik taglikka bug‘latish (changlatish) usuli bilan yorug‘lik sezgir yarim o‘tkazgichli material, masalan, karbit-kremniy, sulg‘fid kremniy, oltingugurtli qo‘rg‘oshin va boshqalar qatlam-qatlam qilib changlatish usulida sochiladi.


    Changlatib sochilgan plastinka plastmassa, ebonit yoki boshqa materiallardan darchali qilib tayyorlangan tutgich ichiga joylashtiriladi.
    Elektrodlar ma’lum usul bilan chiqiqlarga ulanadi. 3-rasmda fotoqarshiliklarning tuzilishi va ularning ulanish sxemasi keltirilgan.


    a) b)


    3-rasm. Fotoqarshilikning (a) tuzilishi va (b) ulanish sxemasi.



    4-rasm. Fotoqarshiliklarning volt-amper va yorug‘lik tavsifilari.

    Fotodiodlar

    Yarim o‘tkazgichli fotodiodlarda unga tushayotgan yorug‘lik oqimi ta’sirida teskari siljitilgan n–r o‘tish orqali foto oqim hosil qiluvchi harakatchan zaryad tashuvchilar yuzaga keladi. Fotodiod zanjiri va uning tuzilishi 5–rasmda ko‘rsatilgan. Yorug‘lik oqimi bo‘lmaganda teskari kuchlanish ta’sirida fotodiod orqali asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar harakati tufayli teskari tok oqib o‘tadi. Agar fotodiod yoritilsa, uning bazasida (n–germaniy plastinkasi) ayniqsa, bazaning tashqi yuzida jadal ravishda «elektron teshik» jufti zaryadlarining generatsiya jarayoni keskin rivojlanadi. Yangi hosil bo‘lgan zaryad tashuvchilar bazaning butun qalinligi orqali n–p o‘tishga diffuziyalanadi.




    5–rasm. Fotodiod: a) tuzilish, b) ulanish sxemasi (1–germaniy kristali,


    2–kristall tutkich, 3–konus, 4–halqa, 5–chiqiqlar, 6–metall trubka, 7–shisha izolyator, 8– qalay halqa, 9–tuynuk).

    Te­shiklar kontakt maydoniga ergashib, r sohaga o‘tadi va katta miqdorli teskari tok hosil qiladi.







    Download 193.38 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 193.38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fotoelektron asboblar. Fotorezistor va fotodiodlarning konstruksiyasi va xossalari. Fototranzistorlar, ulanish usullari va qoʻllanilishi. Yorugʻlik diodlari va ularning xaraktrestikalari. Yarim o‘tkazgichlarda fotoelektron hodisalar

    Download 193.38 Kb.