• 11-rasm. Lazerning tuzilishi.
  • Fotoelektron asboblar. Fotorezistor va fotodiodlarning konstruksiyasi va xossalari. Fototranzistorlar, ulanish usullari va qoʻllanilishi. Yorugʻlik diodlari va ularning xaraktrestikalari. Yarim o‘tkazgichlarda fotoelektron hodisalar




    Download 193.38 Kb.
    bet6/7
    Sana26.04.2023
    Hajmi193.38 Kb.
    #53801
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Fotoelektron asboblar. Fotorezistor va fotodiodlarning konstruks

    8. Lazerlar

    Texnikada yorug‘likdan samarali foydalanish uchun atomlarning sinxron yoki sinfaz (bir xil fazali) nurlanishini vujudga keltirish kerak. Bunday nurlanish kogerent nurlanish deyiladi. Bunday nurlanish to‘g‘risida birinchi marta 1939 yili V.A. Fabrikant g‘oya bergan.


    Buni tushinish uchun bir qator liniyada atomlar zanjiri bor, deb faraz qilaylik. Agar bu atomlar ko‘zg‘algan holatda bo‘lsa, tashqi foton zanjir bo‘ylab joylashgan chekkadagi atomga urilganda u bu atom foton chiqaradi va fatonlar ko‘payib boradi. Nazariy jixatdan kuchaytirish koeffitsenti 1020 gacha borishi mumkin. Shunday qilib, kuchaygan fotonlar to‘plami vujudga keladi. Bular bir xil energiyali bo‘lib, bir tomonga yo‘nalgan. Ya’ni nurlanish kogerent bo‘ladi. Bu juda oddiy sxema bo‘lib, tushunish oson.
    Xaqaqatda foton bombardirovkasi hisobiga foton beruvchi atomlardan tashqari qo‘zg‘almagan holatdagi atomlar ham bo‘ladi va ular fotonni yutadi. Natijada kogerent nurlanish pasayadi.
    Agar qo‘zg‘otilgan atomlar soni qo‘zg‘oltilmagan atomlar soniga teng bo‘lsa, xech qanday kuchayish vujudga kelmaydi. Demak, kogerent nurlanish bo‘lishi uchun qo‘zg‘otilgan atomlar soni ko‘p bo‘lishi kerak. Bu holat energetik inversiya holati deyiladi. Agar atomlar qo‘zg‘otilmagan bo‘lsa, elektronlarni asosiy orbitadan yadrodan uzoqroqdagi orbitaga chiqarish kerak. Ya’ni atomlarni qo‘zg‘otilgan holatga o‘tkazish kerak. Bu jarayon «damlash» deyiladi. Yorug‘likning majburiy nurlanish yordamidagi kuchayishi natijasida lazerlar hosil bo‘ladi.
    Yorug‘lik kvant kuchaytirgichida musbat teskari aloqa hosil qilib generator hosil qilish mumkin. Shunday g‘oyani birinchi marta bir-birdan mustaqil holda olimlardan N.T. Basov, A.M.Proxorov va olim Ch.Taunslar bergan. Ular bu g‘oyalar uchun Nobel mukofotini olishdi.
    Bu asosidagi generator optik kvant genratori (OKG) deyiladi. Uni 11–rasmda quyidagicha ko‘rsatish mumkin.




    11-rasm. Lazerning tuzilishi.

    Ikkita oyna orasi aktiv muxit bilan to‘ldirilib, ulardan biri (2) shaffof ko‘zgudan iborat. Atomlar tomonidan hosil qilingan oqimi 1 oynaning oxiridan 2 oynaga yo‘naladi. Kattaroq qismi shaffof oynadan o‘tadi va kogerent nur sifatida tashqi muxitga nurlanadi.


    Ozroq qismi 1 oynaga qarab harakatlanadi va u yerdan qisman qaytadi va yana orqaga harkatlanadi va x.k. Tashqi energiya manbasi aktiv muxitida inversion holatini saqlash kerak. U holda 2 oyna orqali kogerent fotonlar oqimi nurlanib turadi.
    2 yoki bir necha oyna sistemasi orasida optik dapazondagi yuguruvchi yoki turg‘un elektr magnit to‘lqinlar hosil qiluvchi sistemaga optik rezonator deyiladi.



    Download 193.38 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 193.38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fotoelektron asboblar. Fotorezistor va fotodiodlarning konstruksiyasi va xossalari. Fototranzistorlar, ulanish usullari va qoʻllanilishi. Yorugʻlik diodlari va ularning xaraktrestikalari. Yarim o‘tkazgichlarda fotoelektron hodisalar

    Download 193.38 Kb.