Albatta, shinalardagi qoldiq
kuchlanish qancha katta
bo‘lsa, iste’molchilar shikastlanmagan fazalari ishiga QT reji-
mi kam ta’sir ko‘rsatadi.
QT
davrida reaktorlar juda katta elektrodinamik ta’sirga
uchraydi. Bunda fazalar oralig‘i va o‘ramlar oralig‘ida katta
kuchlar hosil bo‘ladi. Shu tufayli chulg‘am o‘ramlari
har xil
deformatsiyaga, hatto, uzilishgacha ham borib yetishi mum-
kin, natijada chinni izolatorlar nurashi,
ushlovchi betonlarda
darz bo£lish hodisalari uchraydi.
Reaktordan keyingi shinalardagi qoldiq kuchlanish quyi-
dagi formuladan aniqlanadi:
R i
Uost= X p ^
m
(2.56)
^ n
bunda, Ik — reaktor ortidagi
Q T
toki.
Ta’minlanuvchilar talabiga ko‘ra Uost 65%
dan kam
bo‘lmasligi shart.
Kuchlanishning katta yo‘qotishlarga olib keluvchi katta
qarshiliklarga ega reaktorlami qo‘llash maqsadga muvofiq
bo‘lmaydi. Shuning uchun QT
tokini keskin cheklash maq-
sadida anchagina murakkab qurilmalar — inersiyasiz tok
cheklovchi qurilmalami yaratishlik taqozo etiladi.
Oddiy reaktorlar bilan bir qatorda ikkilangan reaktorlar
ham qo‘llaniladi. Ular chulg‘amlari o‘rtasidan
uchinchi
klemma chiqarilgan bo‘lib, iste’molchilar chekkalaridagi
klemmalarga, ta’minlovchi o‘rta klemmaga ulanadi (2.16,a-
rasm) yoki aksincha (2.16,b -rasm).
Ish rejimi va chulg‘amlardagi tok yo‘nalishlariga qarab
reaktor qarshiligi ortishi yoki kamayishi mumkin.
Reak-
torning bu xususiyati normal rejimda undagi kuchlanish
pasayishini kamaytirish vaqt tokini cheklashda qo‘l keladi.
Reaktorning ikkala yarim bo£laklari bir xil o‘ramlar soni-
ga,
induktivlik