211
Oliy ta’lim muassasalari yuridik maqomga ega.
Respublikamizda oliy
ta’lim muassasalarining quyidagi ko‘rinishlari bor:
-
Universitet
- oliy ta’lim dasturini bajarishda talabalarga tanlayotgan
sohasi bo‘yicha yoki keyinchalik o‘qishlarini davom ettirishlari uchun keng
qamrovli bilim berishga e’tibor qaratiladi;
-
Akademiya
- oliy ta’lim dasturini bajarishda oliy ta’lim
berish bilan bir
qatorda keyinchalik o‘qishlarini davom ettirishlari uchun aniq bir yo‘nalishga
tayyorlaydi;
-
Institut-
barcha oliy ta’lim muassasalari kabi oliy ta’lim dasturini
bajaradi, bilim berishda bir yo‘nalishga qaratilgan bilim beriladi.
Masofaviy ta’lim
- asosiy faoliyatdan uzilmagan holda ta’lim
muassasasidan uzoqda o‘quv dasturidagi mavjud bilimlarni o‘zlashtirish. U
zamonaviy axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyaning texnik
vositalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Kunduzgi o‘qish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashning yo‘nalishlari
ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Universitet:
- Oliy va undan keyingi ta’lim uchun ta’limni bir necha yo‘nalishda
beradi;
- Turli sohalardagi mutaxassislarning malakasini oshiradi va qayta
tayyorlaydi;
- Fanning turli yo‘nalishlarida fundamental va
amaliy tadqiqotlarni olib
boradi;
- Ilm sohasi bilan chambarchas bog‘liq ilmiy va metodik markaz
hisoblanadi.
Akademiya:
- Ta’lim sohasida ma’lum belgilangan oliy va oliy ta’limdan so‘nggi
ta’lim berishga mo‘ljallangan o‘quv dasturini bajaradi;
- Mutaxassislarning bilimlarini belgilangan tartibda malakasini oshiradi va
qayta tayyorlaydi;
212
- Fan, madaniyat, san’at sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqot
ishlarini olib boradi;
- O‘z faoliyati doirasida yetakchi ilmiy, metodik markazi hisoblanadi.
Institut :
- Oliy va oliy ta’limdan keyingi o‘quv dasturlarini bajarishni ta’lim va
fanning ma’lum bir me’yorida
amalga oshiradi;
- Mutaxassislarni ma’lum bir sohada qayta tayyorlash va malakasini
oshirish bilan shug’ullanadi;
- Fundamental va amaliy tadqiqot ishlarini olib boradi.
Oliy ta’lim ikki bosqichdan iborat: bakalavriat va magistratura.
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.
1.Matnni o‘qing va undagi termin hamda iboralarni izohlang.
2. Matnga reja tuzing va tuzgan rejangiz asosida mazmunini so‘zlab
bering.
3. Oliy ta’lim terminlari lug’atini tuzing.
4. O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining qisqartma otlarini
yozing.